26-may kuni dunyoning turli burchaklarida olingan qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Amritsardagi Oltin ibodatxonada sikxizmning uchinchi gurusi Amar Das tavallud kuniga bag‘ishlab sham yoqayotgan ayollar.

Foto: Shutterstock

Tashkent City hududida qad rostlagan yangi ko‘p qavatli binolar.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tayvanda koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘payganidan keyin jamoat transportini dezinfeksiya qilish uchun harbiy bo‘linmalar jalb qilindi.

Foto: Shutterstock

Tashkent City’da ketayotgan qurilish ishlarining “Xalqlar do‘stligi” maydonidan qaragandagi ko‘rinishi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Sidneydagi Manli plyajida ufqdan yuqoriga ko‘tarilayotgan qizg‘ish oy fonida syorfing bilan shug‘ullanayotgan sportchi.

Foto: Getty Images

Bar Woolf sport jamoasining falastinlik a’zolari G‘azodagi Isroilning havo hujumlari natijasida vayron bo‘lgan bino xarobalari ustida olov bilan namoyish ko‘rsatmoqda.

Foto: AFP

Ispaniya sohillarida o‘quvchilar koronavirus pandemiyasi paytida sog‘lom muhit yaratish bo‘yicha maktab dasturi doirasida Los-Nyetos plyajida bo‘lib o‘tgan bitiruv marosimida qatnashmoqda.

Foto: Getty Images

Niderlandiyadagi Gilze-en-Reyen harbiy aviabazasida sudyalar va advokatlar Malayziya aviakompaniyasiga tegishli MH17 reysining (Boeing 777 samolyoti) qayta tiklangan qoldiqlarini ko‘zdan kechirmoqda. Samolyot 2014-yilning 17-iyul kuni Ukraina hududidagi Toreza shahri osmonida urib tushirilgan. Samolyot Ukraina sharqidagi qurolli to‘qnashuv hududida qulagan.

Foto: AP Photo

Italiyadagi Kanazey va Sega di Ala shaharlari o‘rtasidagi 193 kilometr masofani bosib o‘tayotgan Giro d’Italia—2021 musobaqasi qatnashchilari.

Foto: AFP

Shotlandiyaning West Sands plyajida quruqlik yaxtasida harakatlanayotgan Kembrij gersoginyasi Ketrin Middlton.

Foto: Shutterstock

Qishloq aholisi Bengal ko‘rfaziga yaqinlashib kelayotgan Yasa sikloni oqibatida Kalkutta shahrida sodir bo‘lgan toshqindan odamlarni qutqarish uchun ketmoqda.

Foto: EPA

Minneapolisda politsiya tomonidan o‘ldirilgan Jorj Floydni xotirlashmoqda.

Foto: Getty Images

Shri-Lanka poytaxti Kolombo yaqinidagi dengizda kimyoviy moddalar yuklangan konteyner kemasidagi yong‘inning oltinchi kuni. Ekipaj va qutqaruvchilar yonayotgan kemada portlash bo‘lganidan bir kun keyin evakuatsiya qilingan.

Foto: EPA

Sankt-Peterburgdagi Senat maydonida Pyotr I yodgorligini bahorgi tozalash ishlari.

Foto: “TASS”

Hindistondagi to‘yda qo‘liga mendi — xina surtgan kelinchak. To‘yda mendi surish an’anasi Hindistonga Boburiylar tomonidan olib kelingan. O‘rta Osiyodagi ayollar, asosan, xinani Ramazon va Qurbon hayiti kunlari surtadi.

Foto: Legion Media

Kolombo bandargohi yaqinida yonib ketgan MV X-Press Pearl konteyner yuk kemasining bortidagi olov tutuni sohildan ko‘rinib turibdi.

Foto: Reuters

Suriyaliklar noqonuniy deb da’vo qilinayotgan saylov jarayonlariga qarshi namoyish o‘tkazmoqda. Suriya bo‘ylab prezident Bashar Asadning “to‘rtinchi muddatga prezidentlik lavozimini egallashi kafolatlangan” saylov uchun ovoz berish jarayoni boshlanadi.

Foto: Getty Images

Gavayining Honolulu shahri osmonida kuzatilayotgan oy tutilishi. Oyning ushbu holati “qonli oy” sifatida ta’riflanmoqda.

Foto: Reuters

Tailandning Chonburi shahridagi hayvonot bog‘ida 11 yoshli Seyenlada Supat ismli bola bilan birga o‘ynayotgan lemurlar.

Foto: Reuters

Moskvaning Gorkiy bog‘iga tashrif buyurgan dam oluvchilar.

Foto: “TASS”

Polshaning janubidagi o‘rmonga tushgan ertalabki tuman.

Foto: EPA

Parijdagi qariyalar uyida davolanayotgan 79 yoshli Bernard Geninni tinchlantirish uchun musiqa chalayotgan ayol.

Foto: Reuters

Shu hafta oxirida V&A muzeyida ochiladigan Epic Iran ko‘rgazmasiga tayyorgarlik jarayonida qatnashayotgan muzey xodimi.

Foto: EPA