Dunyo va O‘zbekistonning turli burchaklarida 27-may kuni olingan qiziqarli suratlarni taqdim etamiz.

Rio-de-Janeyrodagi bosqinchilar lagerida o‘qituvchini tinglayotgan bolalar. Braziliyada minglab bosqinchilar Petrobras kompaniyasiga tegishli neftni qayta ishlash zavodi hududini egallab oldi.

Foto: AP Photo

Toshkent shahrida joylashgan davlat sirki yonidagi favvorada cho‘milayotgan bolalar.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Kolumbiya prezidenti Ivan Duke hukumatiga qarshi norozilikda qatnashayotgan namoyishchilar. Kolumbiyaliklar 28-apreldan beri prezidentga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazmoqda.

Foto: Getty Images

Chexiyadagi Gran Teatre del Liceu teatrida “Oqqush ko‘li” baletining so‘nggi mashg‘ulotlarida qatnashayotgan balerinalar.

Foto: Getty Images

Butlovdan chiqqan Damas texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Parijning Rue de la Poterne-des-Peupliers dahasida Black Lines jamoasining ko‘cha rassomi “Falastin uchun” deb nomlangan graffitini yakunlamoqda.

Foto: Wirelmage

Kongodagi Nyiragongo vulqoni otilganidan so‘ng aholi hududni tark etishi vaqtida yuzaga kelgan tirbandlik.

Foto: AP Photo

Myanmaning sobiq bosh vaziri Aun San Su Chji (chapda) va prezident Vin Myin hukumatni harbiylar egallab olgandan beri birinchi bor sudda ishtirok etmoqda.

Foto: AP Photo

AQSh harbiy-havo kuchlari akademiyasining kursantlari bitiruv marosimida bosh kiyimlarini uloqtirmoqda.

Foto: AP Photo

Ja-Ela shahridagi plyajda Kolombo yaqinida yonib ketgan MV X-Press Pearl konteyner kemasining qoldiqlarini tozalayotgan Shri-Lanka dengiz floti a’zolari.

Foto: Reuters

Indoneziyaning Achex viloyatidagi yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan hayvonlarni reabilitatsiya qilish markazida saqlanayotgan qora qo‘lli gibbon.

Foto: EPA

Yamanda kuzatilayotgan jaziramadan salqinlanish uchun suv havzasiga sakrayotgan erkak.

Foto: EPA

Kaliforniya vodiysida kuchli qurg‘oqchilik kuzatilmoqda. Quduqlar va suv omborlari qurib qolishi oqibatida dehqonlarga ekinlarni sug‘orish uchun suv yetishmayapti.

Foto: Getty Images

Avstraliyaning Viktoriya shtati ma’muriyati bir hafta davomida qat’iy karantin joriy qildi. Ushbu qarorga qarshi chiqqan odamlar namoyish o‘tkazish uchun ko‘chalarga chiqdi.

Foto: EPA

Ekvador prezidenti Gilyermo Lasso tub aholidan hokimiyatni qabul qilib olish marosimida ishtirok etdi. Bir necha kun oldin Lasso mamlakat prezidenti sifatida ish boshladi.

Foto: EPA

Londonning ilk politsiya idoralaridan biri Bou-strit politsiya binosi muzeyga aylantirildi. Yangi muzey 28-may kuni jamoatchilik uchun ochiladi.

Foto: AP Photo

Yaas sikloni Hindistonning G‘arbiy Bengaliya qirg‘oqlariga urildi. Tabiiy ofat oqibatida aholi yashash joylarida toshqinlar kuzatilmoqda.

Foto: EPA

Suriyaning Idlib shahrida Bashar Asad va prezident saylovlariga qarshi namoyishda qatnashayotgan, yuziga muholifat bayrog‘ini chizib olgan qizaloq.

Foto: Reuters

Gretsiyaning Afina shahri yaqinidagi Keys-Sounion shahridagi Poseydon ibodatxonasi ustida ko‘tarilayotgan to‘lin oy. Yer aholisi shu kunlarda “Super oy” deb nomlangan hodisaning guvohi bo‘lmoqda.

Foto: Reuters

Germaniyaning Heringsdorf kommunasida 1-iyun kuni 23 metr balandlikda joylashgan uzunligi 1350 metr bo‘lgan piyodalar yo‘lagi ochiladi.

Foto: “TASS”

Kolumbiyada soliq islohotlariga qarshi namoyishlar davom etmoqda. Suratda Universitet teatr truppasi a’zosi Bogotada hukumatga qarshi namoyish paytida chiqish qilmoqda.

Foto: AP Photo

G‘arbiy Bengaliya shtatining Purba Medinipur tumanida Yaas sikloni oqibatida yuzaga kelgan toshqin vaqti yo‘lni kesib o‘tayotgan ot.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning Portsmut shahridagi Southsea Moorings plyajidagi qayiqlar.

Foto: Reuters

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 250 mingga yaqin odam qurbon bo‘lgan qatliom munosabati bilan tashkil etilgan Ruandadagi Kigali genotsid yodgorligi oldida turibdi. Makron 1994-yilda Sharqiy Afrika davlati Ruandada sodir etilgan genotsid uchun Fransiya ham javobgar ekanini tan oldi.

Foto: AFP

Oklaxoma shtatida Talsa tartibsizliklarining yuz yilligi munosabati bilan avtokinoteatrda namoyish etilgan “Qora Uoll-strit” hujjatli filmini tomosha qilayotgan juftlik.

Foto: AP Photo

Rio-Grande daryosidan o‘tib, AQSh chegara xizmati tomonidan olib ketilishini kutib, onasining tizzasida yig‘layotgan venesuelalik bola.

Foto: Reuters