Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga qaraganda, dunyo bo‘yicha 171 188 807 kishi COVID-19’ni yuqtirib olgan, shularning 3 565 284 nafari vafot etgan. Kasallanish holatlarining ko‘pligi bo‘yicha AQSh (33,2 million), Hindiston (28,3 million), Braziliya (16,6 million), Fransiya (5,7 million) va Turkiya (5,2 million) eng oldinda bormoqda.

Tayvanda COVID-19 bilan kasallanish holatlari avj olishi fonida jamoat transportini dezinfeksiya qilish ishlari olib borilmoqda

Tayvanda COVID-19 bilan kasallanish holatlari avj olishi fonida jamoat transportini dezinfeksiya qilish ishlari olib borilmoqda
Foto: Getty Images

Iroqda “qora zamburug‘” avj oldi

Iroq janubida kamida ikki kishi “qora zamburug‘” nomi bilan ko‘proq ma’lum bo‘lgan mukormikoz zamburug‘ kasalligidan vafot etdi.

Mamlakat sog‘liqni saqlash departamenti vakili ma’lum qilishicha, “qora zamburug‘” avj olib ketgunicha, Iroqning Di-Kar tumanida ikkita o‘lim holati qayd etilgan edi.

Ular koronavirus infeksiyasi oqibatidagi asoratlar bilan bog‘liqdir. Tibbiyot xodimlari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 51 yoshli bemorning ko‘zida qora zamburug‘ paydo bo‘lganidan keyin unga shunday tashxis qo‘yilgan. Ushbu aholi punkti hududida mukormikoz bilan kasallanish bo‘yicha jami to‘rtta holat aniqlangan.

Iroq sog‘liqni saqlash departamenti direktori Abdul Amir al-Xalfiy aniqlik kiritishicha, “qora zamburug‘”ni tuproq va qishloq hududining ifloslanishi oqibatida yuqtirib olish mumkin.

Kanadada COVID-19’ga qarshi bir nechta vaksinalarni birgalikda qo‘llashga ruxsat berildi

Kanada Immunizatsiya bo‘yicha milliy konsultativ qo‘mitasi koronavirusga qarshi vaksinalarni aralashtirib qo‘llashni ma’qulladi. Bunda gap AstraZeneca, Moderna va Pfizer kompaniyalari vaksinalari haqida bormoqda.

Xususan, dastlab AstraZeneca bilan emlanganlar ikkinchi dozani olishda shu preparatdan tashqari, Moderna yoki Pfizer’dan birini ham tanlashi mumkin. Agar birinchi doza sifatida Moderna yoki Pfizer’dan foydalanilgan bo‘lsa, ikkinchisi ham faqat shu ikki kompaniya vaksinalari bo‘lishi kerak, chunki ikkala vaksina ham mRNK texnologiyasiga asoslangan.

Ushbu tavsiyalar Ispaniya va Buyuk Britaniyada olib borilgan yangi tadqiqotlarga asoslangan. Ularning natijalariga ko‘ra, AstraZeneca va Pfizer vaksinalarini aralashtirish COVID-19 oldini olish uchun xavfsiz va samarali bo‘lib chiqqan.

Britaniyada 2020-yil martidan buyon birinchi marta koronavirusdan o‘lim qayd etilmadi

Buyuk Britaniyada 1-iyun holatiga o‘tgan bir kecha-kunduzda koronavirus oqibatida birorta ham o‘lim qayd etilmadi. Birlashgan Qirollik Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi marta 2020-yil martida, pandemiyaning eng boshida o‘lim qayd etilmagan edi.

Mamlakatda COVID-19 oqibatidagi jami o‘limlar soni 127 mingtaga teng. Virusdan vafot etganlar soni 19-yanvar kuni o‘z cho‘qqisiga chiqqan — o‘sha kuni 1,3 ming kishi virus qurboniga aylangan.

Shuningdek:
  • Yaponiya ehtiyojmand mamlakatlarga COVID-19’ga qarshi vaksinatsiya uchun 800 million dollar ajratadi. Mamlakat bosh vaziri Yosixide Suga onlayn sammit chog‘ida COVAX xalqaro dasturini rivojlantirish uchun 800 million dollargacha mablag‘ ajratishga va’da berdi.
  • Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti va Xalqaro valyuta jamg‘armasi COVID-19’ga qarshi vaksinalar adolatli tarzda taqsimlanishini yoqlab chiqdi. JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus ishtirokida yozilgan ochiq xatda jahon hamjamiyati vaksinalarni adolatli taqsimlash va koronavirus pandemiyasiga nuqta qo‘yishni ta’minlash bo‘yicha majburiyatni o‘z zimmasiga olishi kerakligi aytiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi