Daryo

Video: O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Tarlon” zirhli avtomobilining sinov jarayoni

“Tarlon” zirhli avtomobilining dastlabki sinov jarayonlari bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish86 488 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Tarlon” zirhli avtomobilining dastlabki sinov jarayonlari bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Mudofaa sanoati qo‘mitasi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi vazirlik va idoralarning buyurtmasiga muvofiq, Mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida loyihalashtirilgan va ishlab chiqarilgan, zamonaviy talablarga javob beradigan “Tarlon” yengil zirhlangan avtomobili kuch tuzilmalari vazirlik va idoralarining bir guruh mutaxassislari tomonidan qo‘shinlar sinovidan o‘tkazilyapti.

Ushbu tadbirlarning dastlabki bosqichida “Tarlon”ning ballistik himoyasi belgilangan standartlar asosida tekshirildi, yurish va turli to‘siqlardan o‘tish qobiliyati respublikaning tog‘-adir va kesishgan zonalarida sinovdan o‘tkazildi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar