• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Shavkat Mirziyoyev Osiyo chempionatida 7 ta oltin medalga ega chiqqan boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga tabrik yo‘lladi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-yilning 24—31-may kunlari BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarga tabrik yo‘lladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Mard va jasur farzandlarim, yurtimiz qahramonlari!

    Siz, azizlar shu yil 24—31-may kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, azmu shijoatli o‘zbek farzandlari qanday buyuk ishlarga qodir ekanini yana bir bor yaqqol namoyon etdingiz.

    Sizlarning mana shunday yorqin g‘alabangiz va uning omillari haqida so‘z yuritar ekanmiz, mamlakatimizda keyingi yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga jiddiy e’tibor berilayotganini alohida ta’kidlash o‘rinlidir.

    Ana shunday yuksak e’tibor tufayli yoshlarimiz o‘rtasida sportning boshqa turlari qatori boksga bo‘lgan mehr va qiziqish ham tobora ortib bormoqda.

    Hech shubhasiz, bu borada o‘zining shonli an’analariga ega bo‘lgan o‘zbek boks maktabining sizdek munosib vakillarining jahon maydonlarida erishayotgan ulkan yutuqlari ham beqiyos rol o‘ynamoqda.

    Bundan besh yil oldin aynan sizlarning yuksak mahorat va matonatingiz bilan Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston charm qo‘lqop ustalari jahonning eng qudratli va yetakchi boks jamoalari qatoriga ko‘tarilgani barchamizga cheksiz g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.

    Sizlar keyingi yillarda ana shu yutuqlarni yanada mustahkamlab, 3 ta Osiyo birinchiligi, Osiyo o‘yinlari va 2019-yili Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilgan Jahon chempionatida barcha raqiblarni ortda qoldirib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritganingiz tahsinga sazovordir.

    O‘zbek boksining shuhratini kelgusida jahon miqyosida keng tarannum etish, ushbu sport turini yoshlarimiz o‘rtasida yanada ommalashtirish maqsadida yaqinda maxsus qaror qabul qilganimiz sizlarga yaxshi ma’lum, albatta.

    Mazkur hujjatda qariyb bir asrlik boy tarix va an’analarga ega bo‘lgan o‘zbek boks maktabini yanada rivojlantirish, uning jahon sportidagi yetakchilik mavqeini mustahkamlash, yoshlarimiz o‘rtasidan yangi Osiyo, jahon va Olimpiya chempionlari yetishib chiqishini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilanganini aytib o‘tishni istardim.

    Shu o‘rinda mamlakatimizda xotin-qizlar sporti, xususan, ayollar boksi ham izchil rivojlanib borayotganini qayd etish lozim. Sizlar g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Osiyo chempionatida To‘maris va Barchinoydek botir va dovyurak momolarimizning munosib davomchilari bo‘lgan jasur qizlarimiz ham faol ishtirok etib, 1 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritganlari hammamizni quvontiradi.

    Bu haqda gapirganda, yaqinda yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan dunyo birinchiligida o‘zbek qizi Nigina O‘ktamova milliy tariximizda birinchi marta xotin-qizlar orasida “jahon chempioni” degan yuksak sharafga muyassar bo‘lganini faxr bilan tilga olamiz.

    Ishonamanki, bu hali boshlanishi. Kelgusida qizlarimiz bundan ham yuksak g‘alabalari bilan jahon boks olamini hayratga soladi, albatta.

    Aziz g‘olib va muzaffar farzandlarim!

    Sizlarning Osiyo chempionatida erishgan ulkan yutug‘ingiz eng ulug‘, eng aziz bayramimiz — Mustaqilligimizning 30 yillik shodiyonasiga munosib sovg‘a bo‘ldi.

    Sizlar ushbu g‘alabangiz bilan xalqimizga yanada ko‘tarinki kayfiyat va katta quvonch olib keldingiz.

    Bunday muvaffaqiyatlar zamirida tajribali murabbiylar va federatsiya xodimlarining kechayu kunduz qilayotgan tinimsiz mehnati, faxriylarimizning yillar davomida to‘plagan buyuk va bebaho merosi, xalqimiz va hurmatli ota-onalaringizning duolari mujassam, desak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi.

    Yaqinda Tokio shahrida boshlanadigan Olimpiya o‘yinlarida ham sizlarga mana shunday ulkan zafar va omadlar yor bo‘lsin!

    Jahon sport maydonlarida Vatanimiz bayrog‘ini yanada baland ko‘tarib, uning shon-shuhratini oshirishda barchangizga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat va yangi-yangi g‘alabalar tilayman.

    Yorqin va ulkan yutug‘ingiz muborak bo‘lsin!

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

    Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionati—2021 musobaqasida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 8 ta (1 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza) medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, erkaklar jamoasining barcha 10 nafar a’zosi sovrindorlar qatoridan joy oldi (6 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza). O‘zbekiston delegatsiyasi 7 ta oltin (6 ta kumush, 5 ta bronza) bilan musobaqaning umumiy reytingida 2-o‘rinni egalladi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    02.06.2021, 14:17   Izoh (0)   18059
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Donnarummadan Insinyegacha. Italiyaning Yevro—2020 uchun yakuniy qaydnomasi ma’lum bo‘ldi

    02.06.2021, 11:35

    Angliya terma jamoasi Yevro—2020 uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi

    02.06.2021, 10:09

    Rasman: Karlo Anchelotti “Real” bosh murabbiyi etib tayinlandi

    01.06.2021, 22:03

    Futzal bo‘yicha Jahon Chempionatiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston terma jamoasining guruh bosqichidagi raqiblari ma’lum

    01.06.2021, 20:43

    Angliya Premyer Ligasida 2020/21-yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyi nomiga da’vogarlar e’lon qilindi

    01.06.2021, 18:22

    Karim Benzema “Real”dan ketadimi? Hujumchining o‘zi javob berdi

    01.06.2021, 17:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil hujumida 80 dan ortiq g‘azolik halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 25 iyun, 08:40

    O‘zbekistonliklar qurilish, logistika, tibbiy xizmatlar bo‘yicha Shvetsiyaga ishga yuboriladi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 08:38

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” 3-turda yirik hisobda g‘alaba qozondi, yana bir uchrashuvda durang qayd etildi (video)

    Sport | 25 iyun, 08:38

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Benfika” so‘nggi turda “Bavariya”dan ustun keldi, “Boka Xuniros” turnir bilan xayrlashdi (video)

    Sport | 25 iyun, 08:10

    “Daryo” dayjesti: 24-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 24 iyun, 23:15

    Chinozdagi dehqon bozorida o‘g‘rilik sodir etgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 23:00

    NASA’ning “o‘lik” sun’iy yo‘ldoshi 60 yildan so‘ng birinchi marta signal yubordi

    Dunyo | 24 iyun, 22:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.