Dunyo va O‘zbekiston bo‘ylab hafta davomida olingan qiziqarli suratlar jamlanmasini namoyish etamiz.

Quddusdagi Qubbat ul-Sahro masjidi yaqinida muqaddas Qur’on kitobini o‘qib o‘tirgan qizaloq.

Foto: Reuters

Xalq orasida “Andijon muzqaymog‘i” nomi bilan mashhur bo‘lgan muzqaymoqni Toshkent metrosida olib ketayotgan sotuvchi yigit.

Foto: Telegram

Braziliya poytaxti osmonida kuzatilayotgan “Super oy” hodisasi. Haftaning o‘rtasida oy Yerga maksimal darajada yaqinlashdi.

Foto: EPA

Tashkent City hududida qad rostlagan yangi ko‘p qavatli binolar.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘rgimchak odam liboslarini kiygan aktyorlar Sankt-Peterburg metrosida chiqish qilmoqda.

Foto: AFP

Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-may kuni hududlarda ipoteka dasturlarini amalga oshirish, ko‘p qavatli uy-joylar mavzelarini barpo etish hamda ularni infratuzilma bilan ta’minlash chora-tadbirlari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident korrupsiya holatlarini keskin tanqid qilib, mamlakatda unga qarshi kurashish kuchaytirilishini ma’lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bar Woolf sport jamoasining falastinlik a’zolari G‘azodagi Isroilning havo hujumlari natijasida vayron bo‘lgan bino xarobalari ustida olov bilan namoyish ko‘rsatmoqda.

Foto: AFP

Moskva hayvonot bog‘ida yaqinda tug‘ilgan Uels qo‘zisi.

Foto: Legion Media

Tailandda buddistlar bayrami bo‘lmish Visaxa Bucha o‘tkazildi.

Foto: “TASS”

AQShning Kolorado Springs stadionidagi havo kuchlari akademiyasi bitiruvchilari.

Foto: Getty Images

Iroqning Najaf shahri yaqinidagi baliqchi kemalar.

Foto: Getty Images

Angliyaning Chester hayvonot bog‘ida saqlanayotgan noyob lemur.

Foto: Getty Images

Boltiq dengizining Vernemyunde kurortida quyosh chiqishi.

Foto: “TASS”

Amerika dengiz akademiyasining birinchi kurs talabalari har yili o‘tkaziladigan Merilend talabalari turnirida.

Foto: Getty Images

Germaniyaning Gessen yerida odamlar bilan birga yurgan o‘rdakcha.

Foto: Getty Images

Black Lives Matter namoyishchilari Jorj Floyd o‘limining bir yilligi munosabati bilan Bruklin ko‘prigida yo‘lni to‘sib, 9 daqiqa 29 soniya davomida o‘tirishdi.

Foto: Getty Images

Oltin rangga bo‘yalgan bosh suyagi Frankfurtdan 50 kilometr janubda joylashgan Oppengeymdagi Katarinenkirxe cherkovidagi 20000 skelet orasida ajralib turibdi.

Foto: AP Photo

Xitoy poytaxti Pekin shahrida tashkil qilingan interaktiv ko‘rgazmaga tashrif buyurgan ayol oynaga qarayapti.

Foto: Getty Images

Bangkok chetidagi buddistlarning Dhammakaya ibodatxonasida Visaxa Bucha. Marosimini nishonlash uchun sham yoqib chiqilmoqda.

Foto: AFP

Germaniyaning Kuksxafen-Dunen shahrida pandemiya cheklovlari yumshatilganidan keyin plyajga borgan ayol.

Foto: Getty Images

Barselonadagi norozilik namoyishchilari otgan bo‘yoq bilan qoplangan politsiya xodimlari.

Foto: AP Photo

DJ va prodyuser Deadmau5 Downtown Las Vegas Event Center’da chiqish qildi.

Foto: Getty Images

Angliyadagi “Marshall Arena”da Unibet Premyer ligasining darts musobaqasiga muxlislik qilib o‘tirgan tomoshabinlar.

Foto: Getty Images

Turkiya yaylovlarida yurgan angor echkisi.

Foto: Getty Images

G‘azodagi Isroil havo hujumi natijasida vayron bo‘lgan masjid yaqinida namoz o‘qiyotgan falastinliklar.

Foto: AFP

Tailandning Chonburi shahridagi hayvonot bog‘ida 11 yoshli Seyenlada Supat ismli bola surikatlarga pianino chalib bermoqda.

Foto: Reuters

Turkiyaning Markaziy Anadolu mintaqasidagi o‘ta darajada sho‘rlangan va pushti rangga kirgan Tuz ko‘li.

Foto: Getty Images

Isroil va HAMAS o‘rtasida kelishuv sulhi imzolanganidan so‘ng G‘azodagi vayron bo‘lgan bino oldida yurgan ayollar.

Foto: EPA

Massachusets havo kuchlari milliy gvardiyasi a’zolari Boston shahridagi bog‘da urushda vafot etganlarning xotirasi uchun AQSh bayroqlarini o‘rnatib chiqmoqda.

Foto: AP Photo

Isroil havo hujumlari natijasida vayron bo‘lgan uy xarobalari yonidan velosipedda o‘tib ketayotgan bola.

Foto: Reuters

Germaniyaning Frankfurt xalqaro aeroportiga qo‘nish taqiqi tugaganidan so‘ng unga yaqinlashayotgan samolyotlar.

Foto: AP

Ispaniyaning Kartegena shahri yaqinidagi sohilda bitiruv marosimida qatnashayotgan talabalar.

Foto: Getty Images