Markaziy bank 27-maydan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 8,37 so‘mga ko‘tarilib, 10 609,91 so‘mni tashkil qildi. Yevro 0,36 so‘mga pastlab, 12 991,83 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 4,78 so‘mga ko‘tarilib, 10 601,54 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 21-may kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursi 10 650 so‘mga qadar ko‘tarilgandi.
Izoh (0)