Daryo

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 10 600 so‘mdan oshdi

Markaziy bank 26-maydan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi

1 daqiqa o‘qish23 319 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Markaziy bank

Markaziy bank 26-maydan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: “Daryo”

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 4,78 so‘mga ko‘tarilib, 10 601,54 so‘mni tashkil qildi. Yevro 51,43 so‘mga ko‘tarilib, 12 992,19 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi bir kunlik pastlashdan so‘ng yana ko‘tarilib, 10 596,76 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 21-may kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursi 10 650 so‘mga qadar ko‘tarilgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar