• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    DTM O‘zbekistonda 2019-yilgi test sinovlarida abituriyentlardan qariyb 900 mln so‘m ortiqcha to‘lov undirilganiga izoh berdi

    O‘zbekistonda 2019/2020-o‘quv yili qabuli test sinovlarida ishtirok etish uchun ariza bergan abituriyentlardan 896,4 million so‘m ortiqcha to‘lov undirilgani haqida xabar berilgan edi. DTM matbuot xizmati bunga izoh berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ma’lum qilinishicha, Prezidentning 2019-yil 14-maydagi qaroriga asosan, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta‘lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan (nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat ta‘minotidagi shaxslar bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etishi uchun eng kam ish haqining yarim baravari miqdorida to‘lov undirilishi joriy etilgan.

    2019/2020-o‘quv yili qabulida oldingi yillar bitiruvchilaridan test sinovi uchun to‘lov undirish birinchi marta joriy etilgan bo‘lib, mazkur yilda abituriyentlardan hujjatlar qabuli oliy ta‘lim muassasalari qabul komissiyalari va Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilgan. Unda abituriyentlar hujjatlarini topshirish uchun OTMlar qabul komissiyalari yoki Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilganda ular tomonidan to‘lovni amalga oshiradigan toifadagi abituriyentlarga to‘lovni amalga oshirish uchun kvitansiya shakllantirib berilgan va abituriyentlar to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng hujjatlarini topshirgan.

    “To‘lov undirilmaydigan toifadagi abituriyentlarning hujjatlari esa shu zahoti qabul qilingan. Bunda to‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar toifalari haqidagi ma‘lumotlar DTM tomonidan oliy ta’lim muassasalar qabul komissiyalari va Davlat xizmatlari markazlariga yetkazilgan hamda Davlat test markazining Telegram’dagi rasmiy kanalida e’lon qilingan.

    Shunday bo‘lsa-da, to‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar tomonidan hujjatlarni topshirish jarayonida test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish holatlari kuzatilgan. Buning natijasida 896,4 million so‘m ortiqcha to‘lov amalga oshirilgan”, — deyiladi DTM izohida.

    Qayd etilishicha, o‘tgan davr mobaynida abituriyentlarning arizasiga asosan ortiqcha to‘langan 156,3 million so‘m egalariga qaytarilgan. 2021-yilning 25-martida ortiqcha to‘langan mablag‘ miqdori 740,1 million so‘mni tashkil etgan. Qolgan abituriyentlar to‘lovni qaytarish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilmaganliklari sababli Davlat test markazida ularning to‘lovlarini qaytarish imkoni bo‘lmagan.

    Shunday bo‘lsa-da, ularning ma’lumotlari tahlil qilinib, noto‘g‘ri to‘lov amalga oshirgan 3 170 nafar abituriyentning ma’lumotlari 2020-yil uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar bazasidan aniqlanib, telefon raqamlariga SMS xabarnomalar yuborilgan. Qolgan 4132 nafar abituriyentning ma’lumotlariga esa ayni paytda aniqlik kiritib bo‘lmayapti.

    “2019-yilning tajribasidan kelib chiqqan holda abituriyentlarni ro‘yxatga olish uchun ishlatiladigan ABITUR dasturi takomillashtirilib, mazkur kamchilikning oldini olish maqsadida dastlab abituriyentlar onlayn ro‘yxatga olindi va dastur tomonidan test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishi kerak bo‘lgan abituriyentlar aniqlanib, ularga invoys shakllantirildi. To‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar uchun esa invoys shakllantirilmadi va ularning arizasi to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilindi. Buning natijasida to‘lovni amalga oshirish bilan bog‘liq kamchiliklar bartaraf etildi”, — deyiladi xabarda.

    DTM abituriyentlar tomonidan noto‘g‘ri amalga oshirilgan to‘lovlarning abituriyentlarga to‘liq holda qaytarilishi tarafdori ekanini ta’kidlab, mazkur abituriyentlar Davlat test markaziga ariza bilan murojaat qilganda, ularning to‘lovlari qaytarilishini bildirgan.

    Mavzuga doir: Oliy ta’lim vaziri: “Ming kishilik oshlarimiz bor ekan, OTMlarga imtihonsiz qabul tizimini joriy qilib bo‘lmaydi”

    26.05.2021, 17:10   Izoh (0)   14497
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abdulaziz Komilov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi

    26.05.2021, 16:58

    Eriell Group “Yoshlik energiyasi” forumida ishtirok etdi

    26.05.2021, 16:30

    “Murodboy ishi” bo‘yicha sudda yuz bergan to‘polon yuzasidan rasmiy izoh berildi

    26.05.2021, 16:12

    Qozog‘istondagi O‘zbekiston fuqarolaridan 5-iyunga qadar mamlakatda qolishni qonuniylashtirish talab etiladi

    26.05.2021, 15:59

    O‘zbekistonda 2019-yilgi test sinovlarida abituriyentlardan qariyb 900 mln so‘m ortiqcha to‘lov undirilgani ma’lum bo‘ldi

    26.05.2021, 15:46

    Xodimini haqorat qilgan O‘rta Chirchiq obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga nisbatan ichki tekshiruv boshlandi

    26.05.2021, 15:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.