• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bugungi chalinayotgan qo‘ng‘iroq so‘nggisi emas, aksincha birinchisidir”. Mashhurlardan bitiruvchilarga tilaklar

    Bugun 25-may. O‘zbekistondagi barcha umumta’lim muassasalarida so‘nggi qo‘ng‘iroq chalinadigan, bitiruvchilar qadrdon maktablari, sinfdoshlari bilan xayrlashadigan kun.

    Katta hayot ostonasida turgan yigit-qizlar o‘z kelajak yo‘lini to‘g‘ri tanlab olishi uchun kattalarning maslahat va tavsiyalariga ehtiyoj sezadi. 

    “Daryo” muxbirlari O‘zbekistondagi muvaffaqiyatli tadbirkorlar, taniqli ijodkorlar bilan suhbatlashib, ularning bitiruvchilarga tavsiyalari bilan birga tilaklarini ham yozib oldi. 

    Laziz Adhamov

    Toshkent shahridagi 223-maktabning 8-sinfini 31 yil avval tamomlab, texnikumga o‘qishga kirgan

    “SAP” savdo direktori va BookCafe biznes loyihalari asoschisi

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qancha muvaffaqiyatli bo‘lsangiz, shuncha foyda keltira olasiz

    Men maktabni bitirayotganimda SSSR qulab, odamlar ishsiz, mablag‘siz qoldi. Biz 9-sinfdan boshlab ota-onamizga yordam berish uchun ishlashga majbur bo‘ldik.

    Kitoblarni juda yaxshi ko‘rardim. Ham o‘qib, ham ishlab, kechalari uxlamasdan kitob o‘qib chiqardim. Hozir esa hammasi o‘zgargan. Bolalarning ishlashiga hojat yo‘q. Aksariyat ota-onalar bolalarini bemalol boqa oladi. Yana qo‘shimcha mashg‘ulotlarga berib o‘qigin deydi.

    Bitiruvchilarga tavsiyam, avvalo, biror sport turi bilan shug‘ullaning. Sababi sport odamga g‘alaba hissiyotini beradi. O‘z ustida ishlash, g‘alabalarga erishish odat bo‘lib qoladi. Eng muhimi, qalbingizni pok tuting. O‘zingizni ruhan tarbiya qiling.

    Bu dunyoda muvaffaqiyatga har qanday yo‘l bilan erishsa bo‘ladi. Biroq har nening javobi borligini unutmang. Har bir insonga rizq belgilab qo‘yilgan. 1 million dollar ishlash peshonangizda bo‘lsa, albatta, topasiz. Ammo harom yoki halol yo‘l bilanmi, buni siz tanlaysiz.

    Oldingizga uzoq muddatli maqsadlar qo‘ying va bu nafaqat o‘zingiz, balki boshqalar uchun ham manfaatli bo‘lsin. Men mana bu ishni amalga oshirib, odamlarga yordam bermoqchiman, desangiz Xudo o‘zi yetkazaveradi.

    Misol uchun, o‘zim ko‘p mamlakatlarga borganimda talabalarning kafega kirib, bepul internetdan foydalanib o‘tirganini ko‘rib, havas qilardim. Qaniydi, men ham o‘zimizda shunday joy ochsam deb niyat qilardim. Vaqt o‘tib Xudo boshqa joydan pul yetkazdi. BookCafe’ni ochdik.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Oliy maqsadi bor odamning hayotida ma’no bo‘ladi. Agar ular noto‘g‘ri maqsadlar qo‘ysa, vaqt o‘tib unga erishishi mumkin, lekin u baxt keltirmaydi. Xotirjamlik bo‘lmaydi. Oliy maqsadlarni qo‘yib, tinmay harakat qilavering. Toki inson qancha muvaffaqiyatli bo‘lsa, boshqalarga shuncha foyda keltira oladi.

    Odamning baxti shukr qilishligida. Hech qachon nolimang. Aslida ko‘p narsadan nolisa bo‘ladi. Amerikadayam nolishadi. Yaponiyada ham nolishadi. Ikki xil odam bor: noliydigan va ish qiladigan. Siz ikkinchisi bo‘ling.

    Iloji boricha qo‘lingizdan kelgancha, o‘zingizdan tashqari boshqalarga ham yordam bering, yaxshilik qiling. O‘zingizga 10 barobar bo‘lib qaytib keladi. Jamiyatga xizmat qilgan inson ikki dunyosida ham muvaffaqiyatga erishgan bo‘ladi.

    Institutga kirolmaslik — bu mag‘lubiyat emas

    Bilasizmi, men bolaligimda ingliz tilini o‘rganmaganimdan qattiq afsuslanaman. Agar tilni mukammal bilganimda boshqa davlatlarga ketgan va hozir ko‘p imkoniyatlar qurshovida bo‘lardim. Shuning uchun siz o‘qing va o‘z ustingizda ishlang. Albatta, bu institutga kirish degani emas.

    Men ham birinchi yili ham, ikkinchi ham institutga kirolmaganman. Institutga kirolmaslik — bu mag‘lubiyat emas. Ayting-chi, hozir qaysi institut SMM’ga tayyorlaydi? Yoki ingliz tilini bilish uchun “Jahon tillari”ga kirib, to‘rt yil o‘qish kerakmi? Maktabni bitirayotganlar IELTS’dan 7-8 ball olyapti-ku.

    Hozirgi zamonda 4 yillik universitetda o‘qishning foydasi yo‘q. Aksincha shuncha vaqt biror kasb ichida yurgan odamning tajriba va mahorati oshadi. Juda o‘zgaruvchan dunyoda bitta kasb bilan cheklanmaslik kerak. Men ITni o‘rgandim, keyin marketolog iqtisodchi ma’lumotini oldim. Undan so‘ng tadbirkorlikka o‘qidim. Bo‘sh vaqtim bo‘lsa yana o‘qiyman.

    Doim o‘g‘limga aytaman: “Bir sohani chuqur bilish kerak. Undan tashqari, yana 5-6 hunarga ega bo‘lish kerak”.

    So‘nggi maslahatim, kattalarning gapi 100 foiz to‘g‘ri degani emas. O‘zbekistondagi ko‘p urf-odatlar sizga muvaffaqiyat olib kelmaydi. Qalbingizga quloq solib, ish ko‘ring.

    Mamlakat kelajagi sizlarning qo‘lingizda. Vaqt o‘tib, barcha lavozimlar, kursilar sizga qoladi. Kelajakda prezident, vazir, hokim ham sizlar bo‘lasizlar, mamlakat taqdiri sizning qo‘lingizda.

    Agar sizlar zaif bo‘lsangiz, davlat zaif bo‘ladi. Shuning uchun kuchli bo‘ling, o‘zingizga ishoning, olg‘a yuring.

    Ibrat Safo

    26 yil avval maktabni tamomlagan

    BBC jurnalisti

    Foto: Ibrat Safoning shaxsiy arxividan

    Foto: Ibrat Safoning shaxsiy arxividan

    O‘qish va ilm o‘rganish yo‘lini tanlagan bo‘lsangiz, aslo bu yo‘ldan chalg‘imang

    Taqdir taqozosi bilan to‘rtta maktabda o‘qiganman. Oxirgisi Toshkent viloyatidagi tumanlardan birida o‘tgan. Qulab tushay deb turgan qishloq maktabida ham bir yildan oshiq vaqt o‘qidim. Hammasida ham hayot men uchun oson kechdi deb aytolmayman – ba’zan yangi bolalarga o‘rganish qiyin bo‘lishi mumkin.

    Undan tashqari, qaysi maktabga bormay, a’lochi edim. Bu esa men istamasam-da, meni ko‘pchilikdan ajratib turardi. Balki, shu boshqa bolalarga yoqmagandir. Yaxshi o‘qish men uchun qandaydir oliy maqsad emas edi aslida – shunchaki oilada akam va opalarim yaxshi o‘qiganigami yo ota-onamiz har doim kitoblar olib berib, bizni o‘qishga undaganigami, baholarim a’lo bo‘lgan. Ko‘proq gumanitar fanlarga qiziqqanim, chet tillarini yaxshi ko‘rganim uchun direktorimiz bizning sinfni atayin meni o‘ylab, ingliz tiliga ixtisoslashgan sinfga aylantirganlar.

    Foto: Ibrat Safoning shaxsiy arxividan

    Foto: Ibrat Safoning shaxsiy arxividan

    Bitirayotgan yillarim o‘zgarishlar davri edi – endi mustaqil bo‘lgandik, G‘arb madaniyati, filmlari va musiqasi bolalarga yoqib tushgandi, shu sabab ingliz tiliga zo‘r berib o‘qidim. Uyimizda har doim xalqaro siyosat va dunyo hodisalari muhokama qilingani sababdir, o‘zga yurtlarga safar qilish eng katta orzumga aylangandi. Yuqori sinflarda ikki marta ACCELS yo‘nalishi orqali Amerika maktabida o‘qish uchun testlar topshirdim. Barcha bosqichlardan o‘tdim, lekin suhbatga kelganda tortinchoqligim amerikalik mezbonlarga to‘g‘ri kelmagan va ortda qolganman. Juda xafa bo‘lgandim, Amerika tushlarimga kirib chiqardi!

    Bitirayotganimda qanday bo‘lmasin menga dunyoni ko‘rishga imkon beradigan kasbni tanlashga qaror qildim va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga topshirdim. U vaqtlar repetitor degan odamlar tumanlarda yo‘q edi — testlarga o‘zim shu qadar qattiq tayyorlandimki, kechalari uxlamay, hatto ko‘zimga nimalardir ko‘rina boshlagach, onam domlaga olib borib o‘qitib qo‘yganlar. Toshkentdagi bozordan menga opam olib bergan TOEFL testlari kitobi va ingliz tili lug‘ati varaqlayverganimdan titilib ketgandi. Xayriyat, shuncha tayyorlanganim ish berib, universitetning Xalqaro aloqalar fakultetiga o‘z kuchim bilan o‘qishga kirdim.

    Foto: Ibrat Safoning shaxsiy arxividan

    Foto: Ibrat Safoning shaxsiy arxividan

    Yana o‘quvchi bo‘lib qolishni tasavvur qilishim qiyin... To‘g‘rirog‘i, buni istamagan bo‘lardim. Bitiruvchilarni hozir juda yaxshi tushunaman – bugun oson emas, kontrakt to‘lovlari, yashash xarajatlari bor, undan tashqari oliy ta’lim dargohlarida hammaga ham o‘rin yetarli emas. Bu mustaqil hayotni boshlash, albatta, juda hayajonli davr. O‘smir yelkangizda ulkan mas’uliyat paydo bo‘ladi. Lekin o‘qish va ilm o‘rganish yo‘lini tanlagan bo‘lsangiz, aslo bu yo‘ldan chalg‘imang. Aslida hozir bizning davr, ya’ni 1995-yil bilan solishtirganda, turli xalqaro grantlar va imkoniyatlar ancha-muncha ko‘proq.

    Shunday ekan o‘z ustingizda ishlab, internet va kutubxonalarda yaxshilab izlanib, o‘zingizga keragini toping. Chet tillariga ko‘proq e’tibor berishni tavsiya qilaman, chunki, qaysi mutaxassislikni tanlamang, shu mutaxassislikka oid ko‘plab adabiyotlarni topib o‘qishingiz osonroq kechadi. Barchangizga chin dildan omad tilayman.

    Zamira Rahmonova

    Turkmanistonning Ashxobod shahridagi 27-sonli gimnaziya-maktabini 18 yil avval bitirgan

    Tadbirkor

    Foto: Zamira Rahmonovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Zamira Rahmonovaning shaxsiy arxividan

    Barchasini intilish va qat’iyat hal qiladi

    Maktabda qanday baholarga o‘qiganingiz hayotda hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Barchasini intilish va qat’iyat hal qiladi. Xatolaringiz uchun o‘zingizni koyimang. Axir aynan ular sizni muvaffaqiyatga eltadi.

    Daraxt unishi uchun urug‘ni yerga ekish, sharbat olish uchun mevani siqish, taomning ta’mi betakror chiqishi uchun esa masalliqlarni aralashtirish kerak.

    Foto: Zamira Rahmonovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Zamira Rahmonovaning shaxsiy arxividan

    Shunday ekan, agar o‘zingizni muammolarga ko‘milib qolgan, ruhan tushkun yoki sarosimada his etsangiz, shuni bilingki, bu hali yakun emas. Bu qandaydir muhim va ahamiyatli bir yo‘lning boshlanishidir.

    Doim o‘zingizga “rahmat” deb turing. Siz bu dunyoda boshdan oxir o‘zingiz bilan bo‘ladigan yakka-yu yagona insonsiz. Shunday ekan o‘zingizni asrang.

    Katta, mashaqqatli, adolatsiz, ammo behad bir qiziqarli hayotda sizga faqat va faqat omadlar yor bo‘lsin.

    Muhiddin Ali

    Toshkentdagi 192-maktabni 16 yil avval bitirgan

    Fotosuratchi

    Foto: Muhiddin Alining shaxsiy arxividan

    Foto: Muhiddin Alining shaxsiy arxividan

    Bugungi chalinayotgan qo‘ng‘iroq so‘nggisi emas, aksincha birinchisi

    Erta bolalik xotiralarim orasida maktabga gul ko‘tarib ketayotgan holatim juda ham yorqin esimda qolgan. Chunki maktabga chiqishni kutib, kun sanaganman. Bir kun qolganda esa ko‘zga uyqu ham kelmagan.

    Meni maktabga, bilimlar dunyosiga muhabbatli qilib tarbiyalagan, ilk savodimni chiqargan ustozim Muhabbat opa Habibullayevadan doimo minnatdorman. Ota-onalarimiz ham pedagoglarga o‘z farzandlarini ishonib topshirishgan, ularning barcha dakki va ko‘rsatmalariga so‘zsiz bo‘ysunganlar. Shuning uchun bo‘lsa kerak, kitobdagi bilimdan tashqari tarbiyaviy masalalarda ham chinakam jonkuyar bo‘lgan ustozimiz.

    Sochi haddan ziyoda o‘sib ketganlarni tramvay izi qilib qaychilab qo‘yganlar, ertasigayoq soch olinib kelinganda bu ish to‘g‘ri bo‘lganini hamma yaxshi tushungan. Agar bu holat shu kecha-kunduzda bo‘lsa, tasavvur qila olmayman, qanday katta shov-shuv ko‘tarilgan bo‘lar edi. Ustozim husnixatimiz go‘zal bo‘lishi uchun majburiy tarzda siyohli ruchkada yozdirganlar va bu o‘z natijasini bergan. Muallimlarning faqatgina rasmiy o‘quv dasturidan tashqari, shaxsiy ish uslublari bo‘lganki, bunda biz olgan bilimlarimizni mantiq ilmi, mehr tuyg‘ulari orqali hayotimiz davomida qanday qo‘llay olishimizga chiroyli ko‘rsatmalar tushuntirilgan.

    Yuqori sinflarda ham namunali o‘qishdan tashqari maktab hayotida eng faol o‘quvchilardan bo‘lganman. O‘sha paytda “Kamolot” sardori sifatida butun Shayxontohur tumani maktablarining yetakchilariga bosh bo‘lganman. Bizning maktabdagi tashkilot faoliyatida do‘stlarimiz bilan qilgan harakatimiz orqali tuman va shahardagi eng namunalilardan sanalgan. Buning uchun ba’zida maktab rahbariyati yoki ba’zi ustozlarimizdan rag‘bat o‘laroq juda ham yaxshi munosabat qozonar edik. Fanlar ichida eng yaxshi o‘zlashtirgan fanim — geografiya. Ustozim Hilola Nekqadambayevaning qattiqqo‘lligi sabab fanni juda ham yaxshi o‘zlashtirganman. Hali-hali davlat bayroqlari, poytaxtlar haqida uzoq suhbatlasha olaman. Bu bilimlar, ayniqsa, chet elda tahsil olganimda juda asqatgan. Agar maktab davriga qaytib qolish imkoniyati bo‘lganda rus tili darsini hech ham qoldirmagan bo‘lardim.

    Foto: Muhiddin Alining shaxsiy arxividan

    Foto: Muhiddin Alining shaxsiy arxividan

    Ota-onam menga hech qachon darsni sababli ham, sababsiz ham qoldirishimga yo‘l qo‘yishmasdi. Shuning uchun bo‘lsa kerak hozir ham shaxsiy yoki xizmat munosabatlariga juda qat’iy qoidalar asosida yondashaman. Insonning shaxsiy tamoyili, dunyoqarashi va xarakteri shakllanadigan davr bu maktabdagi tahsil vaqti ekan, bu kabi fazilatlarni o‘quvchida to‘g‘ri shakllanishiga atrofdagi barcha birdek mas’ul bo‘lishi kerak.

    O‘quvchini katta hayot ostonasi sari odimlashida ota-ona hamda muallimlar kundalik bilim olish harakatlarining o‘zinigina nazorat qilmay, ularni kelajak uchun katta va xayrli maqsadlar rejalashga o‘rgatishlari kerak. O‘quvchining maqsadi maktabni bitirish bo‘lib qolmasligi lozim. U yorqin kelajakda o‘z orzulariga to‘laqonli egalik qilishi uchun maktab davri boshlang‘ich qadam ekanini tushunishi muhim.

    Kelajak uchun qilingan orzularimizni aniq, konkret detallar bilan chizib olishimiz kerak. Bugungi kunda erishayotgan ko‘plab yutuqlarim maktab davrida qilgan beg‘ubor niyatlarim ro‘yobi ekanini his qilar ekanman, nima uchun o‘sha davrda yana ham ko‘proq va konkretroq niyatlar qilib olmaganimga afsuslanaman.

    Bugungi chalinayotgan qo‘ng‘iroq so‘nggisi emas, aksincha birinchisi. Maktab davrida olgan bilim, xotira hamda tajribalarni ish berishiga berilgan start qo‘ng‘irog‘i. Uning jarangi sizni doimo yaxshi ishlar uchun ilhomlantirsin, aziz uka-singillarim.

    Mualliflar: Xonzodabegim A’zamova va Madina Nurman 

    Muharrir: Dilshod Sharipov

    25.05.2021, 20:35   Izoh (0)   57285
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    UzReport TV telekanali Beeline’ni sudga berdi

    25.05.2021, 20:11

    Samarqand shahridagi barcha ta’lim muassasalari 26-maydan an’anaviy ta’limga qaytadi

    25.05.2021, 19:34

    Islom Karimov qarorgohini turistik obyektga aylantirish taklif etildi

    25.05.2021, 19:10

    Jahongir Ortiqxo‘jayev: “Jurnalistlar to‘yni to‘ydek qilib berishdi — endi qancha tanqid qilishsa roziman”

    25.05.2021, 18:51

    Mirzo Ulug‘bek va Yashnoboddagi ayrim xonadon va tashkilotlarda gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

    25.05.2021, 18:45

    Jahongir Ortiqxo‘jayev: “Hokimlik binosida emas, katta angarda o‘tirishni xohlayapman”

    25.05.2021, 18:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

    Reklama | 20 iyun, 18:00

    Farg‘onada xonadonlardan biri yonayotgan “dom”dan 7 kishi qutqarildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:55

    BMT Isroil armiyasi va xavfsizlik kuchlarini “qora ro‘yxat”ga kiritdi

    Dunyo | 20 iyun, 17:45

    Aktyor Burak O‘zchivit imijini o‘zgartirdi — muxlislar uni tanimay qolishdi (foto)

    Kino | 20 iyun, 17:37

    “Daryo” tanqididan so‘ng Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:34

    Ummonda tutqunlikda saqlangan ayol bolalari bilan O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:24

    O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududga chigirtka tarqalgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.