• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ryanair reysining Minskka majburiy qo‘ndirilishi Yevroittifoq sammitida muhokama qilinadi. Aviakompaniyalar Belarus ustidan uchishdan bosh tortmoqda. Asosiy ma’lumotlar

    23-may kuni kunduzi Afinadan Vilnyusga yo‘l olgan Ryanair aviakompaniyasi samolyoti Minskka shoshilinch qo‘ndi. Uning bortida Nexta Telegram kanalining sobiq bosh muharriri Roman Protasevich bor edi — samolyot qo‘nganidan keyin u qo‘lga olindi, qolgan yo‘lovchilar esa yetti soatdan keyin parvozni davom ettirish uchun qo‘yib yuborildi. Belarus hukumati qayd etishicha, uchuvchilar bortda xavfsizlikka tahdid tufayli Minskka qo‘nish haqida qaror qabul qilgan. Qo‘nishga qadar samolyotga qiruvchi samolyot hamrohlik qilib borgan. Meduza ushbu mavzu bo‘yicha hozirga qadar ma’lum bo‘lgan tafsilotlarni keltirib o‘tdi.

    Ryanair samolyoti Minsk aeroportiga qo‘nganidan keyin

    Ryanair samolyoti Minsk aeroportiga qo‘nganidan keyin
    Foto: AFP

    Samolyot bilan bog‘liq voqea Yevroittifoq sammiti kun tartibiga kiritilgan. U 24-may, dushanba kuniyoq, forum ishining birinchi kunida muhokama qilinadi. Yevropa Kengashi raisi Sharl Mishelning bayonotida ta’kidlanishicha, hodisa “oqibatlarsiz qolmaydi”. Ehtimoliy variantlar orasida — Belarus osmonidan o‘tadigan parvozlarni taqiqlash, Belavia aviakompaniyasining Yevroittifoq mamlakatlari aeroportlariga reyslarni amalga oshirishini taqiqlash, shuningdek, samolyot bilan bog‘liq hodisaga aloqador odamlarga qarshi shaxsiy sanksiyalar bor. airBaltic aviakompaniyasi parvozlar Belarus hududi osmonidan o‘tmasligi uchun allaqachon ularning yo‘nalishini o‘zgartirishni boshladi.

    Hodisani AQSh davlat departamenti rasman qoralab chiqdi. Davlat kotibi Entoni Blinkenning bayonotida voqea “Lukashenko rejimining 120 yo‘lovchi hayotini xavf ostiga qo‘ygan hayratlanarli xatti-harakati” deb ataldi. Litva politsiyasi hodisa yuzasidan rasmiy surishtiruv boshladi, u jinoyat kodeksining ikkita — samolyotni egallab olish va odamlarni noqonuniy ushlab turish moddalari bo‘yicha olib borilmoqda.

    Roman Protasevich bilan birga uning sevgilisi ham qo‘lga olingan. U Vilnyusda yashovchi 23 yoshli Rossiya fuqarosi Sofya Sapegadir. Sapega o‘qiydigan Yevropa gumanitar universiteti Belarus hukumatidan uni zudlik bilan ozod etishni talab qildi. Reys yo‘lovchilaridan birining aytib berishicha, samolyot qo‘nishidan avvalroq Protasevich qizga o‘z kompyuteri va telefonini bergan, Minskdan uchib chiqqanlarida esa qiz bortda bo‘lmagan. Yana bir yo‘lovchi esa Afinada samolyotga o‘tirgan yana to‘rt kishi ham Vilnyusga ular bilan birga uchib kelmaganini aytgan va ular maxsus xizmat xodimlari bo‘lganini taxmin qilgan.

    Yo‘lovchilarning aytishicha, qo‘nish oldidan salonda hech qanday hodisa bo‘lmagan. Ulardan birining so‘zlariga ko‘ra, uchuvchi shunchaki yo‘nalishni keskin o‘zgartirgan va samolyotni Minskka qo‘ndirishini aytgan, buning sababini esa izohlamagan. “Keyinroq tushuntirib berishni va’da qildi, ammo tushuntirmadi”, — dedi yo‘lovchi. Yana bir yo‘lovchining aytishicha, Protasevich, boshqalardan farqli o‘laroq, ikki marta tintuv qilingan — boshidanoq uni kuch tuzilmalari xodimlari kuzatib borgan va uning sumkasini ikki marta ko‘zdan kechirishgan, ammo u samolyotdan chiqqandan keyin darhol emas, oradan bir necha soat o‘tib, yo‘lovchilar aeroportdagi zalda o‘tirgan vaqtida qo‘lga olishgan. Yana bir yo‘lovchi ayolning ta’kidlashicha, qo‘nishdan oldin Protasevich bort kuzatuvchisiga: “Bunday qilmang, men qochqinman, ular meni o‘ldiradi”, — degan. “Qilishga majburmiz, boshqa yo‘limiz yo‘q, Ryanair’ning xalqaro majburiyatlari shunaqa”, — degan bunga javoban bort kuzatuvchisi.

    Ryanair kompaniyasi Minskka qo‘nishni Belarus hukumati talab qilganini tasdiqladi. “Reys ekipaji Belarus havo harakati boshqarmasi tomonidan bortda xavfsizlikka potensial tahdid borligi haqida ogohlantirildi va bortni eng yaqin aeroport — Minskka yo‘naltirish haqida ko‘rsatma oldi”, deyiladi aviatashuvchi bayonotida. Samolyot o‘sha vaqtda o‘ziga yaqinroq bo‘lgan Vilnyusga emas, Minskka qo‘ngani sababiga aviakompaniya aniqlik kiritmadi. Shu bilan birga, Ryanair bosh direktori Maykl O’Liri hodisani “davlat qaroqchiligi” deya tavsifladi.

    Aviamuhandis Vadim Lukashevich parvoz balandligi va tezligi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, uchuvchilar “oxirigacha Vilnyusga intilgan va ularni ta’qib qilayotgan qiruvchi samolyotdan deyarli qutulgan”, degan fikrni bildirdi — belgilangan aeroportga yaqinlashganiga qaramay, samolyot oddiy holatda bo‘ladigandek, pastlashni boshlamagan va tezlikni kamaytirmagan. Lukashevich taxmin qilishicha, ekipaj “Belarus qiruvchi samolyotidan ular bo‘ysunmasa, o‘t ochishi haqida ogohlantirish olganidan keyingina” ortga burilgan.

    Ayni vaqtda Belarus rasmiy OAVlarida dispetcherning ekipaj bilan suhbati deya ta’kidlanayotgan audioyozuv tarqaldi, unda “dispetcher” “ekipaj”dan Minskka qo‘nish qarori kimning “tavsiyasi” bilan qabul qilingani haqida so‘ramoqda, unga esa “bu bizning tavsiyalarimiz” deb javob berilgan.

    Mavzuga doir:

    • Minskda Nexta muxolifatchi Telegram-kanali sobiq muharriri Roman Protasevich qo‘lga olindi. U uchayotgan samolyot bomba haqidagi xabar tufayli Belarusga favqulodda qo‘ndirildi. Qo‘nish haqidagi qarorni Lukashenkoning shaxsan o‘zi “Yevropani himoya qilish” uchun qabul qilgan
    • Sakkizta mamlakat Belarus osmonidan uchib o‘tishni taqiqlashni talab qildi

    24.05.2021, 17:42   Izoh (0)   15161
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh davlat kotibi Belarusdan Nеxta portali sobiq rahbarini ozodlikka chiqarishni talab qildi

    24.05.2021, 15:33

    Hindistonda koronavirusdan vafot etgan odamlar soni bo‘yicha antirekord yangilandi

    24.05.2021, 14:34

    Kongoda vulqon otilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni uch baravar ko‘paydi

    24.05.2021, 10:42

    Uxan virusologiya institutining uch nafar olimi koronavirus haqidagi ilk xabarlardan avvalroq og‘ir kasallangan — WSJ

    24.05.2021, 10:02

    Sakkizta mamlakat Belarus osmonidan uchib o‘tishni taqiqlashni talab qildi

    24.05.2021, 09:27

    Italiyada dor yo‘li uzilib, kabina qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 kishiga yetdi

    24.05.2021, 09:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.