Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi (SAFF) futbol bo‘yicha Jahon Chempionatini har ikki yilda o‘tkazish bo‘yicha FIFAga taklif bilan chiqdi.
FIFA SAFF’ning taklifini inobatga oldi. Tashkilot prezidenti Janni Infantino bu taklifni “dolzarb va puxta” deb atadi. FIFA bu taklifni amaliyotga tatbiq qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.
Saudiya Arabistonining taklifini 166 ta milliy federatsiya qo‘llab-quvvatlagan, 21 tasi esa munosabat bildirmagan va o‘z pozitsiyasini ma’lum qilmagan.
Ta’kidlanishicha, bu taklif ayollar o‘rtasidagi Jahon Chempionatiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda mundial har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladi. JCh—2022 musobaqasiga Qatar mezbonlik qiladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)