To‘p tepayotgan Ortiqxo‘jayev, Asakaning sportchi hokimi, G‘azodagi bayram. 21-may suratlari
Dunyoning turli burchaklarida 21-may kuni olingan suratlarni namoyish qilamiz.
“Andijon yoshlar forumi — 2021” doirasida Asaka tumanida tashkil etilgan sport musobaqalarida tuman hokimi Mansurbek Alixanov master-klass ko‘rsatdi.Foto: Asaka tuman hokimligi matbuot xizmati
Sidneyda global isishga qarshi “School Strike 4 Life” norozilik namoyishida qatnashayotgan talabalar. Butun mamlakat miqyosidagi namoyish federal hukumatni soliq to‘lovchilarning pullarini qazilma yoqilg‘isi uchun ishlatishni to‘xtatishga chaqirmoqda.Foto: EPA
O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev “Toshkent 5 tashabbus harakati” yoshlar festivalining ochilishi oldidan futbol maydonchasiga kelib, futbol musobaqalariga ramziy start berdi.Foto: Toshkent shahar hokimligi
Marokashlik do‘sti yordami bilan Ispaniyaning Seuta anklavidagi chegara devoriga ko‘tarilmoqda. Bir sutka davomida sakkiz mingga yaqin muhojir Marokash–Ispaniya chegarasini kesib o‘tishga harakat qildi.Foto: Getty Images
Montevideo markazida harbiy diktatura davrida bedarak yo‘qolganlarning fotosuratlari namoyish etildi. Har yili bedarak yo‘qolgan odamlarga bag‘ishlab o‘tkaziladigan Sukunat marshi pandemiya sababli ketma-ket ikkinchi yili to‘xtatildi.Foto: AP Photo
Isroil va HAMAS o‘rtasida 21-may kuni kuchga kirgan sulhdan keyin falastinliklar vayron bo‘lgan uylariga qaytmoqda.Foto: Getty Images
Faxriy qorovul a’zolari Rimda bo‘lib o‘tadigan Butunjahon sog‘liqni saqlash sammiti oldidan Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Leyenning kelishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.Foto: Getty Images
Marvin Gayning “What’s Going On” albomining 50 yilligini nishonlash uchun Universal Music Group buyurtmasiga asosan rassom Dref tomonidan Brikstondagi devorga chizilgan graffiti.Foto: PA
Pekindagi bog‘da Tai Chi mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan qariyalar.Foto: AP Photo
Fevral oyining o‘rtalaridan beri Italiyadagi Etna vulqonining 19-marta otilishi qayd etildi.Foto: Getty Images
Sidneyda Butunjahon meditatsiya kuni nishonlandi.Foto: EPA
Angliya. Sharqiy Sasseksdagi mayoq va portga urilayotgan ulkan to‘lqinlar. Qirg‘oq yaqinida shamol tezligi 26 metr sekunddan oshdi.Foto: Shutterstock
Braziliyadagi COVID-19 bilan kasallanganlar uchun mo‘ljallangan HRAN kasalxonasida Braziliya Filarmoniya orkestrining chiqishlarini tomosha qilayotgan hamshira va uning bemori. Konsert sog‘liqni saqlash xodimlari sharafiga bag‘ishlangan.Foto: AP
Sidneydagi Qirollik botanika bog‘ida Butunjahon meditatsiya kunini nishonlash uchun yig‘ilgan shahar aholisi.Foto: AP Photo
Germaniya Leypsig hayvonot bog‘ida yashayotgan dengiz sheri va bog‘ xodimi.Foto: Getty Images
Venetsiyada 17-Xalqaro me’moriy ko‘rgazmaning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ma’lumot uchun, ushbu ko‘rgazmada O‘zbekiston ham ilk bor “Mahalla: shahar va qishloq hayoti” mavzusidagi milliy pavilyoni bilan ishtirok etadi.Foto: Getty Images
Nyu-Yorkda Buyuk Britaniya sportchisi Markus Mepstid Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridan avval qilichbozlik bo‘yicha mamlakat terma jamoasiga qabul qilinganidan so‘ng buni nishonladi.Foto: Getty Images
Izoh (0)