• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tailandda aholini emlanishga qiziqtirish uchun sigirlar va tilladan foydalanilmoqda, AQSh koronavirus laboratoriyada yaratilgani bo‘yicha dalillarga ega, Yevroittifoq vaksinatsiya sertifikatini kelishib oldi. Koronaxabarlar

    21-may holatiga ko‘ra, butun dunyoda COVID-19’ni yuqtirganlar soni 165 558 841 kishini tashkil qilmoqda. Kasallanganlar soni bo‘yicha yuqori beshlikdan AQSh (33 million), Hindiston (26 million), Braziliya (15,8 million), Fransiya (5,9 million) va Turkiya (5,1 million) o‘rin olgan. Virus oqibatidagi o‘limlar esa 3 431 054 taga teng bo‘lib turibdi.

    Bangkokda itlar COVID-19 bilan kasallanganlarni aniqlashga o‘rgatilmoqda

    Bangkokda itlar COVID-19 bilan kasallanganlarni aniqlashga o‘rgatilmoqda
    Foto: EPA

    AQSh: COVID-19 laboratoriyada yaratilgani borasida jiddiy dalillar bor

    AQSh Vakillar palatasining Razvedka qo‘mitasidagi respublikachilar koronavirus Xitoyda laboratoriya sharoitida kelib chiqqani bo‘yicha “muhim bilvosita dalillar” borligini ma’lum qildi. Qo‘mita a’zolari AQSh hukumatini virusning kelib chiqishi bo‘yicha tadqiqotlar olib borilishi uchun Xitoyga bosim o‘tkazishga chaqirdi.

    “Muhim bilvosita dalillar COVID-19 avj olishiga Uxan virusologiya universitetidan virus sizib chiqishi olib kelgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi jiddiy tashvishlarni uyg‘otmoqda”, — deyiladi ma’ruzada.

    Respublikachilarning qayd etishicha, 2017-yildayoq Xitoydagi amerikalik diplomatlar Uxandagi laboratoriyada zarur xavfsizlik me’yorlariga rioya qilinmasdan xavfli koronaviruslar tadqiqotlari olib borilayotgani haqida xabar qilib turgan. Ma’ruzada aytilishicha, 2019-yilda laboratoriyaning bir nechta xodimlarida COVID-19 oqibatlariga o‘xshagan simptomlar kuzatilgan. Shuningdek, Xitoy harbiylarining Uxandagi institutga aloqasi tilga olingan. Bundan tashqari, virusning tabiiy kelib chiqishi borasidagi dalillar kamligi aytilgan.

    Mavzuga doir: JSST koronavirus kelib chiqishi bo‘yicha o‘z taxminini bayon etdi

    Yevroittifoqda vaksinatsiya sertifikati bo‘yicha kelishuvga erishildi

    Yevroparlament va Yevroittifoq kengashi Yevropa Ittifoqi aholisi uchun vaksinatsiya sertifikatini joriy qilish haqida dastlabki kelishuvga erishdi.

    26-may kuni matn bo‘yicha Yevroparlamentning fuqaro erkinliklari bo‘yicha profilli qo‘mitasi ovoz beradi. Yevroittifoq uchun koronavirus sertifikatlari bo‘yicha kelishuv Yevroparlamentning 7—10-iyun kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan yalpi sessiyasida uzil-kesil tasdiqlanishi rejalashtirilgan.

    Sertifikat raqamli yoki qog‘oz shaklida bo‘lib, odamning vaksina olgani, yaqinda testi manfiy chiqqani yoki infeksiyadan sog‘ayganidan darak beradi. Amalda bu uchta har xil sertifikat bo‘ladi.

    Yevroittifoq mamlakatlari ittifoqning boshqa davlatlarida berilgan sertifikatlarni tan olish yoki olmaslikni mustaqil hal qiladi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlarga onlayn-ma’lumotnomalarni berish boshlandi

    Tailandda aholi COVID-19’ga qarshi emlanishga sigirlar va oltin yordamida jalb qilinmoqda

    Tailand aholisini lotereyalar, do‘konlarga sovg‘a kuponlari va hatto naqd pul yordamida koronavirusga qarshi emlanishga jalb etishga qaror qilindi.

    Tailandning infeksiya tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat eng og‘ir bo‘lgan bir nechta hududlarida shunday aksiyalar o‘tkazilmoqda. Xususan, Chiangmay provinsiyasida emlangan fuqarolar o‘rtasida 318 dollarlik sigirlar lotereyaga qo‘yildi. G‘oliblar haftada bir marta tasodifiy yo‘l bilan aniqlanadi. Bundan tashqari, vaksinatsiya haqidagi sertifikatni taqdim etganlar mahalliy do‘kon va restoranlarda 10 foizlik chegirmaga ega bo‘ladi.

    Kxonken provinsiyasida esa qimmatbaho metallardan yasalgan taqinchoqlar lotereyaga qo‘yildi. Koronavirusga qarshi emlanganlar, xususan, tilla zanjir yutib olishi mumkin.

    Tailand hukumatining tashabbusi allaqachon o‘z samarasini ko‘rsatdi: tumanlardan birining rahbari aytishicha, bir-ikki kunda emlanish uchun ro‘yxatdan o‘tganlar soni o‘n marta oshgan.

    Mavzuga doir: Tailand bosh vaziri majlisda tibbiy niqobsiz qatnashgani uchun jarimaga tortildi

    Shuningdek:
    • Yaponiya hukumati Moderna hamda AstraZeneca kompaniyalarining COVID-19’ga qarshi vaksinalarini rasman ma’qulladi. Mamlakatda immunizatsiya dasturi fevralda boshlangan bo‘lib, o‘shandan buyon Pfizer preparati qo‘llanilayotgan edi. Hozirgacha aholining qariyb 4 foizi emlangan (kamida bitta doza bilan).
    • Parijdagi Eyfel minorasi tashrif buyuruvchilar uchun 16-iyuldan boshlab ochiladi, onlayn chiptalarni 1-iyundan sotib olish mumkin. Tashrifchilar soni kuniga 10 ming kishi bilan cheklanadi. Eyfel minorasi Luvr va Versal bilan birga 2020-yil martida koronavirus tarqalishi xavfi sababli yopilgan edi, ammo minora uch oydan so‘ng qayta ochilib, kuzda yana yopib qo‘yilgandi.
    • Vengriyada koronavirusga qarshi emlanganlar soni 5 million kishidan oshsa, cheklovlar ancha yumshatiladi. Ushbu ko‘rsatkichga kelayotgan dam olish kunlari erishish kutilmoqda. Shundan keyin, xususan, komendantlik soati bekor qilinadi hamda jamoat joylarida niqob taqmaslikka ruxsat beriladi.

    21.05.2021, 20:11   Izoh (0)   19187
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tojikistonda birorta ham COVID-19 bilan kasallanish holati yo‘qligi rasman ma’lum qilindi

    21.05.2021, 19:47

    Fotoreportaj: Marokashdan Ispaniyaga oqib kelayotgan muhojirlar

    21.05.2021, 15:57

    Hindistonda qora zamburug‘ epidemiyasi fonida yanada xavfliroq oq zamburug‘ paydo bo‘ldi

    21.05.2021, 15:10

    Ba’zi vaksinalar mamlakatlarga pandemiyadan tezroq chiqishga yordam bermoqda — Bloomberg

    21.05.2021, 14:45

    Rossiya orqali Yevropaga olib o‘tilayotgan 810 kg giyohvand moddalar musodara qilindi

    21.05.2021, 11:43

    Putin G‘azo sektoridan Rossiya va MDH fuqarolarini evakuatsiya qilishni buyurdi

    21.05.2021, 10:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.