O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab 13-may kuni olingan suratlarni namoyish qilamiz.

Albaniyaning Tirana shahrida Ramazon hayiti namozini o‘qiyotgan musulmonlar.

Foto: Getty Images

Britaniyada 20 yildan beri havzada uy sharoitida yetishtirilayotgan oltin orfe balig‘ini olib ketayotgan qarqara.

Foto: Legion Media

Zangiota tumani “Andalus” jome masjidida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘rinishidagi do‘ppida hayit namozini o‘qiyotgan kishi.

Foto: Facebook / Ziyodulloh Kabir

Yomg‘ir vaqtida Tokiodagi chorrahadan o‘tayotgan ayol.

Foto: AFP

Isroil havo hujumi natijasida bo‘laklari turli yerga sochilayotgan G‘azodagi bino.

Foto: AP Photo

Buxorodagi “Amir Muzaffarxon” masjidida Ramazon hayiti namozini o‘qishga yig‘ilgan musulmonlar.

Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova

Marokashning Tarfaya shahri qirg‘oqlarida syorfing bilan shug‘ullanish uchun kelgan talabalar.

Foto: Reuters

Nyu-York shahrining Manxetten tumanida Isroil—Falastin mojarolari avj olganidan keyin Isroil konsulligi yaqinidagi namoyish paytida Falastin bayrog‘i tasvirlangan yuz niqobini kiyib olib, ushbu davlatni qo‘llab–quvvatlayotgan pravoslav yahudiy.

Foto: Reuters

Qohiradagi “Amr ibn al-As” masjidi yaqinida Ramazon hayiti namozidan keyin bolalar arg‘imchoq uchmoqda.

Foto: Reuters

Kembrijdagi daryo ustidan uchib ketayotgan g‘oz.

Foto: Reuters

Efiopiyaning Addis-Abeba shahrida yosh ayollar Ramazon hayiti namozidan oldin suratga tushmoqda.

Foto: Getty Images

Budapeshtdagi Yevropa chempionati doirasida ochiq havzada suzish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Reuters

Buxarestdagi Ruminiya opera va balet teatri COVID-19 pandemiyasi tufayli joriy qilingan cheklovlar yumshatilgandan so‘ng qayta ochildi.

Foto: AP Photo

Aqqaba shahrida Isroil kuchlari bilan to‘qnashuv paytida o‘ldirilgan falastinlik Roshid Abu Arraning onasi o‘g‘lining jasadi ustida motam tutmoqda.

Foto: Reuters

Gvatemaladan oilasi bilan kelgan muhojir qizaloq Arizona shtatidagi chegara xizmati vakiliga qarab turibdi.

Foto: Getty Images

Kolumbiyada hukumatga qarshi norozilik namoyishlarining uchinchi haftasi davom etayotgan vaqtda davlat bayrog‘i aks ettirilgan libos kiygan namoyishchi yo‘l o‘rtasida turibdi.

Foto: Shutterstock

Suriyaning muxolifat nazorati ostidagi Tah lagerida ikki qochqin qiz hayit bayrami liboslarini namoyish etmoqda.

Foto: Getty Images

Gretsiyalik Stefaniya ismli qo‘shiqchi Rotterdam Ahoy arenasida Eurovision tanlovining ikkinchi yarim finaliga tayyorgarlik paytida qatnashmoqda.

Foto: EPA

G‘azo sektorining shimolida Isroilning havo hujumlari oqibatida vayron bo‘lgan binolar xarobalari atrofida to‘plangan falastinliklar.

Foto: Reuters

Himoya kiyimini kiyib olgan Nepal harbiylari Katmandudagi krematoriyga koronavirus oqibatida vafot etgan odamning jasadini olib bormoqda.

Foto: Reuters

Rossiya musulmonlari boshqarmasi raisi, muftiy Ravil Gaynutdin Moskvada muborak Ramazon hayiti munosabati bilan musulmonlarga murojaat qilmoqda. Avvalroq Moskva hukumati Ramazon hayiti kuni asosiy masjidlarda hayit namozi uchun to‘planishni taqiqlagandi.

Foto: Reuters

Otishma sodir bo‘lgan Qozon shahridagi 175-maktab yonida tashkil qilingan yodgorlik yonidan o‘tib ketayotgan qizcha.

Foto: AP Photo

Sichuan provinsiyasida gullagan chamandagullar ichida video olayotgan xitoylik ayol.

Foto: Getty Images

Musulmonlar Indoneziyaning Surabaya shahridagi masjidda Ramazon hayiti namozini o‘qimoqda.

Foto: Getty Images

Nyu-Yorkdagi Sotheby’s kimoshdi savdosi uyi xodimlari Klod Monening asarini devorga osyapti. Asarning boshlang‘ich narxi 70,3 million dollarga baholanmoqda.

Foto: EPA

Mosuldagi IShID jangarilari vayron qilgan masjidda Ramazon hayiti namozini o‘qish uchun yig‘ilgan iroqliklar.

Foto: Reuters

Argentina poytaxtida kiyimiga farishta qanotini bildiruvchi element yopishtirib olgan hamshira ish sharoitlari yaxshilanishi talab qilinayotgan namoyishda qatnashmoqda.

Foto: Rex