Dunyoning turli burchaklarida 21-may kuni olingan suratlarni namoyish qilamiz.

“Andijon yoshlar forumi — 2021” doirasida Asaka tumanida tashkil etilgan sport musobaqalarida tuman hokimi Mansurbek Alixanov master-klass ko‘rsatdi.

Foto: Asaka tuman hokimligi matbuot xizmati

Sidneyda global isishga qarshi “School Strike 4 Life” norozilik namoyishida qatnashayotgan talabalar. Butun mamlakat miqyosidagi namoyish federal hukumatni soliq to‘lovchilarning pullarini qazilma yoqilg‘isi uchun ishlatishni to‘xtatishga chaqirmoqda.

Foto: EPA

O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev “Toshkent 5 tashabbus harakati” yoshlar festivalining ochilishi oldidan futbol maydonchasiga kelib, futbol musobaqalariga ramziy start berdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Falastinliklar Isroil va HAMAS o‘rtasida sulh tuzilganini nishonlamoqda.

Foto: Getty Images

Marokashlik do‘sti yordami bilan Ispaniyaning Seuta anklavidagi chegara devoriga ko‘tarilmoqda. Bir sutka davomida sakkiz mingga yaqin muhojir Marokash–Ispaniya chegarasini kesib o‘tishga harakat qildi.

Foto: Getty Images

Montevideo markazida harbiy diktatura davrida bedarak yo‘qolganlarning fotosuratlari namoyish etildi. Har yili bedarak yo‘qolgan odamlarga bag‘ishlab o‘tkaziladigan Sukunat marshi pandemiya sababli ketma-ket ikkinchi yili to‘xtatildi.

Foto: AP Photo

Isroil va HAMAS o‘rtasida 21-may kuni kuchga kirgan sulhdan keyin falastinliklar vayron bo‘lgan uylariga qaytmoqda.

Foto: Getty Images

Braziliyaning Anama shahrida Solimoes daryosi toshgani sababli aholi yashash joyini suv bosdi.

Foto: Getty Images

Isroil va HAMAS o‘rtasida sulh kuchga kirdi. Suratda HAMAS a’zolari oldida o‘tirgan g‘azolik bolalar.

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Jo Bayden kelib chiqishi osiyolik bo‘lgan fuqarolarga qarshi jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan qonunni imzoladi.

Foto: AP Photo

Falastinliklar Isroil bilan imzolangan sulhni raketa hujumi oqibatida vayron bo‘lgan bino yaqinida nishonlamoqda.

Foto: Reuters

Faxriy qorovul a’zolari Rimda bo‘lib o‘tadigan Butunjahon sog‘liqni saqlash sammiti oldidan Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Leyenning kelishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: Getty Images

Marvin Gayning “What’s Going On” albomining 50 yilligini nishonlash uchun Universal Music Group buyurtmasiga asosan rassom Dref tomonidan Brikstondagi devorga chizilgan graffiti.

Foto: PA

Pekindagi bog‘da Tai Chi mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan qariyalar.

Foto: AP Photo

Fevral oyining o‘rtalaridan beri Italiyadagi Etna vulqonining 19-marta otilishi qayd etildi.

Foto: Getty Images

Sidneyda Butunjahon meditatsiya kuni nishonlandi.

Foto: EPA

Angliya. Sharqiy Sasseksdagi mayoq va portga urilayotgan ulkan to‘lqinlar. Qirg‘oq yaqinida shamol tezligi 26 metr sekunddan oshdi.

Foto: Shutterstock

Braziliyadagi COVID-19 bilan kasallanganlar uchun mo‘ljallangan HRAN kasalxonasida Braziliya Filarmoniya orkestrining chiqishlarini tomosha qilayotgan hamshira va uning bemori. Konsert sog‘liqni saqlash xodimlari sharafiga bag‘ishlangan.

Foto: AP

Sidneydagi Qirollik botanika bog‘ida Butunjahon meditatsiya kunini nishonlash uchun yig‘ilgan shahar aholisi.

Foto: AP Photo

Germaniya Leypsig hayvonot bog‘ida yashayotgan dengiz sheri va bog‘ xodimi.

Foto: Getty Images

Venetsiyada 17-Xalqaro me’moriy ko‘rgazmaning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ma’lumot uchun, ushbu ko‘rgazmada O‘zbekiston ham ilk bor “Mahalla: shahar va qishloq hayoti” mavzusidagi milliy pavilyoni bilan ishtirok etadi.

Foto: Getty Images

Nyu-Yorkda Buyuk Britaniya sportchisi Markus Mepstid Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridan avval qilichbozlik bo‘yicha mamlakat terma jamoasiga qabul qilinganidan so‘ng buni nishonladi.

Foto: Getty Images