Chirchiqda ikki ayol 2 yoshli farzandini yiqitib yuborgani sabab 5 yoshli bolaning onasi va buvisi bilan janjallashdi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.
Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 17-may kuni soat 19:00 larda 22 yoshli P.N. onasi 43 yoshli N.X. bilan Chirchiq shahar Istiqbol ko‘chasi hududidagi jamoat joyi hisoblangan 67-sonli yotoqxona oldida joylashgan bolalar maydonchasida voyaga yetmagan 2 yoshli farzandini 25 yoshli B.M.ning 5 yoshli farzandi tomonidan itarib yuborib, yiqitganligini vaj qilib, B.M. va onasi B.I.ni haqorat qilib, urib, do‘pposlaganlar.
Natijada B.M. va B.I. Chirchiq shahar tez tibbiy yordam bo‘limiga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan P.N va N.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan avval Moskvadagi kafeda Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergani, Andijonda ikki shaxsga zo‘rlik ishlatib, puli va telefonini olib qo‘ygan ayol ushlangani hamda Navoiyda mast aka-uka restoranda janjal ko‘tarib, ofitsiantning bo‘yniga o‘roq sanchib olgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)