• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jahon banki O‘zbekistonga qariyb 300 mln dollarlik imtiyozli kredit va grant ajratadi

    O‘zbekistonning qator hududlarida suv ta’minoti xizmatlari sektorini rivojlantirish va uni institutsional qo‘llab-quvvatlash maqsadida Jahon banki imtiyozli kredit va grantlar ajratdi, deya xabar bermoqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi.

    Foto: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

    Foto: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

    Qayd etilishicha, 2021-yilning 17-may kuni O‘zbekiston Moliya vazirligida, Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab birinchi ish safari doirasida, 14—18-may kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lgan Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Byorde bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda O‘zbekiston moliya vaziri Timur Ishmetov, moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Omonullo Nasritdinxo‘jayev, moliya vaziri o‘rinbosarlari Odilbek Isoqov, Jamshid Abruyev va boshqa rasmiylar ishtirok etdi.

    Jahon banki delegatsiyasi Jahon banki guruhining (JBG) ijrochi direktori, Jahon bankining ijro etuvchi direktorlar kengashida O‘zbekistonning vakili Katarjina Zaydel-Kurovska, Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchuk, Jahon bankining Ruminiya va Vengriyadagi doimiy vakili, Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi mintaqaviy direktori (2021-yil 1-iyuldan) Tatyana Proskuryakova, shuningdek, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanellidan tarkib topdi.

    Foto: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

    Foto: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

    Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning qator masalalarini, jumladan, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirish, shahar va qishloq infratuzilmasi, suv ta’minoti kabi muhim yo‘nalishlarda Jahon bankining moliyaviy ishtirokidagi loyihalarni muhokama qildi.

    Shuningdek, tomonlar davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish sohasidagi islohotlarning borishi hamda 2020—2025-yillarda O‘zbekiston bank tizimini isloh qilish strategiyasi doirasida davlat ishtirokidagi banklarni isloh qilish jarayoni bo‘yicha tadbirlarni ko‘rib chiqdi.

    Byorde xonimning tashrifi doirasida navbatdagi uchrashuv O‘zbekiston Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida vazir Jamshid Qo‘chqorov bilan bo‘lib o‘tdi.

    Muzokaralarda, shuningdek, moliya vaziri Timur Ishmetov, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov, Markaziy bank boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Botir Zohidov, moliya vaziri o‘rinbosarlari Ahadbek Haydarov va Odilbek Isoqov ishtirok etdi.

    Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston hukumati tomonidan turli xil ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, jumladan, davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni isloh qilish, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari, issiqlik ta’minoti tizimlari modernizatsiyasi, energiya resurslaridan oqilona foydalanish va yer munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni muhokama qildi.

    Tomonlar 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Jahon bankining O‘zbekiston bilan hukumatning mamlakatni keyingi besh yilga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy va rivojlanish rejalariga javob beradigan sheriklik dasturi doirasida ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

    Foto: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

    Foto: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

    Byorde xonim COVID-19 pandemiyasi tufayli boshlangan inqirozga qaramasdan, muhim ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishni davom ettirish uchun O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni olqishladi. U Jahon banki inklyuziv va barqaror bozor iqtisodiyotiga o‘tishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishda mamlakatga moliyaviy va konsultativ yordam ko‘rsatishni davom ettirishini ta’kidladi.

    Jahon banki va O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi muzokaralar yakunida “O‘zbekistonda suv ta’minoti xizmatlari sektorini rivojlantirish va uni institutsional qo‘llab-quvvatlash” loyihasi bo‘yicha moliyaviy va grant bitimlari imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Loyihani amalga oshirish uchun JB tomonidan 239 million AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit, shuningdek, Shveysariya davlat kotibiyatining iqtisodiy masalalar bo‘yicha 7,8 million AQSh dollari miqdoridagi granti ajratiladi.

    Loyiha doirasida O‘zbekistonning uchta hududida 500 mingdan ortiq kishi suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlaridan yanada sifatli foydalana oladi. Qoraqalpog‘istonda Nukus, Taxiatosh va Xo‘jayli shaharlarida kanalizatsiya-tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, Sirdaryo viloyati va Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlari kengaytirilib, rekonstruksiya qilinadi.

    Shuningdek, “O‘zbekistonda milliy innovatsion tizimni modernizatsiya qilish” loyihasi bo‘yicha moliyaviy bitimlar imzolandi. Loyihani amalga oshirish uchun JB tomonidan 50 million AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratiladi.

    Jahon banki tomonidan qo‘llab-quvvatlangan yangi loyiha hukumatga bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga qodir bo‘lgan milliy innovatsion tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Bu ilmiy va innovatsion mahsulotlar va xizmatlarni ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlanmalari va tijoratlashtirish sohasida davlat, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi.

    Bundan avval Yaponiya O‘zbekiston elektr energiyasi sohasi va ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga hissa qo‘shish maqsadida 195 million dollar miqdorida kredit ajratgani, Jahon banki O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga 500 million dollar ajratgani hamda Jahon banki 2021—2022-yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishini prognoz qilgani haqida xabar berilgandi.

    18.05.2021, 08:24   Izoh (0)   10030
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda ikki shaxsga zo‘rlik ishlatib, puli va telefonini olib qo‘ygan ayol ushlandi

    18.05.2021, 08:08

    Farg‘onada suv talashib, tanishini toshbo‘ron qilgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish ochildi

    18.05.2021, 07:28

    Toshkentdagi jaz musiqiy kechasi, “Koinot go‘zali” bo‘lgan dasturchi qiz, asalari uchun ajratilgan 11 milliard dollar. 17-may suratlari

    17.05.2021, 23:58

    Samarqanddagi kanaldan 17 yoshli qizning murdasi chiqqani yuzasidan ma’lumot berildi

    17.05.2021, 23:45

    Dehqonobod saylov komissiyasi: “Tumanda o‘tkazilgan deputatlik saylovi haqqoniy emas deb topildi”

    17.05.2021, 23:38

    Qashqadaryoga onkologik kasalliklarni davolash uchun 4,7 mln dollarlik zamonaviy nur berish uskunasi olib kelindi

    17.05.2021, 23:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.