“Manchester Siti” Angliya Premyer Ligasining 2020/21-yilgi mavsumi g‘olibiga aylandi.
“Shaharliklar” hujumchisi Serxio Aguero jamoa safida 15-sovrinini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa argentinalik futbolchi klub tarixidagi eng sovrindor futbolchiga aylandi.
Bu borada 32 yoshli futbolchi David Silvaning rekordini (14 ta sovrin) yangiladi.
Aguero “Manchester Siti” bilan besh marta APL, bir marta Angliya Kubogi, olti bor Liga Kubogi va uch marta mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Aguero Premyer Liga joriy mavsumida 11 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)