Yaqin Sharq may oyi o‘rtalarida Falastin-Isroil mojarosining 2014-yildan keyingi eng avj pallasini boshdan kechirdi. Quddusning al-Aqso masjidida Isroil politsiyasi va falastinliklar o‘rtasidagi to‘qnashuvlardan so‘ng G‘azo sektorini nazorat qiluvchi HAMAS guruhi Isroil hududiga raketa hujumlarini boshladi. Bunga javoban Isroil harbiy havo kuchlari Falastin hududlariga aviazarbalar yo‘lladi. Mazkur hujumlar oqibatida 12-may holatiga ko‘ra, 40 kishi — G‘azoda 35, Isroilda besh kishi halok bo‘ldi.

G‘azo sektorida vayron bo‘lgan uy

Foto: AFP

Xavfsizlik xodimi Tel-Aviv atrofidagi raketa tushgan uyni ko‘zdan kechirmoqda

Foto: AFP

G‘azodan otilgan raketa tufayli zarar ko‘rgan do‘kon va uning egasi

Foto: AFP

Avtobus G‘azo sektoridan otilgan raketaga uchrab, butunlay yonib ketdi.

Foto: LETA

G‘azo aholisi Isroil havo hujumidan zarar ko‘rgan uyni ko‘zdan kechirmoqda

Foto: AFP

Qutqaruvchilar G‘azodagi uylardan birida yashovchi fuqaroni evakuatsiya qilmoqda

Foto: AP Photo

Falastinlik ayollar Isroil aviazarbasidan vayron bo‘lgan binoda

Foto: AFP

G‘azodagi ag‘darilib ketgan mashina

Foto: Reuters

HAMASning Ashkelon shahriga yo‘llagan raketa zarbasi oqibatlari

Foto: AFP