• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    O‘zining “xudo” ekanini anglagan va qonuniy ravishda ov miltig‘i sotib olgan “og‘ir-bosiq” talaba. Qozondagi maktabga hujum va hujumchining o‘zi haqida batafsil

    Rossiya tarkibiga kiruvchi Tatariston Respublikasi poytaxti — Qozon shahridagi 175-sonli gimnaziyaga 11-may kuni uyushtirilgan hujumda, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Yana 20 dan ortiq odam jabrlandi, ularning sakkiz nafari og‘ir ahvolda. Yaralanganlarning 18 nafari — 15 yoshga ham to‘lmagan, ulardan olti nafari juda og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. 13 jabrlanuvchi o‘rtacha og‘ir ahvolda. Hujum qilgan shaxs — 11-may kuni maktabga kirib, o‘t ochgan Ilnaz Galyaviyev — yakka tarzda harakat qilgan, ammo hujumdan keyingi dastlabki soatlarda bir yo‘la bir nechta nashr manbalari hujumda ikki kishi qatnashganini yozgandi. Keyinroq bu ma’lumot Tatariston rahbariyati tomonidan rasman inkor  qilindi.

    Baza ma’lumotlarga qaraganda, Galyaviyevning asosiy nishoni 8 “A” sinf bo‘ldi — halok bo‘lgan bolalarning ko‘pchiligi shu sinfda o‘qigan. Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar orasida, dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, katta sinf o‘quvchilari yo‘q. O‘rta va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari jabrlangan, o‘ninchi sinf o‘quvchilari bu paytda harbiy mashg‘ulotlar uchun to‘plangan. Hujum chog‘ida 25 yoshli ingliz tili o‘qituvchisi Elvira Ignatyeva halok bo‘ldi. U beshinchi sinflarga dars o‘tayotgan edi, o‘q ovozini eshitib, sinf xonasidan chiqqan.

    Ilnaz Galyaviyev 19 yoshda, u 175-sonli gimnaziya bitiruvchisi. Aprel oyida u darslarga kelmay qo‘ygach, kollejdan haydalgan. To‘rt yil avval Galyaviyev gimnaziyani bitirib, Qozondagi TISBI (Tatariston biznesga ko‘maklashish instituti) kollejiga o‘qishga kirgan. U yerda to‘rtinchi kursgacha o‘qigan, ammo 2021-yil aprelida akademik qarzdorlik tufayli o‘qishdan haydalgan. O‘qish vaqtida Galyaviyev o‘zini kursdoshlari va o‘qituvchilariga hurmat bilan munosabatda bo‘lgan “vazmin va nizoga bormaydigan talaba” sifatida ko‘rsatgan. Biroq 2020-yil yanvarida u o‘qishda ko‘rinmay qolgan, bir nechta imtihonlarga kelmagan, shundan keyin o‘qishdan haydalgan.

    Galyaviyev yaqinda o‘zining “xudo” ekanini anglab yetgani va “barchadan nafratlanish”ni boshlaganini aytgan. 2021-yil mayida u Telegram-kanal ochib, “dunyoda jonzotlar qolmasligi kerakligi, bu borliqning xatosi ekani” haqida yozgan. Xuddi shu kanalda otishmadan bir necha soat avval u “juda katta miqdordagi biochiqindini yo‘q qilishi”, shundan keyin o‘z joniga qasd qilishi haqida yozgan. Qo‘lga olinganidan keyin, birinchi so‘roq paytida Galyaviyev 2020-yil yozida o‘zida “maxluq uyg‘onishni boshlagani” va “hammadan yanada ko‘proq nafratlanishni” boshlaganini aytdi. Ikki oy avval esa Galyaviyev, o‘zining so‘zlariga ko‘ra, o‘zining “xudo” ekanini anglab yetgan va hatto bu haqda o‘z onasiga ham so‘zlab bergan. Ayni vaqtda uning otasi o‘g‘lining oxirgi vaqtlarda o‘zini odatiy tarzda tutgani, hech qanday salbiy fikrlar va kayfiyatlarni namoyon qilmaganini bildirdi.

    Ilnaz Galyaviyev maktabga Hatsan ESCORT turk ov miltig‘i bilan keldi — 2018-yilda Kerch kollejida 20 kishini o‘ldirgan Vladislav Roslyakov ham xuddi shu miltiq bilan qurollangan edi. Galyaviyev qurol uchun ruxsatnomani 28-aprel kuni, maktabdagi otishmadan ikki haftacha avval olgan.

    Ov miltig‘i Yoshkar-Ola shahrida (Mariy El Respublikasi poytaxti) sotib olingan, Mash hatto qurol do‘konidagi kuzatuv kamerasi kadrlarini ham keltirib o‘tdi. Galyaviyev qurolni qonuniy tarzda sotib olganini “Rosgvardiya” tasdiqladi. Otishmadan keyin bir necha soat ichida Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rosgvardiya” rahbariga “otishma sodir etgan shaxs qo‘llagan qurol turini hisobga olgan holda” fuqarolarning foydalanishiga ruxsat berilgan qurol turlari haqida yangi nizom ishlab chiqishni topshirdi.

    Galyaviyev qo‘lida qurol bilan hech qanday to‘siqsiz maktabgacha borgan. O‘quv muassasasida qo‘riqchilar bo‘lmagan, ammo xodimlar trevoga tugmasini bosishga ulgurgan. Kuzatuv kamerasidan olingan kadrlarga ko‘ra, yuzini qora niqob bilan to‘sib, qo‘lida ov miltig‘ini ushlab olgan Galyaviyev maktabga ochiqdan-ochiq kirib kelgan. Muassasada qo‘riqchilar bo‘lmagan: mahalliy “Sfinks Patrul” xususiy qo‘riqlov tashkiloti direktori Jaudat Xayrullin ma’lum qilishicha, maktab to‘lovni hadeb kechiktiravergan, korxona u bilan ishlamay qo‘yganidan keyin, so‘nggi bir necha yillardan buyon gimnaziya qo‘riqlanmay kelgan. Mash yozishicha, gimnaziya koronavirus pandemiyasi davrida, ushbu xizmat turi narxi oshib ketganidan so‘ng qo‘riqlov xizmatidan voz kechgan. Qozon meriyasi aniqlik kiritishicha, o‘quv muassasasi shtatida “qorovul ayol” bor, shuningdek, maktabda trevoga tugmasi o‘rnatilgan. Tatariston prezidenti ma’muriyatida ma’lum qilishlaricha, hujum chog‘ida binoga kirish qismida turgan ikki nafar maktab xodimi yaralangan, ammo trevoga tugmasini bosishga ulgurgan, shuningdek, hujumchiga “to‘sqinlik qilishni boshlagan”. “Bu juda ko‘p hayotlarni saqlab qoldi”, — dedi Tatariston prezidenti matbuot xizmati rahbari Liliya Galimova.

    Keyinroq Rossiya Ta’lim vazirligi hududlarga maktab va bog‘chalarda xavfsizlik choralarini kuchaytirishni tavsiya qildi.

    Mavzuga doir:

    • Rossiyaning Qozon shahridagi maktabda otishma oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi. Tataristonda 12-may motam kuni deb e’lon qilindi (foto va video)
    • Qozon maktabidagi otishmadan keyin Putin qurolga egalik qilish qoidalarini kuchaytirishni buyurdi
    • Qrimdagi texnologiya texnikumida yuz bergan portlashda 10 kishi halok bo‘ldi

    12.05.2021, 11:11   Izoh (0)   77067
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Virusologlar Hindistonda COVID-19’dan tuzalganlarda uchrayotgan “qora zamburug‘” kasalligi xavfini baholadi

    12.05.2021, 07:48

    Rossiya TIV ruminiyalik diplomatning mamlakatdan chiqarib yuborilishini ma’lum qildi

    12.05.2021, 06:36

    Bolgariya prezidenti parlamentni tarqatib yubordi va yangi saylovlar o‘tkaziladigan kunni belgiladi

    11.05.2021, 23:09

    Xitoyda talonchilar o‘yinchoq to‘pponcha bilan 25,7 million dollar o‘marmoqchi bo‘ldi

    11.05.2021, 21:40

    Ozarbayjon prezidenti Qorabog‘dagi mojaro hal qilingani va bu masalaga qaytish befoydaligini aytdi

    11.05.2021, 20:23

    Afg‘onistondagi voqealar munosabati bilan Tojikiston prezidenti chegaralar mudofaasini kuchaytirishni buyurdi

    11.05.2021, 18:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qator hududlarida issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 00:13

    Indoneziya prezidentining mushugi shaxsiy qo‘riqchiga ega bo‘ldi

    Dunyo | 22 iyul, 00:00

    O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 23:44

    Isroil 25 davlatning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

    Dunyo | 21 iyul, 23:16

    Qirg‘izistonda SIM kartalarni uchinchi shaxsga berish va sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Dunyo | 21 iyul, 22:56

    O‘zbekistonda “oltmishvoy” va “yetmishvoy”lar tug‘ilishi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.