Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 35-turida “Arsenal” 9-may, yakshanba kuni “Vest Bromvich”ni mehmon qildi.
Uchrashuv 3:1 hisobida “to‘pchilar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Emil Smit Rou 29-daqiqada hisobni ochdi. 35-daqiqaga kelib Nikolya Pepe hisobni oshirdi. Bu gollarga mehmonlar 67-daqiqada Mateus Pereyraning goli bilan javob qaytargandi. Ammo asosiy vaqtning so‘ngida Villian “to‘pchilar”ning uchinchi golini urib, jamoasining ishonchli g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa “Arsenal” o‘z maydonida kechgan bahsda g‘alabaga erishib, musobaqa jadvalidagi ahvolini biroz bo‘lsa-da yaxshilab oldi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Arsenal” 52 ochko bilan 9-o‘ringa ko‘tarildi. “Vest Bromvich” esa 26 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda.
“Vulverhempton” o‘z maydonida “Brayton”ni mag‘lub etdi. “Everton” esa Dominik Kelvert-Lyuin yagona goli evaziga “Vest Hem”dan ustun keldi.
35-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:
APL
35-tur bahslari
9-may, yakshanba
“Arsenal” – “Vest Bromvich” 3:1
Gollar: 1:0 – 29 Smit Rou, 2:0 – 35 Pepe, 2:1 – 67 Mateus Pereyra, 3:1 – 90 Villian.“Arsenal”: Leno, Holding, Chembers, Gabriel, Pepe, Smit Rou (Tirni, 63), Villian, en-Nenni, Martinelli (Lyakazett, 60), Sebalyos (Parti, 76), Saka.
“Vest Bromvich”: Jonston, Bartli, Ferlong, Ajayi, Taunsend, Fillips, Gallaxer, Robinson (Diangana, 68), Yokushlu, Mateus Pereyra, Dian (Robson-Kanu, 56).
Ogohlantirishlar: Robson-Kanu (62), Sebalyos (70), Gallaxer (76).
Izoh (0)