Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Qozog‘iston Premyer Ligasi 10-turi doirasida “Aqto‘be” 9-may, yakshanba kuni safarda “Jetisu” bilan bahs yuritdi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Bellashuv “Aqtobe”ning yirik 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Aqto‘beliklar safida to‘p suradigan o‘zbekistonlik hujumchi Igor Sergeyev mazkur bahsda het-trikka erishdi. Igor dastlabki golini birinchi bo‘limda, hisob 1:1 bo‘lib turgan vaqtda kiritdi va jamoasini oldinga olib chiqdi. Keyingi ikki gol esa 71 va 74-daqiqalarga to‘g‘ri keldi. E’tiborlisi, 28 yoshli futbolchi har uchala golini boshi bilan urdi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Aqtobe”ning ochkolari soni 12 taga yetdi va 10-o‘ringa ko‘tarildi. “Jetisu” esa 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Qozog‘iston chempionati

10-tur bahsi

9-may, yakshanba

“Jetisu” — “Aqto‘be” 1:5

Gollar: 1:0 — 7 Ataxanov, 1:1 — 10 Pertsux, 1:2 — 31 Sergeyev, 1:3 — 62 Dubayich, 1:4 — 71 Sergeyev, 1:5 — 74 Sergeyev.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ekologik ofat”: Kaxovka GES portlashining beshta dahshatli oqibati
Kino
“Odamlarga insoniyatni qirib yuboruvchi kometadan qaysidir mashhur xonandaning ishqiy munosabati qiziqroq…” — “Tepaga qaramang” filmi haqida
Dunyo
Shimoliy Koreyada o‘z joniga qasd qiluvchilar soni ko‘paymoqda