Futbol bo‘yicha Qozog‘iston Premyer Ligasi 10-turi doirasida “Aqto‘be” 9-may, yakshanba kuni safarda “Jetisu” bilan bahs yuritdi.
Bellashuv “Aqtobe”ning yirik 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Aqto‘beliklar safida to‘p suradigan o‘zbekistonlik hujumchi Igor Sergeyev mazkur bahsda het-trikka erishdi. Igor dastlabki golini birinchi bo‘limda, hisob 1:1 bo‘lib turgan vaqtda kiritdi va jamoasini oldinga olib chiqdi. Keyingi ikki gol esa 71 va 74-daqiqalarga to‘g‘ri keldi. E’tiborlisi, 28 yoshli futbolchi har uchala golini boshi bilan urdi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Aqtobe”ning ochkolari soni 12 taga yetdi va 10-o‘ringa ko‘tarildi. “Jetisu” esa 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Qozog‘iston chempionati
10-tur bahsi
9-may, yakshanba
Izoh (0)