O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi (“O‘zgidromet”) rahbariga ikki o‘rinbosar tayinlandi, deb xabar qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Ushbu lavozimlarga Ibratjon Karimov va Firuz Safarov tayinlandi.
“Gazeta.uz”ning xabar qilishicha, Ibratjon Karimov ilgari Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Firuz Safarov aprel oyida “O‘zgidromet”ning modernizatsiya va innovatsiyalarni amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.
Bundan avval Toshkent viloyati hokimiga, Andijon viloyati hokimiga, Navoiy viloyati hokimiga, Qashqadaryo hokimiga hamda Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)