Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

To‘lqin Otamurodov Navoiy viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati

To‘lqin Otamurodov 2002-yilda Toshkent moliya instituti, 2005-yilda esa Bank-moliya akademiyasini hamda 2015-yilda Sun Yat-Sen universitetini (Xitoy) tamomlagan.

Mazkur lavozimga qadar u “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Avvalroq Sa’dulla Mirzayev Navoiy viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

Bunga qadar Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovga yangi o‘rinbosar, Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayevga birinchi o‘rinbosar hamda O‘zbekiston turizm va sport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi