Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qashqadaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Azamat Avazov G‘iyosovich tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Azamat Avazov 1986-yil Koson tumanida tug‘ilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Malayziyaning Lincoln University magistraturasini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 2012-yilda Birlashgan Arab Amirliklaridagi “Salesman” firmasidan boshlab, yangi lavozimga tayinlangunga qadar viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shuningdek, Ravshanov Rinat Meyliyevich viloyat hokimligi yuridik xizmati bosh yuriskonsulti lavozimiga tayinlandi. U bungacha “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Qarshi mintaqaviy temiryo‘l uzeliga qarashli vagon deposi huquqshunosi vazifasida ishlab kelgan.

Bundan avval Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayevga birinchi o‘rinbosar tayinlangani, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovga yangi o‘rinbosar tayinlangani hamda O‘zbekiston turizm va sport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi