• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 80 mingga yaqin kishi koronavirusga qarshi emlandi

    O‘zbekiston hududlari bo‘ylab 30-aprel kuni jami 79 310 kishi COVID-19’ga qarshi emlandi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Bu vaksinatsiya boshlangandan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

    Shu tariqa ayni kungacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 797 781 nafarga yetdi.

    30-aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni

    • Farg‘ona viloyati (12 685 nafar),
    • Andijon viloyati (10 026 nafar),
    • Namangan viloyati (9397 nafar),
    • Samarqand viloyati (7779 nafar) band qildi.
    Ta’kidlanishicha, hozirga qadar jami emlanganlar soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkich Farg‘ona viloyatida (117 843 nafar) qayd etilgan. Namangan viloyatida bu ko‘rsatkich 84 874 nafarni, Andijon viloyatida esa 82 262 nafarni tashkil qilmoqda.

    Mavzuga doir: Toshkentda “Sputnik V” bilan emlanayotgan aholi uning haqiqatda Rossiya vaksinasi ekaniga shubha bildirmoqda

    Vaksinatsiyaning ilk oyida qancha o‘zbekistonlik koronavirusga qarshi emlandi?

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash 1-apreldan boshlandi. Xususan:

    • Mamlakat bo‘ylab 3 138 ta emlash punktlari va 862 ta harakatdagi tibbiy brigadalar shay holatga keltirildi.
    • Hududlarga vaksinalarni tashish uchun COVAX dasturi doirasida 17 ta avtorefrijerator, 206 ta yuk tashuvchi miniven va 16 ta yengil avtotransport vositalari olib kelindi.
    • Emlash jarayonlari uchun 4 ming nafardan ortiq shifokor va 11 ming nafardan ortiq o‘rta tibbiyot xodimi jalb qilindi.
    • Vaksinatsiya jarayonlari uchun ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 1 million dozalik va AstraZeneca vaksinasining 660 ming dozalik zaxirasi shakllantirildi.
    Dastlabki rejaga ko‘ra, aprel oyi davomida Toshkent va Nukus shahri hamda viloyat markazlaridagi 219 ta emlash punktlarida birinchi navbatda 65 yoshdan kattalar va koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori bo‘lgan tibbiyot xodimlarini ixtiyoriy tarzda emlash ko‘zda tutilgan edi.

    Vaksinatsiyaning ilk kunida 5018 nafar o‘zbekistonlik koronavirusga qarshi himoyalangan. Ularning 1871 nafari 65 yosh va undan oshgan aholi qatlami bo‘lsa, 3147 nafari tibbiyot xodimi edi. Vaksinatsiyaning birinchi o‘n kunligida 148 ming nafardan oshiq aholi emlangan bo‘lsa, ikkinchi o‘n kunlik yakunida 458 ming nafardan ortiq aholi emlangan.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda 1-maydan vaksinatsiyaning ikkinchi bosqichi boshlanadi. Jamoat transporti xodimlari, jurnalist va muhojirlar emlanadi

    Bir oy davomida qaysi hududda qancha aholi emlandi?

    O‘zbekistonda emlash jarayonlari boshlanganda

    • birinchi galda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahri va boshqa katta shaharlarda ommaviy emlash tadbirlarini amalga oshirish,
    • keyinchalik tuman markazlari va kichik shaharlar aholisini ommaviy emlash tadbirlarini amalga oshirish,
    • undan so‘ng esa boshqa hududlarni ommaviy emlash tadbirlari bilan qamrab olish ko‘zda tutilgandi.
    Keyinchalik emlanishi rejalashtirilgan xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamida koronavirusga qarshi ertaroq emlanishga xohish paydo bo‘lsa, emlash punktlariga murojaat qilishlari va belgilangan kunda kelib emlanishlari belgilangan edi.

    Ushbu reja asosida aprel oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahri va boshqa katta shaharlarda faqatgina 65 yosh va undan oshgan fuqarolar va tibbiyot xodimlari ommaviy emlash tadbirlariga jalb qilingan bo‘lsa, keyinchalik tuman markazlari va kichik shaharlarda yashovchi aholi ham emlashga jalb etildi.

    27-aprel kunidan boshlab xavf osti guruhiga kiritilgan yana uchta aholi qatlami (maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlar, surunkali kasalligi borlar) ham emlana boshlandi. Vaksinatsiyaning ilk kunida kunlik hisobda Toshkent shahridan 1651 nafar fuqaro emlanib, hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan bo‘lsa, keyinchalik vaksina olish bo‘yicha mutlaq yetakchilikni Farg‘ona viloyati egalladi.

    Jumladan, 12-aprelda bir kunning o‘zida Farg‘onada 18 ming nafardan ortiq fuqaro emlanib, kunlik ko‘rsatkichlar bo‘yicha rekord qayd etildi.

    Vaksinatsiyaning ikkinchi o‘n kunligida Farg‘ona, Namangan, Andijon va Samarqand viloyatlarida emlanish ko‘rsatkichi 40 ming nafardan oshgan edi. Ulardan keyingi o‘rinlarni Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari egallab kelmoqda.

    Aprel oyi yakuniga kelib, Farg‘ona viloyatida hududlar orasida birinchi bo‘lib 100 ming nafardan ortiq aholi emlanib, yana bir rekord qayd etildi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayoni fuqarolarda xohish yo‘qligi, vaksinaga ishonch kamligi sabab sust ketmoqda — bosh vazir o‘rinbosari

    01.05.2021, 16:18   Izoh (0)   17599
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mustaqillik maydonidagi deyarli 2 yil ishlamagan favvoraning qayta ishga tushirilishi — suratlarda

    01.05.2021, 15:38

    “Tannarxi oshgan bo‘lsa-da, ushbu mahsulotlar tanqisligi kuzatilmayapti”. Shakar va o‘simlik yog‘i narxlari nima sababdan oshayotganiga izoh berildi

    01.05.2021, 15:16

    “Bizga, iqtisodiyotimizga katta to‘siq — bank bilan soliq” — Shavkat Mirziyoyev

    01.05.2021, 14:17

    Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti bilan yana bir bor telefonda suhbatlashib, Tojikiston bilan chegaradagi vaziyatni muhokama qildi

    01.05.2021, 13:12

    Bo‘stonliqda 10 gektar yerni qariyb 2 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

    01.05.2021, 12:33

    “Butun dunyoda iqtisodiyot bo‘yicha vaziyat og‘ir. Hech kimga oson bo‘layotgani yo‘q” — Shavkat Mirziyoyev

    01.05.2021, 12:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Sistit — bu uyat emas!

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 1 iyun, 23:35

    Rossiya Kubogi. “SSKA” superfinalda “Rostov”ni yengib, bosh sovringa ega chiqdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 iyun, 22:48

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    Dunyo | 1 iyun, 22:45

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.