Otabek Choriyev investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Tayinlovga qadar u Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 9-aprelida Baxtiyor Rahimov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlangandi. shu yilning 15-martida Xurram Teshaboyev investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari – Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktori lavozimiga tayinlangandi.
Undan avval, 2020-yilning martida Aziz Voitov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Izoh (0)