• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qoch! Qoch! Suv kelyapti!” Buxorodagi tabiiy ofat va undan keyingi “suv toshqini”ga bir yil bo‘ldi

    Bundan roppa-rosa bir yil avval — 28-aprelga o‘tar kechasi Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlariga Turkmaniston hududidan kirib kelgan kuchli shamol yopirilib, elektr ta’minotida uzilish bo‘lgandi. Birgina Buxoroda 40 dan ortiq kishi tan jarohati olib, hatto o‘lim holati ham kuzatilgan, 38 mingdan ziyod xonadon zarar ko‘rib, to‘rt viloyatning salkam 140 ming xonadoni gazsiz qolgandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tabiiy ofatdan Buxoroning Olot va Qorako‘l tumanlari ko‘proq jabr ko‘rgan, tashqi dunyodan uzilib qolgan aholi orasida vahima, tahlika va asossiz mish-mishlar ham tarqalgandi. Bo‘ron talafotlari ichida yurib, qishloqdoshlarining bor iztirobi, tashvish va dardini ko‘rgan, o‘zi ham ofat jabrini tortgan “Daryo” jurnalisti Feruz Muhammad bir yil avvalgi xotiralarini eslaydi:

    — Bu dahshatni uning ichida bo‘lmagan odamga tushuntirish juda qiyin. Karantin avjiga chiqqan kunlarning har doimgi tuni edi. 2020-yil 27-aprel, taxminan, soat 21:00. Ovqatlanib bo‘lgach, ota-onam o‘z xonalariga, men, kichik singlim va ayolim oshxonada qoldik. To‘satdan kuchli shamol boshlandi. Yer qimirlayapti-yu, go‘yo yomg‘ir, do‘l va bo‘ron bir vaqtda baravar kelib qolganga o‘xshaydi. Xayolimda oshxonamiz osmonga uchib ketadigandek edi. Qo‘rqdim. Dadamning xonasi bilan oshxona o‘rtasi 20—30 qadam. Bu masofaga na biz bora olamiz, na ular. Qum bo‘roniyam bo‘ldi-yov. Uyimizning tomi qisirladi, nimalardir singani, derazalar g‘ichirlagani eshitilardi-yu, hech nimani ko‘rib bo‘lmasdi. Elektr talafot boshlanganidayoq o‘chib bo‘lgandi.

    Foto: “Daryo”

    Dahshat bir soatcha davom etdi. Kuchli shamol tingach, tashqariga chiqdik, adashmasam, yomg‘ir hali ham tinmagandi. Hovlidagi bor narsa har qayoqqa uchgan, tandirxonamizning shiferlari yo‘q, qo‘shnimizning shiferlari bizning hovlida, hamma joyda betartiblik hukmron edi.

    Foto: “Daryo”

    Qorako‘l tuman dehqon bozori.

    Qorako‘l tuman dehqon bozori.
    Foto: “Daryo”

    Amakim Rossiyada ishlaydilar. O‘zi oilamizning deyarli hamma a’zosi, qo‘ni-qo‘shni, urug‘-aymoqning bari Rossiyada ishlagan yoki ishlaydi. (Faqat Rossiyadan ikki qarindoshimizning jonsiz tanasi kelganini hisobga olmaganda, hammasi joyida. Ishsizlik va muhojirlik biz taraflarda juda og‘riqli nuqta. Bu haqda o‘ylasam, xo‘rligim keladi).

    Xullas, amakim ko‘p yillardan beri Rossiyadan kelmaydi. Qo‘li gul usta. Ofat ularning, adashmasam, 500 tacha shiferini chil-chil sindirib, g‘ijimlangan qog‘ozga o‘xshatib qo‘ygandi. Ichida 30—40 donasigina butun qolgan, hovlida uzumga mo‘ljallangan trubalar go‘yo qayrilgan qo‘ldek bukilib turardi. Amakim, yangam va bolalari juda siqilishdi. O‘shanda ularning ko‘ziga qarayman degan odamda yurak o‘rnida tosh bo‘lgani ma’qulroq edi. Necha yillab Rossiyada mardikorlik qilib qurilgan imorat bir kechada, bir soatda yer bilan bitta bo‘lgandi.

    Singan yog‘och, shifer bo‘laklarini yig‘ishtirish uchun amakimning hovlisiga bordik. Amakim xayollari parishon, nima deyayotganimizni anglolmaydigan darajada o‘zida emasdi.

    Tushdan keyin amakim tomdagi hasharchilarga xavotir aralash: “Tushinglar! Uyingizga boring. Suv bostirib kelayotganmish, borib oilangizga qarang”, dedi.

    — Nima?! Suv? Qayerdan kelayotgan ekan? — deb so‘radim.

    — Olot tarafdan...

    Foto: “Daryo”

    Amakimning uyi yo‘l yoqasida joylashgandi. Tezda yo‘lga chiqdim. Atrofimda hamma: “Qoch! Qoch! Suv kelyapti, qochinglar!”, deb halloslab yuguryapti. Hayronman, boshim gangigan. Birov nima gapligini tushuntirmaydi, aniq gap aytmaydi. Olot tumanida uch yil o‘qiganman. U tuman ham Qorako‘ldek cho‘l hudud.

    Ochig‘i, suv biz taraflarda yechib bo‘lmas, chigal muammo bo‘lardiki, 7—8-sinfdaligimda 10 sotix ham kelmaydigan yerni bir haftalab sug‘orolmasdim. Qishloqdoshlar suvga navbat olib, dahanaki jang qilgani, urishganini ko‘p ko‘rganman. Azob, nihoyasiz azob. Xullas, Olotni bosa oladigan suv yo‘qligiga aqlim yetardi.

    Foto: “Daryo”

    Vahima shunday tuyg‘u ekanki, aqlingiz, yuragingiz, butun vujudingiz qo‘rquvning ixtiyorida qolar ekan. Boshqalardek vahimaga tushdim. Elektr yo‘qligidan kimgadir telefon qilib, vaziyat qandayligini bilolmasdim. Aloqa umuman uzilgandi.

    Yangam mashinaga non, suv g‘amlayotganlarini ko‘rib, “Bular nimaga kerak desam?”, “Qirga chiqib ketamiz, u yerda kerak bo‘ladi”, dedilar. Xullas, mol-mulkidan qaysidir darajada ayrilgan odamlar endi hammasini tashlab, jonini saqlash harakatida edi.

    Foto: “Daryo”

    Qorako‘l tumanidagi yo‘llarda bunday tirbandlikni ko‘rmaganman. Qir yo‘lidagi tiqilinchni tasavvurimga sig‘dirolmayman. Mashinalar signali, yig‘i-sig‘i, baqirgan, noligan, so‘kingan ovozlar...

    Zamonbobo qiriga yetdik. Onam uzatilgan katta singlimni, ayolim onasi, akasi va jiyanlarini o‘ylab siqila boshladi. O‘shanda singlim va ayolim homilador edi. Nimalarni o‘ylaganim, tushkunligim zo‘rini tushuntirolmayman. Qalban besh-o‘n yilga qariganim aniq.

    Eng qizig‘i, qishlog‘imizda ishlamagan telefon qirda ishlab ketdi. Avval Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, keyin Buxoro viloyat FVBga, undan so‘ng tumanimiznikiga bog‘landim. Biror tashkilot suv bostirib kelayotgani haqidagi ma’lumotni tasdiqlamadi. “Daryo”dagilarga aloqaga chiqib, shunday ma’lumot e’lon qilindimi-yo‘qmi deb so‘radim. Ular ham bu ma’lumotni faqat mendan eshitishayotganini aytishdi. Eshitganlarimni qirdagilarga yetkazdim, xavotirlarimiz sal tarqadi. Xiyol o‘tib, “Hokimiyat vakiliman, suv kelayotgani yolg‘on!”, deb kimdir ma’lumot berdi. Atrofdagilar achchiqlanib: “Nega qirga shuncha odam qochib chiqqunicha bu gap aytilmadi!” deb so‘rashdi.

    Foto: “Daryo”

    O‘shanda Qorako‘lda rahbarman degan odamdan — tuman hokimidan mahalla raisigacha — hammadan qattiq ranjidim. Keksalar, homiladorlar, yosh bolalilar, nogiron-u kasalmandlar bir kunda ikki marta dahshatda qoldi. Bemor yotgan otasi yoki onasini tashlab ketolmay, “suv bostirib kelyapti”, degan xayol bilan arosatda o‘tirganlar qancha?! Shunday vaziyatda nima uchun xalqning oldiga chiqishmadi ekan, deyman. Hatto, voqealar o‘tgach, nomiga bo‘lsa ham xalqdan uzr so‘ralmadi.

    Eng yomoni, suv bostirib kelyapti, degan yolg‘on xabar faqatgina bizning Mallayishayx qishlog‘imizda emas, butun tumanimizda tarqalgan ekan. Masalan, qaynotamning uyi tumanimiz markazida — Xo‘jalar qishlog‘ida joylashgan, katta singlim Kuybesh qishlog‘ida turadi (uyimizdan 2—3 km masofa uzoq, xolos), ammamning xonadoni Egamberdi Rahimberdi qishlog‘ida bo‘lib, ularning bari bir holatni — balandroq joyga qochishnigina o‘ylagan ekan.

    Suv kelmayotganini eshitganlarning ba’zisi uyiga ketdi, boshqasi qoldi. Kimdir qo‘y-qo‘zisi, non-suvini, kimdir pullari-yu tillalarini olib kelibdi. Katta singlim oilasi bilan boshqa qirga qochgan ekan. Aytishicha, suv kelmayotganini eshitgan bir odam molini o‘sha joyning o‘zida qurbonlik qilibdi.

    Foto: “Daryo”

    Ammam Saodat Mamatova ham ko‘rganlarini so‘zlab berdi:

    Qishlog‘imizdagilarning bir qismi Fozilbobo qiriga, bir qismi Chiburdon bobo qiriga qochishdi. Boshqa joylarga qochganlar ham bo‘ldi. Yo‘lda ‘ Suv kelmayapti, qochmanglar, to‘xtanglar!’, degan ikki kishi, adashmasam, Milliy gvardiya xodimi edi. Lekin ko‘rpa-to‘shagi, un-yog‘, suvi bilan qochayotgan yuzlab odamni ikki kishigina to‘xtatib qololmasdi. Fozilbobo qirida kechqurun 11 largacha qoldik. Suv bostirmaganini ko‘rib, sekin qishloqqa tushdik. Vahimasi tarqamaganlarning ba’zisi ertalabgacha o‘sha yerda qolaverdi. Tarqalgan xabar yolg‘onligini tasdiqlab, qirga hech kim kelmadi. Balki boshqa joylarga borishgandir. Odamlar qirlar bo‘ylab yoyilib ketgandi.

    Prezidentimizning aholi ko‘rgan zararini qoplab berish haqidagi so‘zlari hammani, xususan, amakimni ham xotirjam qildi.

    O‘sha kunlarning o‘tgani rost bo‘lsin. Alloh har bandaga insof va barakali umr bersin.

    29.04.2021, 20:08   Izoh (0)   72606
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    29.04.2021, 19:43

    Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi

    29.04.2021, 19:19

    Jobir Abdullayev Yangi Namangan tumani hokimi etib tayinlandi

    29.04.2021, 18:42

    Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga yetib bordi

    29.04.2021, 18:30

    Guliston tumani hokimi o‘rinbosari 400 dollar pora olayotgan vaqtida ushlandi

    29.04.2021, 18:18

    O‘zbekiston ilk bor Venetsiya biyennalesida ishtirok etadi

    29.04.2021, 18:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.