• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi

    Ashxobod shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Suhbat avvalida davlat rahbari Turkmaniston yetakchisiga otasi Malikguli Berdimuhamedovning vafoti munosabati bilan O‘zbekiston xalqi va shaxsan o‘z nomidan yana bir bor chuqur hamdardlik bildirdi.

    Malikguli Berdimuhamedov turkman xalqining sodiq farzandi va haqiqiy vatanparvar bo‘lgani, o‘z yurtining ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgani ta’kidlandi.

    Turkmaniston prezidenti hamdardlik uchun tashakkur izhor etib, birodar o‘zbek xalqi va uning yetakchisi ushbu musibatli damlarda dalda bo‘layotganini yuksak baholashi va qadrlashini alohida qayd etdi.

    Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovni Turkmaniston Milliy kengashining Xalq maslahati raisi etib saylangani bilan tabrikladi, bu mamlakat taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan siyosat Turkmaniston xalqi tomonidan qat’iy qo‘llab-quvvatlanayotganining yorqin dalili ekanini ta’kidladi.

    Pandemiya bilan bog‘liq murakkab davrda O‘zbekiston—Turkmaniston munosabatlari ijobiy sur’at bilan rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli keyingi yillarda tovar ayirboshlash hajmi uch barobardan ziyodga ko‘paydi va 2020-yil yakunlariga ko‘ra 530 million dollarga yetdi, 150 dan ortiq qo‘shma korxona tashkil etildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu bilan bir qatorda savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha, eng avvalo, transport, energetika, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida mavjud salohiyatni yanada to‘liq ishga solish zarurligiga e’tibor qaratildi.

    Xalqaro transport va tranzit yo‘lagini yaratish to‘g‘risidagi Ashxobod bitimini bundan buyon ham birgalikda ilgari surish, shuningdek, Xitoy—Markaziy Osiyo—Janubiy Kavkaz—Turkiya multimodal marshrutining samarali ishlatilishini ta’minlash va transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi hamkorlikni davom ettirishga tomonlar tayyor ekani ta’kidlandi.

    Muzokaralarda xalqlar yaqinligining eng muhim omili sifatida madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash dolzarb ekani yana bir bor qayd etildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston rahbariga uning xalqlar o‘rtasidagi birodarlik munosabatlarining navbatdagi yorqin ramzi sifatida Ashxobod shahrida “Toshkent” bog‘ini tashkil etish tashabbusi uchun alohida minnatdorlik bildirdi.

    Hamkorlikni kengaytirish va yangi o‘sish nuqtalarini izlash maqsadida yaqin vaqtda Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston—Turkmaniston hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishga qaror qilindi.

    Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari ikki mamlakat xalqlarining ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalarini yanada mustahkamlash yo‘lida o‘zaro ishonch va hurmat tamoyillari asosidagi strategik sheriklik munosabatlarini izchil mustahkamlashda qat’iy ekanliklarini tasdiqladi.

    Bundan avval Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga yetib borgani hamda Xitoy rahbari Si Szinpin O‘zbekistonga kelishi haqida xabar berilgandi.

    29.04.2021, 19:19   Izoh (0)   25891
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jobir Abdullayev Yangi Namangan tumani hokimi etib tayinlandi

    29.04.2021, 18:42

    Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga yetib bordi

    29.04.2021, 18:30

    Guliston tumani hokimi o‘rinbosari 400 dollar pora olayotgan vaqtida ushlandi

    29.04.2021, 18:18

    O‘zbekiston ilk bor Venetsiya biyennalesida ishtirok etadi

    29.04.2021, 18:06

    O‘zbekiston qirg‘iz—tojik mojarosi tomonlarini to‘qnashuvlarni zudlik bilan tugatishga chaqirmoqda

    29.04.2021, 17:41

    Xitoy rahbari Si Szinpin O‘zbekistonga keladi

    29.04.2021, 17:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.