• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Parijda “neftlar jangi”. Hammasi “PSJ”—“Manchester Siti” uchrashuvi haqida

    Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finali dastlabki bahsida “PSJ” va “Manchester Siti” jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Gvardiola qo‘l ostida ilk bor yarim finalga chiqqan “shaharliklar” ketma-ket ikkinchi marta ushbu bosqichga yetib kelgan va o‘ta mahoratli ijrochilarga ega Parij klubi maydonida mehmon bo‘ladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “PSJ”

    Parijliklar guruh bosqichida “Manchester Yunayted”, “Leypsig” va “Istanbul Bashakshehir”ga qarshi bahs olib bordi. Omadsiz startga qaramay, “PSJ” yakunda birinchi o‘rinni qo‘lga kirita oldi. 1/8 finalda Parij jamoasi “Barselona” to‘sig‘idan muvaffaqiyatli o‘tdi. Keyingi qur’a ham jamoaga qiyin raqibni ro‘baro‘ qildi — “Bavariya”. Safarda 3:2 hisobini qayd etgan parijliklar o‘z maydonida minimal hisobda yutqazdi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yarim finalga chiqdi.

    Markinyos va Kilian Mbappe “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda ishtirok eta oladi. “PSJ” joriy mavsumda kadrlar muammosiga tez-tez duch kelmoqda, biroq “Siti”ga qarshi o‘yinga qadar ular bartaraf etilgan. Birinchidan, jamoa sardori va markaziy himoyachi Markinyos safga qaytdi. Braziliyalik futbolchi “Bavariya”ga qarshi kechgan so‘nggi o‘yinda jarohat olgan va shundan buyon maydonga tushmayotgandi. Uning safga qaytishi “PSJ” uchun ulkan yutuq, biroq sardor qanday formada ekani hozircha noma’lum.

    Liga 1 doirasidagi “Mets”ga qarshi o‘yinda Kilian Mbappe maydonni muddatidan avval tark etdi. Yulduzning oqsoqlanishi ko‘plab muxlislarni xavotirga qo‘ydi, lekin uning jarohati jiddiy bo‘lib chiqmadi. Bu ikki futbolchining yo‘qotilishi “PSJ” uchun ulkan falokat bo‘lishi aniq edi. Kilian pley-off bosqichida oltita gol urdi. Usiz parijliklarning hujum chizig‘i ancha qiynalib qoladi, garchi tarkibda Neymar, Ikardi va Moyze Kin kabi yulduzlar bo‘lsa ham.

    Nihoyat, “PSJ”da ishonchli darvozabon bor. Darvozabon chizig‘i parijliklar uchun uzoq vaqtdan beri og‘riqli mavzu edi. Navasdan avvalgi darvozabonlarni yomon deb bo‘lmaydi, biroq ular “devor” bo‘lib bera olmadi. Keylor esa “PSJ”ning haqiqiy “devor”iga aylandi.

    “Barselona”ga qarshi kechgan ikki o‘yinda Navas 12 ta seyv ijro etdi, “Bavariya” bilan esa — 14 ta. Chempionlar Ligasida darvozaga yo‘llangan zarbalarni qaytarish ko‘rsatkichi Navasda 85,2 foizga teng. Albatta, “Real” bilan ketma-ket uchta YChL bosh sovrinini qo‘lga kiritgan posbondan yana nimani kutish mumkin?

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Bu mavsum Parijdagi devorlar yordam bera olmayapti. O‘z maydoningda harakat qilish — ustunlik, biroq “PSJ” YChL joriy mavsumida “Park de Prens”dagi o‘yinlarning barchasida ham muvaffaqiyatli ishtirok etolmayapti. Chempionlar Ligasi 2020/21-yilgi mavsumdagi birinchi uy o‘yinidayoq “PSJ” “Manchester Yunayted”ga yutqazib qo‘ydi (1:2). Shundan keyin jamoa uyida qoniqarli natijalar qayd etdi, biroq so‘nggi ikkita o‘yin haqida bunday deb bo‘lmaydi. “Barselona” bilan durang o‘ynagan “PSJ” chorak finalda “Bavariya”ga yutqazdi. Ushbu statistikani to‘g‘rilash vaqti keldi.

    “Manchester Siti”

    “Manchester Siti” uchun guruh bosqichi raqiblar borasida omadli keldi. “Portu”, “Olimpiakos” va “Marsel” — ularni Pep Gvardiola jamoasi uchun jiddiy raqib deb bo‘lmaydi. “Siti” ishonchli tarzda birinchi o‘rinni oldi. Nimchorak va chorak finallarda jamoaga “Borussiya”lar duch keldi. Avvalgida Myunxengladbax klubi taslim etilgan bo‘lsa, keyingi bosqichda dortmundliklar mag‘lub qilindi.

    Pep Gvardiolaning yashirin quroli — hujum. “PSJ”ning asosiy vazifalaridan biri “Manchester Siti”ning hujum chizig‘ida kim to‘p surishini taxmin qilish, biroq “shaharliklar” murabbiyining rejasini bashorat qilishning deyarli iloji yo‘q. Gvardiola nimani ma’qul ko‘radi: hujumchi bilan o‘ynashnimi yoki buning aksini? Ayrim vaqtlarda “Manchester Siti”ga klassik hujumchi yetishmayotgandek bo‘ladi, biroq jamoa katta o‘yinlarda forvardsiz ham yomon harakat qilmaydi. Ha, Gvardiola tasarrufida Gabi Jezus va Serxio Aguero bor, biroq ular muntazam asosiy tarkibda maydonga tushmaydi. Braziliyalik futbolchi YChL joriy mavsumida faqat ikkita o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi, Aguero esa bitta. Ammo ularning ikkisi ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga ulgurgan.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Top-klublarga qarshi bahslarda jamoa yashirin “to‘qqizinchi raqam” bilan o‘ynamoqda, bu ishni Kevin de Bryuyne va Bernardu Silva amalga oshirmoqda, ayrim holatlarda esa Ilkay Gundo‘g‘an. Ilkay ayni vaqtda jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.

    “Manchester Siti” Chempionlar Ligasi joriy mavsumida hali yutqazmadi. Inglizlar bu YChLda faqat “Portu” bilan durang o‘ynadi va qolgan barcha bahsni o‘z foydasiga hal qildi.

    Shu bilan birga Gvardiolaning Maurisio Pochettinoga qarshi statistikasini ham unutmaslik zarur. Taqdir ularni Ispaniya va Angliyada o‘zaro ro‘baro‘ keltirgan. Ularning keskin munosabati maydon tashqarisiga ham chiqib ketgan, axir biri “Barselona”ga ustozlik qilgan bo‘lsa, boshqasi “Espanyol”da ishlagan. Hech qaysi murabbiy Pochettino bilan Gvardiolachalik ko‘p to‘qnash kelmagan. Pepning unga qarshi statistikasi: 10 g‘alaba, 5 durang va 3 mag‘lubiyat. Gvardiola jamoasi 18 o‘yinda 34 ta gol urgan va bor-yo‘g‘i 18 to‘p o‘tkazib yuborgan.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Statistika va faktlar

    • Jamoalar rasmiy o‘yinlarda o‘zaro uch marta to‘qnash kelgan: “Siti”da bitta g‘alaba va ikkita durang;
    • Qarama-qarshilikning eng yaxshi to‘purari — Kevin de Bryuyne (2 ta gol);
    • Bu “Manchester Siti” uchun Yervokuboklar doirasidagi to‘rtinchi va 2015/16-yilgi mavsumdan keyingi ilk yarim final. Finalga qadar “Siti” 1970-yildagina yetib borgan va bu Kubok egalari Kubogida qayd etilgan;
    • “PSJ” finalga chiqa olsa ketma-ket ikkita mavsumda bu ishni uddalagan 8 jamoa qatoriga qo‘shiladi. Ular ichida faqat “Atletiko” va “Valensiya” ikki finalni ham boy bergan;
    • Bu Gvardiolaning murabbiylik faoliyatidagi 8-yarim final bo‘ladi. Kataloniyalik mutaxassis bu borada Joze Mourinyo bilan birgalikda rekordchi hisoblanadi.

    Ehtimoliy tarkiblar:

    “PSJ”: Navas, Diallo, Kimpembe, Markinyos, Florensi, Paredes, Guye, Verratti, di Mariya, Neymar, Mbappe.

    “Manchester Siti”: Ederson, Kanselu, Ruben Diash, Stounz, Uoker, Gundo‘g‘an, Rodri, Bernardu Silva, Foden, Mahrez, de Bryuyne.

    Murabbiylar fikri

    “PSJ” “Tottenhem”dan butkul boshqacha. Hozir “Siti” boshqacha va men “PSJ”da ishlayapman. “Manchester Siti” — eng yaxshi murabbiyga ega dunyoning eng kuchli klublaridan biri. Ko‘ramiz, “Bavariya”ga qarshi bahsdan ko‘ra qiyinroq bo‘larmikan...

    Maurisio Pochettino, “PSJ” bosh murabbiyi

    Men yutishni istamayman, finalga chiqishni xohlamayman. Shunchaki jamoam o‘z futbolini namoyish qilishini orzu qilaman. Ikki o‘yinda ham qiyin bo‘lishini bilamiz, ularda imkoniyatlar bo‘ladi. Ularning o‘yinchilari qanday mahoratga ega ekani barchaga ma’lum. YChL yarim finalidan yana nima kutish mumkin?

    APL — eng muhim musobaqa, YChL esa — eng chiroyli.

    Pep Gvardiola, “Manchester Siti” bosh murabbiyi

    PSJ va “Manchester Siti” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 28-apreldan 29-aprelga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    28.04.2021, 21:00   Izoh (0)   28765
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Piter Hyuistra: “So‘nggi turda jamoa sha’ni uchun g‘alaba qozonishimiz kerak”

    28.04.2021, 20:49

    Germaniya futbol ittifoqi Hans Flik uchun “Bavariya”ga kompensatsiya to‘lashning o‘ziga xos yo‘lini topdi

    28.04.2021, 18:41

    Boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati—2021 mezboni almashdi

    28.04.2021, 18:03

    Ruslan Nuriddinovning navbatdagi rekordi, taqiq vaqtida sportdan ketishga qaror qilgani, karantin sabab yakunlangan fermerlik faoliyati haqida intervyusi

    28.04.2021, 16:59

    Iordaniyalik 19 yoshli bokschi yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida olgan jarohati tufayli vafot etdi

    28.04.2021, 14:03

    Mirjalol Qosimov: “Al-Hilol” haqli g‘alabaga erishdi

    28.04.2021, 13:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.