• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryolik “yo‘lto‘sar” ayollar: Qishlog‘imiz uchun yangi maktab qurilishini yoki bolalarimiz o‘tib-qaytayotgan xavfli yo‘lda yerosti yo‘li, ko‘prik qurib berilishini talab qildik

    Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 1-sinfda o‘quvchi qiz YTH oqibatida vafot etgach, bir guruh ayollar 23-aprel kuni Qarshi—Samarqand yo‘lining Xo‘jaobod qishlog‘i hududidan o‘tuvchi qismini norozilik tariqasida to‘sib qo‘ygandi.

    Foto: “Daryo”

    Mazkur voqea tafsilotlarini o‘rganishni maqsad qilgan “Daryo” muxbiri “yo‘lto‘sar” ayollar va tuman hokimi Xurram Jo‘rayev bilan suhbatlashdi.

    “Uch yildan beri qishlog‘imiz uchun yangi maktab qurib berilishini so‘rab, barcha tashkilotlarga murojaat qildik. Hech kim bizni tinglamagach, shunday yo‘l tutishga majbur bo‘ldik. 2021-yilning 21-aprel kuni qizimning sinfdoshini mashina urib ketdi va o‘sha qiz o‘ldi. Voqeani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan qizim esa ancha vaqt tushkun kayfiyatda yurdi. Qizim bir haftadan so‘ng maktabga chiqdi. Biz farzandlarimizdan xavotirlanib, majburlikdan shunday qildik”, — deydi 23-aprel kuni “yo‘l to‘sgan” ayollardan biri Malohat Mengboyeva.

    Foto: “Daryo”

    Malohat Mengboyevaning ma’lumot berishicha, “yo‘l to‘sish” voqeasida qishloq ayollarining 200 nafardan ko‘prog‘i ishtirok etgan.

    “‘Yo‘l to‘sgan’larning barchasi onalar edi. Biz farzandlarimiz taqdiridan xavotirga tushib, shunday qildik. Sababi 1-sinf o‘quvchisining o‘limi bu birinchi holat emasdi. Bunday voqealar har yili bir necha marotabalab sodir bo‘ladi”, — deydi “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan ayollar.

    Foto: “Daryo”

    Qashqadaryo viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshig‘ining birinchi o‘rinbosari Olim Xo‘jamurodovning ma’lumot berishicha, 1-sinf o‘quvchisi bilan bog‘liq YTH 2021-yilning 21-aprel kuni, taxminan, soat 11:00 da sodir bo‘lgan.

    “Isuzu haydovchisi ayni paytda qo‘lga olingan va unga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, — deydi Olim Xo‘jamurodov.

    Olim Xo‘jamurodov.

    Olim Xo‘jamurodov.
    Foto: “Daryo”

    “Yo‘l to‘sgan” ayollar muammo uch yildan beri hal etilmayotganini aytib, nafaqat hokim, mas’ul tashkilotlar ularning dardiga quloq tutmaganini bildirdi.

    “Biz faqat va faqat bolalarimizning maktabga borib-kelishidan qo‘rqqanimizdan shunday ishga qo‘l urdik. Boisi, uch yildan beri hokimga ham, boshqa tashkilot rahbarlariga ham bolalarimiz maktabga o‘tib-qaytayotgan xavfli yo‘ldan o‘tish uchun yerosti yo‘li yoki ko‘prik qurib berilishini so‘rab, qayta-qayta murojaat qildik. Ammo natija bo‘lmadi. 1-sinf o‘quvchisi bilan bo‘lgan fojia birinchi marotaba emas, oxirgisi ham bo‘lmasa kerak”, — deydi “yo‘lto‘sar” ayollar.

    Foto: “Daryo”

    Chiroqchi tumani hokimi Xurram Jo‘rayev talabi bajarilmaganidan norozi bo‘lib, “yo‘l to‘sgan” ayollar gapini inkor qilib, ular 1-sinf o‘quvchisining o‘limidan ta’sirlanganini aytmoqda.

    “Yo‘l to‘sib, norozilik bildirgan xotin-qizlarga Xo‘jaobod qishlog‘idan yangi maktab qurib berilayotganini, maktab binosi 2021-yilning 1-sentabr kuni foydalanishga topshirilishini aytgandik. Nazarimda, qishloq xotin-qizlari 1-sinf o‘quvchisining o‘limidan qattiq ta’sirlangan ko‘rinadi”, — deydi tuman hokimi Xurram Jo‘rayev.

    Xurram Jo‘rayev.

    Xurram Jo‘rayev.
    Foto: “Daryo”

    Xurram Jo‘rayev Xo‘jaobod qishlog‘ida 260 ta xonadon borligini, aholi soni esa 300 nafardan ortiqligini aytdi. Qishloq ayollari esa qishloqda 630 ta xonadon vakillari yashashini, xavfli yo‘ldan 800 nafardan ortiq bolalar maktabga qatnayotganini bildirdi.

    “1-sinf o‘quvchisining o‘limi qishloq aholisiga qattiq ta’sir qilganini bilamiz. Ammo nachora, taqdir shu ekan. Lekin biz aholiga bergan va’damizni bajarib, shu qishloq uchun alohida maktab qurib beramiz. Maktab yangi o‘quv yilidan ishga tushadi”, — dedi tuman hokimi Xurram Jo‘rayev.

    Eslatib o‘tamiz, “yo‘lto‘sar” ayollar voqeasi jamoatchilikka oshkor bo‘lgach, muammoni Senat o‘z nazoratiga oldi. Senat matbuot xizmatiga ko‘ra, Oliy Majlisning yuqori palatasi tumanda yashovchi aholi vakillarini qiynayotgan muammolar yuzasidan qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni o‘rganib, natijalari yuzasidan batafsil axborot beradi.

    Mavzuga doir: Chiroqchida bir guruh ayollarning avtomobil yo‘lini to‘sishiga sabab bo‘lgan muammo Senat nazoratiga olindi

    27.04.2021, 23:10   Izoh (0)   44165
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda YPX inspektorlari fuqaroni kuch ishlatib, xizmat mashinasida olib ketgani aks etgan video bo‘yicha rasmiy izoh berildi

    27.04.2021, 22:45

    Sirdaryoda 1-iyuldan boshlab davlat tibbiy sug‘urtasi bosqichma-bosqich joriy etiladi

    27.04.2021, 22:08

    Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy zonalarda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

    27.04.2021, 21:53

    Andijonda soxta PZR-testlarni tayyorlab sotish bilan shug‘ullangan ikki maktab o‘quvchisi qo‘lga olindi

    27.04.2021, 21:15

    Qarshida balandligi 62,5 metrli bayroq o‘rnatiladi

    27.04.2021, 20:28

    Nukusda o‘zini kanalga tashlagan 21 yoshli qizni Milliy gvardiya xodimlari qutqarib qoldi

    27.04.2021, 20:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Polsha Tayvandan dron xarid qilish bo‘yicha Yevropada yetakchiga aylandi

    Dunyo | 27 iyul, 23:10

    Xitoy sun’iy intellekt xavfsizligi borasida global hamkorlikka chaqirdi

    Dunyo | 27 iyul, 21:57

    Turkiya o‘z tarixidagi eng kuchli aviabombalarini taqdim etdi

    Dunyo | 27 iyul, 20:24

    BMT Falastin davlati qurilishida yordam berishini ma’lum qildi

    Dunyo | 27 iyul, 18:30

    Avstriyada 400 ga yaqin yo‘lovchi qorong‘i tunnelda 6 soat qolib ketdi

    Dunyo | 27 iyul, 17:50

    “Real Madrid” 5 nafar futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor

    Sport | 27 iyul, 17:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.