Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatidagi baliqchilar og‘irligi 271 kilogramm keladigan tunets balig‘ini tutishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: 9news.com.au

Ta’kidlanishicha, mazkur tunets o‘rtacha o‘lchamdagi baliqlarda to‘rt barobar katta. Odatda bu turdagi baliqlarning og‘irligi 60 kilogrammdan oshmaydi.

“Bu, shubhasiz, ajoyib baliq. U yaxshi holatda”, — deydi Sidney baliq bozori menejeri Erik Pul.

Foto: 9news.com.au

Baliqchilar tomonidan ushlangan rekord darajadagi o‘lja shu kunning o‘zida Sidney baliq bozorida Yaponiyaga mahsulotlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi Claudio’s Seafood dengiz mahsulotlari riteyleriga sotilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Tokio baliq bozoridagi auksionda og‘irligi 278 kilogramm bo‘lgan tunets balig‘i salkam 3,1 million AQSh dollariga sotilgandi.