• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi yig‘ilishda talon-toroj va o‘g‘rilikka yo‘l qo‘ygan mas’ul mansabdorlar lavozimidan ozod etildi

    “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev rahbarligida Buxoro viloyatining Gazli hududida joylashgan ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalarida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisobiga oid tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

    Yig‘ilishda boshqaruv raisi so‘nggi yillarda Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalar ekan, erishilayotgan natijalar yaratib berilayotgan imkoniyatlarga mos bo‘lmayotganini ta’kidlab o‘tdi.

    “Jumladan, Gazli zavodida yillik quvvati 5,0 milliard kub metr tabiiy gaz bosimini oshirib berishga mo‘ljallangan Uchqir siquv kompressor stansiyasi, gazni oltingugurtdan tozalash qurilmasining 6-tarmog‘i, yangi qozonxona, gazni quritish qurilmasi hamda gazdan propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmasi foydalanishga topshirildi. “Uchqir” gazni oltingugurtdan tozalash majmuasi Gazli gazni qayta ishlash zavodi deb nomlandi”, – dedi Mehriddin Abdullayev.

    Ta’kidlash kerakki, “Uchqir” gazni oltingugurtdan tozalash majmuasida bugunga qadar 120 tonna gaz kondensati qazib olingan bo‘lsa, yangi zamonaviy texnologiyalarning jalb etilishi va qurib ishga tushirilishi natijasida kunlik jami 450 tonnaga yaqin suyuq uglevodorodlar qazib chiqarish va ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

    Shundan, propan-butan aralashmasini olish qurilmasining 2-bosqichida bugungi kunda o‘rtacha kunlik 175 tonnadan suyultirilgan gaz ishlab chiqarilmoqda va shu kunlarda iste’molchilarga yetkazib berilmoqda.

    Yaratilayotgan sharoitlarga qaramay, ishlab chiqarish hajmida keskin o‘zgarish kuzatilmagani boshqaruv raisi tomonidan keskin tanqid qilindi, quyidagilar aytib o‘tildi.

    Bugun ochiq-oydin aytishimiz kerakki, katta o‘zgarishlar bo‘lishiga qaramay, rahbarlarni qayta va qayta almashtirishimizdan qat’iy nazar, Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarida kutilgan natijalarga erishilmayapti. Boshqarmada 29 ta neft va gaz konlari mavjud bo‘lib, shundan 23 ta kon ishlatilmoqda.

    2021-yilda ko‘rsatkichlarni amalga oshirish uchun bir qator geologik-texnik tadbirlar belgilab olingan bo‘lib, bunda 48 ta yangi quduqlarda burg‘ilash ishlarini tugatib ishga tushirish (shundan, “O‘zbekneftgaz” AJ o‘z mablag‘lari hisobidan 10 ta hamda 2017–2021-yillar dasturi doirasida 38 ta), 120 ta mavjud quduqlarda kapital ta’mirlash va intensifikatsiya ishlarini bajarish, 7 ta texnologik obyektlarni qurilish bilan tugatib, ishga tushirish natijasida 977,2 million kub metr tabiiy gaz hamda 17,8 ming tonna gaz kondensati qazib chiqarishga erishiladi.

    Yig‘ilishda boshqaruv raisi boshchiligida ishchi guruh a’zolari joylarga chiqib, obyekt va konlarda olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida kerakli tavsiyalar berilgani, imkoniyatlar yaratilgani, lekin quduqlar fondi bilan ishlash, obodonlashtirish, shuningdek, quduqlarni jihozlash yo‘nalishida bir necha bor ogohlantirishlar berilishiga qaramay, umuman o‘zgarishlar kuzatilmaganini ma’lum qilindi.

    2020-yilni sarhisob qiladigan bo‘lsak, tabiiy gaz qazib chiqarish 4,2 milliard kub metrni, (reja 5,029 milliard) reja bajarilishi 85,1 foizni tashkil etdi.

    2020-yilda burg‘ilashdan 26 ta quduq ishga tushirildi, mavjud 131 ta quduqlarda mukammal ta’mirlash va intensifikatsiya ishlari amalga oshirildi, 11 ta texnologik tadbirlar bajarildi. Ushbu geologik-texnik tadbirlardan 1 milliard 184 million kub metr tabiiy gaz olinishi rejalashtirilgan bo‘lsada, amalda 630,3 million kub metr tabiiy gaz qazib olingan yoki 553,9 million kub metr rejalashtirilgan tabiiy gaz qazib olinmagan.

    Boshqaruv raisi kon va quduqlarda bo‘layotgan o‘g‘irliklarni keskin tanqid qilib, bunga bee’tibor bo‘lganlarga intizomiy jazo choralari ko‘rilishini ma’lum qildi va shu yilning 5-apreliga o‘tar kechasi sodir etilgan o‘g‘irlik borasida ma’lum qildi.

    Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor chora-tadbirda cho‘l hududida joylashgan Mirkomil-Savatli gaz konlaridagi diametri 326 mm bo‘lgan gaz quvurining 6-7 kilometr oralig‘ida qo‘lbola xomut qo‘yilib, 10x3 metr kattaligidagi sellofandan tayyorlangan hovuz orqali davlat raqamisiz “Kamaz” rusumli avtomashinasi hamda 2 nafar Peshku tumani fuqarolari ashyoviy dalillar bilan, ya’ni 1 tonnali temir idishi, 11 ta sig‘imi 200 litrli plastmassa idishi va qo‘lbola sig‘imlardagi kondensat mahsuloti bilan qo‘lga olingan.

    Jami o‘g‘irlik sig‘imlaridan va hovuzdan olingan kondensat mahsulotlarning hajmi 16,5 tonnani va qiymati 90,8 million so‘mni tashkil etgan. Yuqorida ko‘rsatilgan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Buxoro viloyati Qorako‘l tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bu holatlarning yana bir e’tiborli jihati shundaki, ushbu hodisaga qariyb 17-18 kun bo‘lgan bo‘lsada, boshqarma rahbariyati tomonidan bu haqda jamiyatga ham, tegishli departamentlarga ham xabar berilmagan. Shu sababli boshqaruv raisi bugundan boshlab yangi tartib o‘rnatilishini va endilikda qo‘riqlash ishlarini amalga oshirishda, shuningdek, har qanday yakka tarzdagi yoki tizimli o‘g‘irlik holatlarini oldini olishda Milliy gvardiya bilan birgalikda nazorat ishlari olib boriladi.

    Ta’kidlash joizki, boshqarmadagi mas’ul rahbar xodimlar va mutaxassislarning e’tiborsizligi, boshqarma, zavod, jamoa taqdiriga befarq bo‘lishi, mulkga xo‘jasizlarcha munosabatda bo‘lishi natijasida juda ko‘plab moliyaviy xatoliklarga, talon-tarojliklarga, pul mablag‘larining noo‘rin, samarasiz ishlatilishiga, hisob va hisobotlarni yuritishdagi turli chalkashliklar, noaniqliklarga yo‘l qo‘yilib kelinmoqda.

    Masalan, tovar moddiy boyliklarni sotib olish uchun taqdim qilingan buyurtmalarni yetarlicha o‘rganilmasdan xarid qilinganligi sababli zaruratdan ortiqcha mahsulotlar sotib olingan. Bugungi kunda boshqarmaning omborlarida jami 67,2 milliard so‘mlik tovar moddiy boyliklari mavjud bo‘lib, shundan 7,4 milliard so‘mlik (8,7 foiz) qimmatliklar nolikvid holatda, bugungi kunda umuman ehtiyoj bo‘lmagan xolda va 0,7 million so‘mlik qimmatliklar foydalanishga yaroqsiz holatda saqlanmoqda.

    Boshqarmada jamiyat mulkining saqlanishiga bo‘lgan munosabat ham o‘ziga yarasha, hech kimni ishi yo‘q. 2020-yilda boshqarmaning 2 ta moddiy mas’ul shaxslari javobgarligida jami 420,1 million so‘mlik kamomadga yo‘l qo‘yilgan. Ushbu holat bo‘yicha hujjatlar tegishli chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish idoralariga taqdim qilindi.

    Boshqarma tomonidan 2020-yil davomida hamda joriy yilning 22-apreliga qadar jami 448 ta qiymati 459,6 milliard so‘mlik shartnomalar jamiyatning G‘aznachilik va moliyaviy operatsiyalar departamentiga taqdim qilingan bo‘lib, ulardan 117 ta 223,84 milliard so‘mlik “O‘zbekneftgaz” AJda xarajatlarning g‘azna ijrosi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori va boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etilmagan.

    Boshqaruv raisi boshqarmada yo‘l qo‘yilayotgan salbiy holatlarni atigi bir qismi sanab o‘tilgani, afsuski, bunday holatlar jamiyat obro‘siga putur, manfaatlariga zarar yetkazishini bildirib, bir necha kundan beri ishchi guruh tomonidan xodimlarning faoliyati chuqur o‘rganib chiqilgani va o‘n nafardan ortiq xodimlar egallab turgan lavozimidan ozod etilganini ma’lum qildi.

    Jumladan, Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi direktori vazifasini bajaruvchisi Majidov Abdullo Qahhorovich, bosh muhandis Rajabov Abror Samiyevich, umumiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Egamov Alisher Usmonovich, buxgalteriya hisobi bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Rustamov Rahmon Sultonovich, kadrlar bo‘limi boshlig‘i Sayfullayev Mahmud Ahadovich, moliya va g‘aznachilik departamenti yetakchi mutaxassisi Abdullayeva Aliya Jaliyevna, metrologiya, avtomatlashtirish va standartlashtirish xizmati boshlig‘i Rajabov Said Sadullayevich, xaridlar bo‘limi boshlig‘i Yo‘ldoshev Rahim Nasimovich, tashkiliy rivojlantirish va xodimlarni rag‘batlantirish bo‘limining mehnatni tashkil qilish va me’yorlash bo‘yicha muhandisi Ashurov Jo‘rabek Salimovich, tijorat departamenti logisti Hamroyev Mansur Olimovich, ta’mirlash ishlari xizmati boshlig‘i Fozilov Sobir Jo‘rayevich, quduqlarni to‘la ta’mirlash sexi boshlig‘i Niyozov Ulug‘bek Madiyorovich, Ko‘lbeshkak 1-sex boshlig‘i Sadiyev G‘ayratulla Nasrullayevich, Doyaxotin 2-sex boshlig‘i Jalilov Nodir To‘ymurodovich, Qumli 3-sex boshlig‘i Yusupov Istam Axtamovich, To‘maris 4-sex boshlig‘i Jenbayev Abdijapbar Yakupovich, avtotransport sexi boshlig‘i Teshayev Nasim Namozovich, transport bo‘limi boshlig‘i Muxtorov Mahmud Nabiyevich egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

    O‘z navbatida Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga yangi rahbar va uning o‘rinbosarlari tayinlandi:

    – “O‘zbekneftgaz” AJ Muborak neft va gaz boshqarmasi O‘rtabuloq-Dengizko‘l neft va gaz konlari majmuasi boshlig‘i Nazirov Xislat Roziqovich boshqarma rahbari;

    – Temirov G‘ayrat Yorovich bosh muhandis;

    – Abdurahmonov Laziz Bahodirovich umumiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari;

    – Raimov Sirojiddin Choriyevich buxgalteriya hisobi bo‘limi boshlig‘i;

    – Latipov Ilhom Mustafoyevich kadrlar bo‘limi boshlig‘i.

    Boshqaruv raisi tomonidan yig‘ilish yakunida yangi rahbarga va boshqarma mas’ullariga joriy yil yakuniga qadar tabiiy gaz qazib chiqarishni 5 131,2 million kub metrga oshirish choralari yoki 2020-yil ko‘rsatkichiga nisbatan 107,4 foiz o‘sish sur’atini ta’minlash, gaz kondensatini qazib chiqarishni 117,4 ming tonnaga oshirish yoki 247,6 foiz o‘sish sur’atini ta’minlash va shundan 73,3 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni ta’minlash choralari ko‘rilishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

    24.04.2021, 10:30   Izoh (0)   34314
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 18 mingdan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

    24.04.2021, 09:39

    Namanganda 38 yoshli ayol 4 yoshli bolasi bilan o‘zini daryoga tashlagani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    24.04.2021, 09:30

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkentdagi reklama bannerlarining buzilayotganiga munosabat bildirdi

    24.04.2021, 09:09

    Farg‘ona viloyatidagi 4 ta maktab koronavirusga chalinish holati aniqlangani sabab onlayn o‘qishga o‘tdi

    24.04.2021, 08:08

    Oylar sultoni — Ramazon: Ro‘zaning mohiyati nima va kimlar ro‘za tutmasa ham bo‘ladi?

    24.04.2021, 03:55

    O‘zbekiston Qahramoni Hasan Normurodov vafot etdi

    24.04.2021, 00:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Sistit — bu uyat emas!

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyaning yadroviy qurol tashiydigan samolyotlari saqlanayotgan aerodromlar yalpi hujumga uchradi

    Dunyo | 1 iyun, 17:41

    Fransiyada “PSJ” g‘alabasidan keyingi tartibsizliklarda ikki kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 1 iyun, 17:30

    “Manchester Siti” “PSJ” futbolchisi uchun da’vogarlik qilmoqda

    Sport | 1 iyun, 17:10

    Rossiyada ayrim migrantlarga rus tili imtihoni bekor qilinishi mumkin

    Dunyo | 1 iyun, 17:00

    Buyuk Britaniya AQSHdan qo‘shimcha F-35 yadroviy qiruvchilarni sotib oladi

    Dunyo | 1 iyun, 16:25

    Jarima ballari, talabalarga maxsus stipendiya, vizasiz rejim: 1-iyundan kuchga kirgan asosiy o‘zgarishlar

    O‘zbekiston | 1 iyun, 15:42

    Antoni faoliyatini Bundesliga grandi safida davom ettirishi mumkin

    Sport | 1 iyun, 15:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.