Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Oksfordshir grafligida joylashgan kottejini ijaraga bermoqchi. Bu haqda Strutt&Parker ko‘chmas mulk agentligi axborotiga tayanib The Times xabar berdi. Ijaraning minimal muddati bir yilni tashkil qiladi.

Foto: Strutt&Parker

E’longa ko‘ra, xonadonda to‘rtta xona, uncha katta bo‘lmagan oshxona va qishki bog‘li ayvon xonasi mavjud. Ijarachilar tennis korti va basseyndan foydalanishi mumkin. Kottejning umumiy maydoni yonma-yon qurilgan bino bilan birgalikda 288,5 kvadrat metrni tashkil etadi, uy mebellarsiz ijaraga beriladi. Uy hayvonlarini xonadonda parvarish qilishga ham uy egalari bilan kelishgan holda ruxsat olinadi. E’lon bo‘yicha uyning haftalik ijarasi — 981 funt sterling (oyiga 4,25 ming funt).

Foto: Strutt&Parker

Foto: Strutt&Parker

Foto: Strutt&Parker

Nashrning qayd etishicha, Boris Jonson ushbu kottejni 2003-yilda 690 ming funt evaziga sotib olgan. Ayni vaqtda xonadonning narxi 1,2 million funtga baholanmoqda. 2019-yil iyul oyidan beri Jonson va uning rafiqasi Kerri Saymonds Dauning-stritdagi yangi ta’mirlangan 4 xonali rezidensiyada yashaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bosh vazir va uning oilasi Oksfordshirdagi uyda xavfsizlik protokollariga qat’iy rioya qilish zarurligi tufayli yashay olmaydi, hukumat rahbari hamda uning oilasi shahar tashqarisidagi rezidensiya sifatida faqat Chekersdan (Buyuk Britaniya bosh vazirining shahar tashqarisidagi rasmiy qarorgohi) foydalanishi mumkin.

Foto: Strutt&Parker

Foto: Strutt&Parker

Foto: Strutt&Parker

Foto: Strutt&Parker

Foto: Strutt&Parker

Foto: Strutt&Parker

Foto: Strutt&Parker

Foto: Strutt&Parker

Foto: Strutt&Parker

Foto: Strutt&Parker

2019-yilda Jonson o‘zi va rafiqasiga tegishli XIX asrga oid Londondagi taunxausni sotib yuborgandi. Buyuk Britaniya bosh vaziri mazkur obyekt sotuvidan 3,7 million AQSh dollari miqdorida daromad olgan.