Buyuk Britaniya tarkibida bo‘lgan Uels shimolidagi sohil bo‘yida 19-aprel kuni ulkan ko‘chki sodir bo‘ldi. Bu haqda The Watchers ma’lumotlariga tayanib “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabar berilishicha, ko‘chki Gvined qirolligidagi Nefin shaharchasi sohillarida sodir bo‘ldi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chkining qalinligi eng kamida 40 metrni tashkil qiladi. Ushbu hudud xavfli cho‘kish zonasi ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, u yerning qirg‘oqlari kuchli eroziyaga uchragan.
Ta’kidlanishicha, mavsumdagi g‘ayrioddiy qurg‘oqchilik paytida ushbu ko‘chkining yuzaga kelishi ko‘plab qiziqishlarga sabab bo‘lmoqda.
Politsiya hududni nazorat ostiga oldi. Vaziyat oydinlashmaguniga qadar mahalliy aholiga ko‘chkidan uzoqroq yurish tavsiya etilmoqda.
Avvalroq Indoneziyaning sharqiy qismida va unga qo‘shni bo‘lgan Sharqiy Timorda kuchli yog‘ingarchiliklar ketma-ket ko‘chki va toshqinlarni keltirib chiqardi, buning natijasida 52 kishi qurbon bo‘ldi.
AQShning Alabama va Texas shtatlarida esa tornado sodir bo‘lgani va deyarli 70 ming uy elektr energiyasidan uzilib qolgani haqida xabar berildi. Tabiiy ofat oqibatida yuzlab uylar zarar ko‘rdi, daraxtlar quladi, bir nechta trassa yopilib qoldi.
Shuningdek, Meksikada shimoliy Kouela va Nuevo-Leon shtatlari chegarasida sodir bo‘layotgan yirik o‘rmon yong‘ini tufayli 1100 kishi evakuatsiya qilindi.
Izoh (0)