• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Hozir zamon o‘zgardi, odamlar endi kechagiday yashashga majbur emas” – Shavkat Mirziyoyev

    Samarqand shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida viloyat faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik va tarmoqlar rahbarlari, mahalliy kengash deputatlari, nuroniylar, yoshlar qatnashdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari Samarqand viloyatida katta o‘zgarishlar bo‘layotgani, odamlarning dunyoqarashi o‘sib, faolligi oshganini ta’kidladi.

    “Men har doim Samarqandni sog‘inaman. Ko‘p joylarda ishladim, lekin bu viloyatda orttirgan tajribam juda ko‘p qo‘l keladi. U paytlar qo‘limiz kalta, imkoniyatimiz cheklangan edi. Shuni e’tiborga olib, har safar Samarqandga kelganimda o‘zimga savol beraman: hozirgi imkoniyatlarni o‘sha paytda qilish mumkinmidi? Imom Buxoriy bobomizning zamonaviy majmuasini o‘sha paytda qurish mumkinmidi? Yurakda juda katta qiynalishlar bilan qachon bo‘lar ekan, deb armon bilan ishlaganmiz.

    Hozir zamon o‘zgardi, odamlar endi kechagiday yashashga majbur emas. Eng katta masala – joylardagi ijro hokimiyati rahbarlari bugungi hayot, harakat, shiddatga mos ishlashi kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Endigi masala Samarqandning ertangi kunini yanada yaxshi qilish, yoshlarga imkoniyatlarni kengaytirish birlamchi vazifa bo‘lishi kerakligini qayd etdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “2020-yil og‘ir yil bo‘ldi, manaman degan davlatlar iqtisodiyoti bu sinovlarni ko‘tarolmadi. Bu yil kechagiga nisbatan intilishimiz o‘zgarib, ertangi kun manfaati nuqtayi nazaridan harakat tuyg‘usi paydo bo‘lsa, oldimizga qo‘ygan rejalarimizni bajara olamiz. Agar bizga kimdir qilib beradi, degan paysalga solish bo‘lsa, bunday xohish bilan hech qachon natijaga erisholmaymiz”, – dedi Prezident.

    O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi nishonlanadigan 2021-yilda Samarqand viloyatida qanday natijalarga erishish uchun hozirdan marralarni aniq belgilash lozimligi ta’kidlandi.

    Davlat rahbari viloyatning foydalanilmagan imkoniyatlarini ishga solish uchun 5 ta drayver sohani ko‘rsatib o‘tdi. Bular – sanoat, transport logistikasi, yirik industrial issiqxonalar, xizmat ko‘rsatish va turizm. Ushbu sohalarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar aytib o‘tilib, mas’ullar belgilandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    2021–2022-yillarda Samarqand viloyatida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida qiymati 30 trillion 415 milliard so‘mlik 1 ming 279 ta investitsiya loyihasi rejalashtirilgani ta’kidlandi. Xususan, 12 trillion so‘mlik 1 ming 184 ta hududiy, 18 trillion so‘mlikdan ziyod 95 ta tarmoq loyihalari amalga oshiriladi. 1,8 milliard dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtiriladi va 26 mingta doimiy ish o‘rni tashkil etiladi.

    Xususan, energetika sohasida 974 million dollarlik 8 ta yirik loyiha amalga oshirilib, yiliga 6 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi, natijada 1,8 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi. Shuningdek, Fransiyaning Total Eren kompaniyasining 100 million dollar sarmoyasi hisobiga 2021-yil dekabrda Nurobod tumanida quvvati 100 megavatt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.

    Prezident Urgut tumanini to‘liq erkin iqtisodiy zonaga aylantirish, viloyatning barcha hududlarida ushbu iqtisodiy zonaning filiallarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Shuningdek, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi negizida xolding kompaniya tuziladi.

    Qo‘shrabot, Ishtixon va Urgut tumanlarida 8 ming gektarda intensiv bog‘ va uzumzorlar barpo etib, 4 mingdan ziyod kishini ish bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Chorvachilikda yana 4 ming, pillachilik va ipak mahsulotlari tayyorlashda 12 ming ish o‘rni yaratish mumkinligi qayd etildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Har bir mahalladagi muammo va imkoniyatlarni tanqidiy o‘rganish, aholini tadbirkorlikka va o‘zini o‘zi band qilishga jalb etish orqali kambag‘allikni qisqartirish asosiy vazifa bo‘lishi ta’kidlandi.

    2021-yilda 915 ta qishloq va mahallada qurilish va obodonlashtirish ishlari bajarilishi, 658 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari ta’mirlanib, 210 ta qishloq va mahalladagi suv ta’minoti yaxshilanishi aytib o‘tildi. Ipoteka dasturi doirasida 3 ming 450 kvartirali ko‘p qavatli uylar qurilib, 2 ming 200 ta oilaga subsidiya beriladi.

    Ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirish, yoshlar bilan tizimli ishlash bo‘yicha ham vazifalar belgilandi.

    Bundan avval “Urgut” EIZning yanada rivojlanishi hamda SamDUning Urgut filiali ochilishi ma’lum qilingani, Prezident Samarqanddagi tuman nomini o‘zgartirishni taklif qilgani hamda Shavkat Mirziyoyev xalq ishonchiga munosib ishlamayotgan amaldorlarni tanqid qilgani haqida xabar berilgandi.

    16.04.2021, 16:59   Izoh (0)   16705
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga to‘rtinchi kun ko‘tarildi

    16.04.2021, 16:35

    O‘zbekistonga kelasi haftada sovuq va nam havo massalari kirib kelishi natijasida harorat pasayishi kutilmoqda

    16.04.2021, 15:46

    Qarshida IIB xodimi “Daryo” muxbiriga qo‘pollik bilan tahdid qildi. IIV vaziyat o‘rganib chiqilishini ma’lum qildi

    16.04.2021, 15:34

    AOKA internetda giyohvand moddalar reklamasi joylashtirilgan 50 dan ortiq resurs o‘chirilganini ma’lum qildi

    16.04.2021, 15:22

    “Paxtachi degan nom menga yoqmaydi”. Prezident Samarqanddagi tuman nomini o‘zgartirishni taklif qildi

    16.04.2021, 15:10

    Namanganda 2021-yil birinchi choragida hokimlarning 30 dan ortiq qarori haqiqiy emas deb topildi

    16.04.2021, 14:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.