• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    150 yillik muzey. “Metropoliten” muzeyi tarixi

    “Metropoliten” san’at muzeyi dunyodagi eng yirik muzeylardan biri bo‘lib, tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha reytinglarda to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. 2018-yildan beri muzeyga bepul kirish huquqi faqat u joylashgan hudud aholisi – nyu-yorkliklar uchun saqlanib qolgan, qolgan tashrif buyuruvchilar uchun 25 dollarlik badal joriy qilingan. “Daryo” bugun sizni ushbu muzey bilan tanishtiradi.

    Muzeyga 1870-yilda asos solingan. 2013-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, muzeyning yillik tashrif buyuruvchilari soni 6 226 727 tani tashkil etadi. Muzey direktori Maks Xollyayndir.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Muzey tarixi

    Muzey 1870-yilning 13-aprelida bir guruh amerikalik ishbilarmonlar va san’at ixlosmandlari tomonidan tashkil etildi va birinchi marta 1872-yil 20-fevralda jamoatchilikka ochildi. Uning birinchi prezidenti Jon Teylor Jonson, ijrochi direktori esa Jorj Palmer Putnem edi. Ilk kirish chiptalari turli rangdagi kichkina dumaloq nishonlar bo‘lib, har bir hafta kunining nishoni turlicha ranglangan. Ularni ust kiyimlariga yopishtirish yoki esdalik sifatida olib qolish mumkin edi. 2014-yilda muzey metall nishonchalardan foydalanishni to‘xtatdi va stikerlarga o‘tdi.

    Muzey 1880-yilda amerikalik me’morlar Kalvert Voks va Jeykob Moldlar tomonidan bozar uslubida qurilgan.

    Muzey kolleksiyasi

    Muzey uchta shaxsiy kolleksiya – 174 ta san’at asari, shu jumladan, Xals, Van Deyk, Tepolo va Pussenning ishlariga asoslangan. Muzey kolleksiyasi juda tez o‘sdi. Jon Kensett vafotidan so‘ng uning shaxsiy kolleksiyasidagi 38 ta rasm muzey tasarrufiga o‘tdi. Ammo faqat XX asrga kelibgina muzey dunyo miqyosida shuhrat qozondi. 1907-yilda muzey Ogyust Renuardan o‘zining birinchi rasmini sotib oldi.

    Bugungi kunda “Metropoliten” o‘zining impressionistik va post-impressionistik to‘plamlari bilan faxrlanadi. Muzeyning doimiy to‘plamda ikki milliondan ortiq tasviriy asarlar mavjud. Unda juda katta gravyuralar to‘plami bor. Fotosuratlarning katta to‘plamlari orasida Uolker Evans, Diana Arbus, Alfred Stiglitz va boshqalarning ishlari bor.

    2013-yil aprel oyida kolleksioner Leonard Lauder o‘zining kubizm yo‘nalishiga mansub 78 asardan iborat to‘plamini muzeyga sovg‘a qildi, undagi 33 asar Pikassoga tegishli edi.

    Har yili muzeyning yangi xaridlarni o‘zida aks ettiruvchi “Yillik hisobot” nashr etiladi. 2017-yil fevral oyida muzey o‘z kolleksiyasidan 375000 ta raqamlangan san’at asarini ommaga taqdim etdi. Ushbu rasm va fotosuratlarni shaxsiy va tijorat maqsadlarida erkin ishlatish mumkin. Bundan tashqari, ularni tahrirlash va yangi kompozitsiyalar tarkibida ishlatish mumkin.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Kostyum instituti

    Kostyum instituti o‘zining har yili Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan Met Gala shousi bilan mashhur.

    Kostyum san’ati muzeyi Eylin Bernstayn va Ayrin Levison tomonidan tashkil etilgan. 1937-yilda u “Metropoliten” san’at muzeyining tarkibiga kirdi va o‘z nomini Kostyum institutiga o‘zgartirdi. Bugungi kunda uning kolleksiyasida 35000 dan ortiq kostyum va aksessuar mavjud. Institut ilgari muzey binosining pastki qismida joylashgan “Poydevor” laqabli galereyaga ega edi.

    Muzeyda Vogue jurnalining bosh muharriri Anna Vintur boshchiligidagi har yili o‘tkaziladigan Met Gala ko‘rgazmasi moda olamidagi nihoyatda ommabop hodisaga aylandi. Ta’kidlash joizki, 2007-yilda ko‘rgazmaga kirish uchun chiqarilgan 700 ta chiptaning har birining boshlang‘ich narxi 6500 AQSh dollarini tashkil etgan. Har bir ko‘rgazma modani ijtimoiy qadriyatlarning ko‘zgusi sifatida namoyish etadi va tarixiy uslublarni, ularning bugungi modaga qarab evolyutsiyasini ko‘rsatib beradi.

    2014-yil 14-yanvardan boshlab Kostyum instituti majmuasi Anna Vintur nomi bilan atala boshlandi. Institut kuratori Endryu Bolton hisoblanadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

     Qurol-aslahalar bo‘limi

    Muzeyning eng keng bo‘limlaridan biri turli davrlar va madaniyatlarda qo‘llanilgan qurol-aslahalarga bag‘ishlangan. Ushbu kolleksiyaning ilk eksponatlari 1881-yilda sotib olingan. 1904-yilda muzey Yevropa va yapon qurol-yarog‘larining ikkita yirik kolleksiyasini sotib oldi va bu kolleksiyalar tez orada xalqaro miqyosda mashhurlikka erishdi.

    Eksponatlar orasida XV-XVI asrlarga oid Eron va Onado‘lidan kelgan qurol-aslahalar, shuningdek, Usmonlilar imperiyasi va mo‘g‘ullar davlatining marvaridlari bilan bezatilgan qurollar mavjud. To‘plam hajmi qariyb 14 ming dona eksponatni tashkil etadi, ular orasida hukmdorlar tomonidan ishlatilgan ko‘plab aslahalar, shu jumladan, Angliya qiroli Genrix VIII, Fransiya qiroli Genrix II va imperator Ferdinand I ning zirhlari ham bor.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Muzey bo‘limlari

    Hozirgi kunda “Metropoliten”da quyidagi bo‘limlar mavjud:
    • Amerika dekorativ san’ati bo‘limi;
    • Amerika rassomligi va haykaltaroshligi bo‘limi;
    • Qadimgi O‘rta Sharq san’ati bo‘limi;
    • Qurol-aslahalar bo‘limi;
    • Afrika, Okeaniya va Amerika san’ati bo‘limi;
    • Osiyo san’ati bo‘limi;
    • O‘rta asr galereyasi bo‘limi;
    • Kostyum instituti;
    • Chizmalar va litografiyalar bo‘limi;
    • Qadimgi Misr san’ati bo‘limi;
    • Yevropa rassomchiligi bo‘limi;
    • Yevropa haykaltaroshligi va dekorativ san’ati bo‘limi;
    • Qadimgi yunon va Rim san’ati bo‘limi;
    • Islom san’ati bo‘limi;
    • Robert Leman to‘plami;
    • Kutubxonalar;
    • O‘rta asr san’ati bo‘limi;
    • Zamonaviy san’at bo‘limi;
    • Musiqiy asboblar bo‘limi;
    • Fotosuratlar bo‘limi.
    Ushbu doimiy ko‘rgazmalardan tashqari vaqtinchalik ko‘rgazmalar uchun bir nechta zallar ham mavjud.

    Dilbar Ismatullayeva tayyorladi.

    15.04.2021, 16:22   Izoh (0)   30468
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiya va Hindistonda rekord darajada ko‘p odam koronavirusga chalindi, Rossiyaga har qanday transportda qaytayotgan fuqarolar test topshirishi shart, Qozog‘iston...

    15.04.2021, 16:10

    OAV: AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorladi. Rossiya diplomatlari AQShdan chiqarib yuboriladi va Rossiya davlat qarziga nisbatan cheklovlar o‘rnatiladi...

    15.04.2021, 14:56

    Turkmaniston prezidenti parlament yuqori palatasining raisi etib saylandi

    15.04.2021, 11:10

    Rossiyada o‘latga qarshi dunyodagi birinchi subbirlik vaksina yaratildi

    15.04.2021, 09:47

    Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi Serbiyada chiqarila boshladi. Uni yana qaysi mamlakatlar ishlab chiqaradi?

    15.04.2021, 09:22

    Litvada Moderna vaksinasini qabul qilgan erkak vafot etdi. Ayni vaqtda kompaniya o‘z vaksinasining samaradorlik darajasini pasaytirdi

    15.04.2021, 08:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Braziliya tovarlariga 50 foiz boj solish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 10 iyul, 08:50

    Kanada va Meksika aholisining yarmidan ko‘pi AQSHni asosiy tahdid deb hisoblamoqda

    Dunyo | 10 iyul, 08:30

    Klublar o‘rtasidagi JCh. “PSJ” “Real”ni tor-mor etib, musobaqa finaliga yo‘l oldi (video)

    Sport | 10 iyul, 08:01

    “Joriy yil oxirigacha issiq suv va issiqlik taʼminoti to‘lovlari bir martadan ortiq oshirilmaydi” — Ilhom To‘rayev

    O‘zbekiston | 10 iyul, 08:00

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.