• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Gestapochi Huber haqida yangi faktlar, vafot etgan shahzoda Filipp. Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” an’anaviy jahon matbuoti sharhi ruknida dunyo matbuotida e’lon qilingan eng muhim xabarlarni taqdim etadi.

    Jazodan qutulib qolgan gestapochi Yozef Huber

    The New York Times nashri minglab yahudiylarning o‘lim lagerlariga yuborilishida mas’ul bo‘lgan, AQShning ko‘magi yordamida urushdan keyin GFRning xavfsizlik xizmatiga ishga joylashtirilgan gestaponing Venadagi bo‘limi boshlig‘i Frans Yozef Huber haqidagi yangi tafsilotlarni ochiqladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Markazda qo‘lqop tutgan Huber

    1938-yilda Gitler Avstriyani bosib olgandan so‘ng Frans Yozef Huber Venadagi gestapoga 1944-yilga qadar rahbarlik qilib keladi. Huber boshchilik qilgan gestapo byurosi Berlindagi idoradan so‘ng o‘z ko‘lamiga ko‘ra ikkinchi katta idora hisoblanardi. 1948-yilda Huber sud mahkamasiga tortiladi, ammo AQShning MRB himoyasi bilan jazodan qutulib qoladi.

    Huberning qo‘l ostida Venadagi idorada 900 ga yaqin xodim ishlar va ularning idorasi Metropol mehmonxonasida joylashgan bo‘lib, mazkur qarorgohda 50 mingdan ziyod insonning taqdiriga hukm o‘qiladi.  Huber yahudiylarni o‘lim lagerlariga yuborishda SSning yahudiylar bo‘limi rahbari Adolf Eyxman bilan yaqin hamkorlik qiladi. 1938-yildan to 1945-yilga qadar 65,5 mingdan ortiq asosan venalik yahudiylar halok bo‘ladi. Huber tergov jarayonida bir necha marta o‘lim lagerlarini borib ko‘rganligini e’tirof etadi. U 1936-yild Daxau va Zaksenxauzen o‘lim lagerini va 1939-yilda Matxauzendagi o‘lim lagerlariga tashrif buyuradi. Tergov davomida berilgan so‘roqlarga Huber hech qachon o‘lim lagerlarida shafqatzilikni ko‘rmaganligini, insoniylik uning uchun eng muhimi ekanini aytgani MRBning arxiv xujjatlarida saqlanadi. Aslida esa natsist lagerlaridagilar muntazam qiynoqlar, ochlik, og‘ir mehnatga va gaz kameralarini boshidan kechirgani haqidagi faktlar tarixiy hujjatlarda saqlanib qolgan. Misol uchun Osvensim mehnat lageriga olib kelinganlarning taqriban 70 foizi kelgan kunlarining 1 kunidayoq jismonan yo‘q qilinardi.

    Huber tirik qolish uchun o‘z siyosiy qarashlarini osonlik bilan o‘zgartira olishi mumkin bo‘lgan san’atni qoyilmaqom qilib o‘zlashtirgandi. 1920-yillarda o‘z kasbiy faoliyatini politsiyachilikdan boshlagan Huber barcha siyosiy guruhlar va hattoki SS a’zolari ustidan ham kuzatuvni olib boradi. 1933-yilda Gitler hukumat tepasiga kelganidan so‘ng ashaddiy natsist ekanligini isbotlab berishga va gestapoga ishga kirishga muvaffaq bo‘ladi.  Ko‘p yillar mobaynida Venadagi gestapo faoliyatini o‘rgangan Mixael Xolsman The New York Timesga bergan intervyusida “Huber fashist Germaniyasining mayda mulozimidan muvaffaqiyatli katta amaldorga aylangan gestapo rahbarlaridan biri bo‘lganligini” aytadi.

    1945-yil may oyida Huber AQSh harbiylari tarafidan qo‘lga olinadi. Uning katta hamkori Eyxman qochishga va Argentinada berkinishga muvaffaq bo‘ladi. Biroq 1960-yillarda Eyxman Isroil maxfiy xizmati “Mossad” tarafidan o‘g‘irlanib, Isroilga olib kelinadi. 1962-yilda Eyxman yahudiylarga qarshi jinoyatda ayblanib dorga osish orqali qatl qilinadi. Huber uch yil qamoqda o‘tirib chiqqach, ozod qilinadi. MRB maxfiy hujjatlarida Huberning ozod qilinishini quyidagicha asoslab berishadi: Huber MRB nazarida tashkilot uchun foyda keltiradigan hamkorga aylanishi mumkin edi. AQSh, shuningdek, Huberdan urushdan so‘ng sotsializm yo‘lidan ketgan Vengriyadagi eski tarafdorlarini sovetlarga qarshi ishlatishni ko‘zda tutgandi.

    Maxfiy hujjatlardan ma’lum bo‘ladiki, AQShning MRB tashkiloti sovuq urush yillarida minglab sobiq natsistlardan kommunizmga qarshi kurashda foydalangan. FQB va MRB nazarida sobiq natsistlar SSSRga qarshi kurashda qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishi alohida ta’kidlanagan. 1947-yilda ko‘plab turli xil guvohlik ko‘rsatmalariga qaramasdan amerikalik tergovchilar Huber natsizmning ashaddiy tarafdori bo‘lmaganligini, irqiy g‘oyalarga befarqligini dalil sifatida keltirib, Huberga ishonsa bo‘ladi, deya xulosa beradi.

    Huber qamoqdan ozod bo‘lgach ona shahri Myunxenga qaytib keladi va 1955-yildan boshlab GFRning razvedka tashkilotida ish boshlaydi. Ko‘p yillar mobaynida Avstriya hukumati Huberni ekstraditsiya qilishni so‘rab keladi, ammo o‘rtaga tushgan MRB sabab Germaniya Huberni rasmiy Vena qo‘liga topshirmaydi.

    1964-yilda Huberning GFR razvedkasida ishlashi ko‘plab muammolarga sabab bo‘layotganligi manzarasida mulozimlar Huberni ta’tilga yuborishga qaror qiladi. 1967-yilda Huber yaxshi nafaqa puli bilan nafaqaga chiqadi. Davlatning muhim amaldori bo‘lgan Frans Yozef Huber 1975-yilda Myunxendagi o‘z uyida vafot etadi.

    Shahzoda Filippning vafoti

    The Times nashri Buyuk Britaniya qirolichasi turmush o‘rtog‘i shahzoda Filipppning 99 yoshda vafot etgani haqida maqola e’lon qildi. Shahzoda Filippp 70 yildan ko‘proq vaqt mobaynida qirolicha Yelizaveta II ning suyangan tog‘i bo‘lib keldi. 10-aprel sanasida Buyuk Britaniya qirollik xonadoni a’zolari Vindzordagi Avliyo Georg cherkovida shahzoda Filippni so‘nggi manzilaga kuzatish marosimini o‘tkazdi.

    Foto: Google Photos

    Nega omaviy axborot vositalari shahzoda Filippning vafotiga alohida urg‘u bilan qaramoqda? Avvalo, Yelizavta II ning Britaniya monarxi sifatida ko‘p umr ko‘rgani alohida e’tiborga loyiq. Yelizaveta II 69 yil mobaynida Buyuk Britaniya va 15ga yaqin mamlakatlarning ramziy rahbari sifatida qolmoqda.   Qirolicha, shuningdek, 54 ta mamlakatning ixtiyoriy ravishda belgilagan davlat rahbari ham sanaladi. Bu mamlakatlar esa qachonlardir Buyuk Britaniyaning vassal mamlakatlari edi. Shu sababdan Yelizaveta II ning ushbu mamlakatlardagi nufuzi qay darajada ekanligini baholash qiyin bo‘lsa-da, ammo uning ahamiyatini kamaytirib bo‘lmasligi barchaga ma’lum.

    BBC shu o‘rinda mustaqil nashr bo‘lsa-da, Buyuk Britaniya monarxlari taqdiriga xolisona yondashgan holda jahon matbuotida tarqalgan turli mavzudagi xabarlarni xolisona yoritishga harakat qilmqda. BBC axborot agentligi o‘z soliq to‘lovchilarining  manfaatlarini hisobga olgan holda xolis axborot yetkazishga intilmoqda. 2002-yilda Yelizaveta II ning onasi vafot etganda ona qirolichani so‘nggi manzilga kuzatish uchun 100 mingdan ziyod aholi Vestminster qasriga to‘plangandi.

    16-mart sanasida kasalxonada yotgan Filipp haqida qirolicha uning salomatligi yaxshi ekanligi, imkon qadar shahzoda Filipp bilan ko‘p vaqtini o‘tkzayotganligi haqida xabar bergandi, Hattoki aynan shu sanada shahzoda Filippga shifoxonadan ruxsat berilganligi haqida ma’lumot tarqalgandi.

    Marhum shahzoda jurnalistlarga bergan intervyusida o‘limidan keyin ko‘p turli xabarlarga e’tibor bermaslikka, sababi u Britaniyaning oddiy vatandoshi ekanligiga alohida ta’kid berib kelgan bo‘lsa-da, hozirda turli dunyo ommaviy axborot vositari shahzoda Filippning o‘tmishini xotirlashni ma’qul topmoqda. Ammo bugun dunyo tezkor axborot davrida yashamoqda va muhim xabarlar internet vositasida tezkorlik bilan tarqalmoqda.

    Shahzoda Filippning jasadi qirolicha Yelizaveta II vafotiga qadar avliyo Georgiy ibodatxonasida saqlanadi. Qirolicha vafot etganidan so‘ng esa qirolicha va shahzoda jasadlari Birgalikda avliyo Georgiy ibodatxonasiga dafn etiladi.

    Ko‘p yillar mobaynida shahzoda Filipp qirolicha Yelizaveta II ning tayanchi, maslahatchisi, umr yo‘ldoshi va qat’iylik ramzi bo‘lib keldi. Shahzoda Filipp 96 yoshni qarshilagunga qadar o‘z umr yo‘ldoshi qirolichaning suyangan tog‘i bo‘lib keldi va 96 yoshida nafaqaga chiqdi. Shahzoda Filipp va qirolicha 13 va 18 yoshda bo‘lgan paytda tanishgan va oradan yeti yil o‘tib 1947-yilda nikohdan o‘tgandi. Shahzoda 1956-yilda yaxtada dunyo bo‘ylab sayohat qilganidan beri juftlik bir-biridan ayrilmagan tarzda shirin hayot kechirib keldi. Qirolichaning hamrohi bo‘lish maqsadida shahzoda Filipp hattoki dengiz ofitseri bo‘lish orzusidan ham voz kechadi.

    Shahzoda Filippning vasiyatiga binoan pandemiya sababli murakkab vaziyat yuzaga kelgani bois dafn marosimi dabdabasizlik va oila sharoitada o‘tkazilishi kerak. Shahzoda Filipp, shuningdek, o‘z dafn marosimida harbiy dengiz kuchlariga atab yozgan “Eternal father, strong to save” dengiz madhiyasini ingliz flotida kuylanishini izhor qilgan.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    11.04.2021, 14:14   Izoh (0)   47411
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shimoliy Koreyada masofaviy ta’lim uchun javobgar bo‘lgan mansabdor qatl etildi

    11.04.2021, 13:42

    Turkiya prezidenti Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishini qat’iyan tan olmasligini ma’lum qildi

    11.04.2021, 11:41

    Qirg‘izistonda konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish haqidagi referendum bo‘lib o‘tmoqda

    11.04.2021, 11:12

    Shahzoda Filippning dafn marosimi 17-aprelga belgilandi. Ungacha Britaniyada milliy motam davom etadi

    11.04.2021, 10:34

    Shveysariyada koronavirusga qarshi emlanganidan keyin 50 nafardan ortiq odam vafot etgan

    10.04.2021, 18:10

    Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i shahzoda Filipp 99 yoshida vafot etdi

    09.04.2021, 17:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.