• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Oq uy parisining fojiali qismati: Jaklin Kennedi haqida hammaga ham ma’lum bo‘lmagan 10 ta fakt (foto)

    Amerika xalqining faxri, 1960-yillarning moda timsoli va ko‘p jihatdan o‘rnak bo‘lgan ayol Jaklin Kennedi haqidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

    Vogue jurnalining muharriri bo‘lgan

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    Turmushga chiqquniga qadar jurnalistika bilan shug‘ullangan Jaklin, 21 yoshida Vogue jurnalining kichik muharriri lavozimini egallagan. Bir yarim yil davomi jurnalning Amerika keyin esa fransuz tahririyatida ishlagan.

    O‘zining to‘y libosini yoqtirmagan

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    Enn Lou tomonidan tikilgan ko‘ylakni yoqtirmagan Kennedi xonim, uni lampaning qalpog‘iga o‘xshatgan. Ammo minglab amerikaliklar uning bu fikriga qo‘shilmagan va shunday obrazni o‘zlarida takrorlashni istagan. Jaklin tomonidan taqilgan vintaj uslubidagi fata esa uning buvisiga tegishli bo‘lgan. Jon Kennedi esa uning ko‘rinishini go‘zal va pariga o‘xshaydi deb hisoblagan. Shundan keyin odamlar Jaklinni Oq uyning parisi deb atay boshlagan.

    Onasi hashamatli to‘yga qarshi bo‘lgan

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    Kennedi xonim to‘y marosimidan avval onasi va bo‘lajak qaynanasining suhbatini eshitib qolgan, onasi mehmonlar soning ko‘pligi (1500 taga yaqin)dan shikoyat qilgan. “Ochinkloss xonim, sizga lo‘ndasini aytaman. Siz shunchaki qizingizni uzatyapsiz. Men esa mazkur to‘yda mamlakatga AQShning bo‘lajak birinchi xonimini tanishtirishim kerak”, — degan Jozef Kennedi.

    “Emmi” mukofotiga sazovor bo‘lgan

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    1960- yilda Jon Kennedi prezident bo‘lgach, Jekida Oq uyni qayta ta’mirlash imkoni paydo bo‘lgan. Bunday joyda tarixiy muhit hukm surishi kerak deb hisoblagan Jeki, noyob san’at qo‘mitasini tashkil qilgan. Loyihani moliyalashtirish bilan birga antikvar mebellar, idishlar va Amerika tarixi uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa narsalarni xarid qilgan. 1962-yilda CBS telekanali bilan birga amerikalik teletomoshabinlar uchun Oq uyda ekskursiya taskil qilgan. Shundan so‘ngra mamlakat merosini saqlashga qo‘shgan hissasi sabab “Emmi” mukofotiga loyiq ko‘rilgan. Hozirgi kunda uning mukofoti Massachusetsdagi Kennedi kutubxonasida saqlanadi.

    Erining “surunkali” xiyonatlariga ko‘z yumgan

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    To‘ydan keyin hammasi idealdek ko‘ringani bilan unday bo‘lmagan. Jonning Merilin Monro bilan munosabatlari butun mamlakatda gap-so‘z bo‘lgan. Mish-mishlarga qaraganda kunlardan bir kuni xonanda, Oq uyga telefon qilib, Jaklinga uning eri bilan munosabatda ekanini doston qilgan. Bunga javoban birinchi xonim: “Juda ham ajoyib… Men ketaman va siz mening barcha muammolarimni hal qilasiz”, — deb javob bergan.

    Jaklin turmush o‘rtog‘ining qoni bilan qoplangan kostyumni almashtirishdan bosh tortgan

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    Jonning Dallasda o‘ldirilishi butun mamlakat aholisi uchun kutilmagan holat bo‘lgan. U Jaklinning qo‘lida jon bergan. Ayolning ustidagi pushti Chanel kostyumi, uning qoni bilan “qoplangan”. Ammo bir necha soatdan so‘ng keyingi prezident Lindon Jonsonning qasamyodida ham Jeki, nima qilishganini hamma ko‘rib qo‘ysin, deb kiyimni almashtirishdan bosh tortgan. Shundan buyon o‘sha pushti kostyum motam ramziga aylangan va noyabrdagi o‘sha mudhish kunni esga solib turadi.

    Mish-mishlarga qaraganda Robert Kennedi bilan munosabatda bo‘lgan

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    Jaklinning Robert bilan munosabatda bo‘lganiga isbot bo‘lmasa ham yildan-yilga ular o‘rtasida bir gap borligi haqida mish-mishlar bolalayveradi. Taxminlarga qaraganda, Jeki Robert sevgan yagona ayol bo‘lgan. Jonning o‘limidan keyin uni qo‘llab-quvvatlagani esa bu kabi gap-so‘zlar ko‘payishiga yana bir sabab bo‘lgan. Aytishlaricha, ularning munosabati uch yil davom etgan, ammo hech kim bu haqida og‘iz juftlay olmagan, oqibatda yopiq qozon yopiqligicha qolgan.

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    Kennediga yaqin oilalar 1964-yilning qishiga yaqin ularning har ikkisi ham bir-biriga bo‘lgan munosabatlarini yaqinlari orasida yashirmaganini ta’kidlagan. Robert prezidentlik saylovlarida qatnashishi arafasida esa juftlik bir-biridan uzoqlashgan. Ayriliqni hazm qilishi oson bo‘lmagan Jaklin keyinchalik milliarder Aristotel Onassis bilan uchrasha boshlagan va ko‘p o‘tmay ular turmush qurgan. Robert esa akasi singari suiqasd oqibatida vafot etgan.

    Kennedilar la’natga uchraganmi?

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    Amerikalik jurnalistlarning Kennedilarning la’natlangani haqida bong urishiga, ularning birin-ketin fojiali vafot etgani sabab bo‘lgan. Katta Jon Jozefning otasi va uning rafiqasi Roza Fisjerarld Kennedining 9 farzandidan to‘rttasi yoshligida vafot etgan. Jon va Jaklinning ikki farzandi ham hayotdan ko‘z yumgan. O‘g‘li kichik Jon Kennedi esa 39 yoshida aviahalokatda vafot etgan. Robert Kennedining o‘g‘li Devid esa 28 yoshida kokain dozasini oshirib yuborishdan hayotdan ko‘z yumgan.

    Jaklin Kennedi Nyu-Yorkning markaziy vokzalini saqlab qolgan

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    1975-yilda Nyu-Yorkning markaziy vokzalini buzish haqida qaror qabul qilingan. Bundan xabar topgan Jaklin bunga qarshi kurashgan va shahar hokimiga xat yozgan.

    “Shahrimizning faxri bo‘lgan yodgorliklarni yo‘q qilib sekin-asta o‘likka aylanishiga qo‘yib berish vahshiylik emasmi? Uning go‘zalligi va tarixi qolmasa, farzandlarimiz nimadan ilhomlanadi? Farzandlarimiz shahrimizning o‘tmishidan ruhlanmasa, kelajagi uchun kurashishga qayerdan kuch topadi? Amerikaliklar o‘tmishini qadrlaydi, ammo qisqa muddatli manfaatni deb uni inkor qiladi va barcha qadrli joylarni buzib tashlaydi”.

    Mazkur maktubdan keyin Jaklin nafaqat vokzal, balki Nyu-Yorkdagi Lafayet maydonini ham saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.

    Jaklin Kennedi muharrir sifatida muvaffaqiyatli karyera qilgan

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    Jekining kitoblarga bo‘lgan sevgisi hamisha yuqori bo‘lgan. Ikkinchi turmush o‘rtog‘i Aristotelning vafotidan keyin Nyu-Yorkka ko‘chib kelgan hamda Viking Press kitob nashrining konsalting muharriri bo‘lgan. Umrining oxiriga qadar esa Doubleday nashrining muharriri bo‘lib faoliyat yuritgan.

    Mavzuga doir:

    • Malika Diana, Maykl Jekson va boshqa mashhurlarning o‘limidan avval olingan so‘nggi suratlari
    • Foto: Baxtsiz sevgi tufayli joniga qasd qilishga uringan mashhurlar
    • Amerikaga yangi hayot umidini bergan prezident. Jon Kennedi o‘ldirilganiga 57 yil bo‘ldi
    • Jon Kennedi, Odri Xepbyorn va XX asrning boshqa taniqli shaxslarining avlodlari (foto)

    09.04.2021, 11:55   Izoh (0)   26562
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: O‘zbekistonga qaytgan Ulug‘bek Qodirov, Shukurullo Isroilovning 50 ming dollarlik mashinasi, ikki xonali uyga yetadigan gonorar olgan xonanda

    08.04.2021, 22:16

    Yosh aktrisa Madina Nigmatullayeva “Omonat” serialidagi partnyori Mahmud Tursunovga turmushga chiqdi (video)

    08.04.2021, 21:16

    Charli Chaplin, Eynshteyn, Stalin kabi mashhur tarixiy shaxslarning avlodlari nima bilan shug‘ullanadi? (foto)

    08.04.2021, 20:34

    Uchinchi avlod aktyori: Bollivud yulduzi Dharmendraning nabirasi Rajvir Deol ilk bor filmda suratga tushadi

    08.04.2021, 19:59

    Qizil yo‘lakda eng katta va og‘ir ziraklarda ko‘rinish bergan mashhur ayollar (foto)

    08.04.2021, 17:23

    “Biz shahzoda bilan sinfdoshmiz”: Bitta maktabda o‘qigan mashhurlar (foto)

    08.04.2021, 16:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BMT Falastin davlati qurilishida yordam berishini ma’lum qildi

    Dunyo | 27 iyul, 18:30

    Avstriyada 400 ga yaqin yo‘lovchi qorong‘i tunnelda 6 soat qolib ketdi

    Dunyo | 27 iyul, 17:50

    “Real Madrid” 5 nafar futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor

    Sport | 27 iyul, 17:46

    Tailand va Kamboja o‘rtasidagi to‘qnashuvlar Tramp vositachiligiga qaramay davom etmoqda

    Dunyo | 27 iyul, 17:06

    O‘zbekistonning qaysi hududida ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng pastligi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 16:38

    “Qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash lozim” — Eron prezidenti

    Dunyo | 27 iyul, 15:48

    Levandovski kelajagi borasida gapirdi

    Sport | 27 iyul, 15:25

    Islom Maxachev navbatdagi jangi sanasini e’lon qildi

    Sport | 27 iyul, 15:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.