• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Amerikaga yangi hayot umidini bergan prezident. Jon Kennedi o‘ldirilganiga 57 yil bo‘ldi

    Bundan 57 yil oldin AQSh prezidenti Jon Fitsjerald Kennedi o‘ldirilgan edi. Kennedi mamlakatni uzoq vaqt davomida boshqarmagan bo‘lsa ham, u Amerikaning eng mashhur rahbarlaridan biri edi. Kennedi rasman yolg‘iz qotil Xarvi Osvald tomonidan o‘ldirilgan deb hisoblansa-da, aksariyat amerikaliklar AQSh prezidentini fitna qurboniga aylangan deb o‘ylaydi. “Daryo” Amerikaning hech kimga o‘xshamagan prezidenti faoliyati va taqdiri haqida hikoya qiladi. 

    Usti ochiq mashina Dallas ko‘chalaridan o‘tib bormoqda, mashinada jilmayib o‘tirgan odamlar ularni olqishlayotgan olomon bilan salomlashmoqda. Birdan o‘q ovozlari eshitildi. Jarohat olgan prezidentning boshi, yonida o‘tirgan ayolining yelkasiga tushib qoldi… Havaskor kamerachi tomonidan suratga olingan ushbu fojiali kadrlarni butun dunyo ko‘p marotaba ko‘rdi. AQSh prezidenti o‘z rafiqasi Jaklin Kennedi va minglab odamlarning ko‘z o‘ngida halok bo‘lgani butun Amerika xalqini shok holatiga solib qo‘ydi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Kennedi prezidentligi

    Kennedi o‘zidan oldingi prezidentlarga o‘xshamasdi. U Oq uyni taniqli yozuvchilar va madaniyat arboblari tashrif buyuradigan muvaffaqiyatli amerikaliklar klubiga aylantirgandi. Jon Kennedi nafaqat siyosatchi, balki amerikaliklarga yangi hayot umidini baxsh etgan yulduz edi. Kennediga o‘sha “Bitlz davri” prizmasidan qaraydigan bo‘lsak, u davr siyosatchilari ichida o‘ziga xos rokstar edi. Uning birinchi prezidentlik muddati 1960-yilda boshlandi.

    U mamlakat boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan paytda AQShda iqtisodiy tanazzul, ishsizlik va irqiy adolatsizlik kabi bir qator qiyinchiliklar mavjud edi. Uning ichki siyosati amerikaliklar uchun yangilik bo‘lib tuyuldi, chunki ikkita konservativ qarashlarga ega bo‘lgan prezidentlardan keyingi Kennedining liberal qarashlari xalqqa dalda beruvchi kuchga ega bo‘ldi. Masalan, u barcha fuqarolar uchun teng huquqlarni himoya qildi va soliqlarni kamaytirishga ham harakat qildi.

    Oyga yo‘l

    Kennedi SSSRni hamma narsada quvib o‘tishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygandi va kosmik rejalar uning eng ustuvor vazifasi bo‘ldi. Xususan, uning prezidentlik davrida ilk bora Oyga uchish dasturlari yarala boshladi. “Men ishonaman, bu millatning o‘n yillik oxirigacha erishishi kerak bo‘lgan bitta katta maqsadi bor. Bu maqsad odamni oyga yuborish va uni Yerga eson-omon qaytarishdir. Hech qanday kosmik loyiha bundan-da muhim bo‘la olmaydi…”, degan edi Kennedi.

    Tashqi siyosat

    Tashqi siyosiy vazifalar bilan shug‘ullanish esa u uchun ancha qiyin kechdi. Dunyodagi urushlar 1961-yilda uni Tinchlik korpusini tuzishga undadi. Qog‘ozda  ushbu agentlik jahon davlatlari o‘rtasida tinchlikni saqlash uchun ishlab chiqilgan, aslida esa urush zaiflashtirgan mamlakatlarda kommunizmning tarqalishini oldini olish usuli edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Karib inqirozi

    Vyetnam urushi va Kubadagi Fidel Kastroning kommunistik rejimini ag‘darishga qaratilgan urinishlar AQSh uchun samarasiz yakunlandi. Kastro rejimidan norozi kubaliklardan foydalanish rejasi ham amalga oshmadi. AQSh tomonidan Kubaga tashlangan bu isyonchilar bir necha kun ichida o‘ldirildi va Kuba Sovet Ittifoqiga yaqinlashdi, bu esa  AQSh uchun yangi muammolarni keltirib chiqardi.

    Kubada Karib inqirozi boshlandi. Dahshatli yadroviy zarba berishga tayyor bo‘lgan Amerika va SSSR dengiz flotlari Kubaga yo‘l oldi. Xavf juda katta – qaysidir tomondan hujum boshlansa, bu yadroviy urushga aylanib ketishi mumkin edi. Shuning uchun Kennedi va Xrushchev kelishib oldi: Moskva o‘z raketalarni Kubadan, AQSh esa Turkiyadan olib chiqdi. Bir tomondan, bu deyarli butun dunyoni urushdan saqlab qoldi, ikkinchi tomondan esa AQSh prezidentining reytinggi qulay boshladi.

    Dallasga tashrif

    1963-yilda AQShda prezidentlik uchun yangi kurashlar boshlandi. Bu safar Kennedi tomonidan Texas shtatining Dallas shahriga ham saylovoldi tashviqoti bilan tashrif buyurishga qaror qilingandi, chunki avvalgi saylovlar paytida bu shahar aholisi Kennediga emas Niksonga ovoz bergan edi. Shu sababli, shaxsan prezidentning o‘zi kelib, saylovchilar bilan suhbatlashishi yomon fikr emasdi. Prezident kortejining harakatlanish yo‘nalishi 18-noyabr kuni tasdiqlangan bo‘lib, Kennedi kelishidan ikki kun oldin mahalliy aholiga e’lon qilindi.

    Kennedi Dallasga kelganida, prezident kolonnasi vaqtni boy bermasdan shahar markaziga yo‘l oldi. Usti ochiq limuzinda Kennedi bilan birga yana uch kishi bor edi: rafiqasi Jaklin va Texas gubernatori Jon Konnali o‘z rafiqasi Nelli bilan. Saylovchilar bilan uchrashgandan keyin Kennedi gubernator va mahalliy siyosatchilar o‘rtasidagi nizoni hal qilishi kerak edi. Biroq kortej markazga yetib borar ekan, Li Harvi Osvald o‘z qurolini Kennedining boshiga o‘q uzish uchun tayyorlardi. U atrofdagi binolardan unchalik farq qilmaydigan bino – Texas maktabidagi kitoblar omborining 6-qavatiga joylashib olgan edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Pentagon va Markaziy razvedka boshqarmasi mutaxassisi Fletcher Proutining aytishicha, kutubxona binosida ham boshqa barcha binolar singari derazalar ochiq edi. Agar u yerda maxsus agentlar o‘z ishlarini odatdagidek bajarganida, bitta ham oyna ochilmagan bo‘lardi.

    O‘q ovozlari

    Prezident limuzini kerakli nuqtaga borishi bilanoq, birinchi o‘q ovozi yangradi. Hamma ham nima bo‘lganini tushunmadi, baland qarsaklar tufayli bu atrofdagilarga feyerverklar ovoziday tuyuldi. Bundan tashqari, aksariyat tinch aholi umrida hech qachon harbiy miltiqdan otilgan o‘q ovozini eshitmagandi. O‘q Kennedining bo‘yniga tegdi. Faqatgina Texas gubernatori buni tushundi, chunki u urush faxriysi edi va o‘q ovozini shubhasiz tanirdi.

    Old o‘rindiqda o‘tirgan gubernator Konnali Kennedi tomonga qayrilib qaragan paytda, prezident allaqachon tirsaklarini egib, mushtlarini qisib, tomog‘ini mahkam ushlab olgan edi. Mashina soatiga 18–20 kilometr tezlikda harakatlanayotgandi, odamlar nima bo‘lganini tushunmadi. Jon Konnali aylanayotgan paytda yana bir o‘q ovozi yangradi – o‘q prezidentning boshiga tegdi.

    O‘qlar soni bo‘yicha tortishuvlar

    Jon Kennedi o‘ldirilgandan so‘ng deyarli darhol o‘qlar soni bo‘yicha tortishuvlar boshlandi. Ba’zilar  uchta, boshqalari esa ikkita o‘q otildi dedi, bitta “sehrli o‘q” nazariyasi paydo bo‘ldi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari qotillikdan keyin darhol guvohlarni so‘roq qilishni boshladi. Umuman olganda, politsiya prezidentga qilingan hujumning kamida uch nuqtasini ko‘rib chiqdi. Biroq respondentlarning 50 foizi kitoblar omborining 6-qavatiga ishora qildi. Ya’ni Osvald soatiga qariyb 20 kilometr tezlikda harakatlanayotgan mashinada o‘tirgan prezidentning bo‘yniga va boshiga 80 metr masofadan turib besh soniya ichida uch marta o‘q uzgan edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Osvaldning qismati

    Qotillikdan deyarli bir yarim soat o‘tgach, gumondor Li Xarvi Osvald hibsga olindi va kechqurun unga rasmiy ayblov e’lon qilindi. U ertasi kuni so‘roq qilindi, ammo Osvald hamma narsani, shu jumladan, dalillar bilan tasdiqlangan faktlarni ham rad etdi.

    24-noyabr, yakshanba kuni Osvaldni Texas okrug qamoqxonasiga olib borishmoqchi bo‘lishdi va politsiya binosining yerto‘lasidan olib chiqishayotganda jurnalistlar ichidan sakrab chiqqan Jek Rubi Osvaldni pistolet bilan otib tashladi. O‘sha kuni Osvald prezident Jon Kennedi olib borilgan kasalxonada vafot etdi. Tez orada Jek Rubi ham qamoqxonada vafot etdi...

    Konspirologiya dengizi

    So‘nggi 57 yil ichida Jon Kennedining o‘ldirilishi borasidagi rasmiy versiyaga qarshi jiddiy dalillar bazasi shakllanmadi. Shu sababli, bugungi kunda ushbu voqea atrofida fitna nazariyalari to‘lib toshdi va Kennedi keysi konspirologlar uchun bitmas tuganmas fantaziyalar maydoniga aylanib qoldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    O‘tkazilgan so‘rovnomalar shuni ko‘rsatadiki, amerikaliklarning aksariyat qismi (70 foizdan ortig‘i) rasmiy xulosalarga ishonmaydi. Kennediga qarshi suiqasd Amerika tarixining katta sirlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Prezident Tramp o‘z saylovoldi dasturlarida agar prezident bo‘lib saylansa, Kennedi o‘limi bo‘yicha maxfiy hujjatlarni oshkor qilishini aytgan edi, biroq 2017-yilda hujjatlarni oshkor qilish “milliy xavfsizlikka tahdid solishi” mumkinligi sababli oshkor qilmaslikka qaror qilganini e’lon qildi.

    Kennedilar fojiasi

    Prezident Kennedining oilasidagilar ham ayanchli taqdirga duch keldi. 1968-yilda Jon Kennedining prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘ygan ukasi Robert Kennedi ham qotil tomonidan otib o‘ldirildi. Ammo bu endi umuman boshqa hikoya...

    Nurbek Alimov tayyorladi.

    22.11.2020, 12:34   Izoh (0)   62453
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirusga chalinganlar soni dunyoda 58 milliondan, AQShda 12 milliondan oshdi

    22.11.2020, 12:15

    Belgiyada joriy etilgan cheklovlar koronavirus bilan kasallanish holatini 61 foizga tushirishga yordam berdi

    22.11.2020, 11:14

    Daniya olimlari niqob taqish samaradorligi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi

    22.11.2020, 10:32

    Tahlilchilar fikricha oltin narxi cho‘qqiga chiqib bo‘lgan va endi faqat pastlaydi

    22.11.2020, 09:31

    Ozarbayjonda maxsus karantin rejimi 28-dekabrgacha uzaytirildi

    22.11.2020, 09:12

    Germaniyada koronavirusga chalingan bemorlarni o‘ldirishda gumon qilingan shifokor qo‘lga olindi

    22.11.2020, 07:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.