So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12175.07
    • RUB 125.42
    • EUR 12831.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Shou-biznes

    Malika Diana, Maykl Jekson va boshqa mashhurlarning o‘limidan avval olingan so‘nggi suratlari

    10.02.2021, 14:36 42138

    Kadrlarda kishilarning quvonchli va baxtli lahzalari aks etadi, ammo hech kim qaysidir surat u uchun oxirgi bo‘lishini bilmaydi.

    Freddi Merkyuri 45 yoshida vafot etgan (1946–1991)

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Freddining o‘limidan ikki yil avval Queen guruhi konsertlarini to‘xtatib turgan. Bu Merkyurining ahvoli og‘irligi va vafot etgunicha ko‘proq yangi qo‘shiqlar yozishni istashi bilan bog‘liq bo‘lgan. Guruhni so‘nggi albomining klipi Freddoning ahvolini yashirish uchun oq-qora rangda suratga olingan. Ijodkorning so‘nggi surati uning OAVga bergan ma’lumotidan ikki hafta avval olingan. U qon tahlilida OITS chiqqani va oila a’zolari hamda yaqinlarini tashvishga solmaslik uchun buni sir tutishga majbur bo‘lgani, ammo endi muxlislari va do‘stlariga hammasini aytish vaqti kelganini yozib qoldirgan. Shundan hech qancha o‘tmay Freddi OITS keltirib chiqargan pnevmoniya sabab olamdan o‘tgan.

    Chester Bennington 41 yoshida vafot etgan (1976–2017)

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Linkin Park guruhining 41 yashar solisti Chester Los-Anjelesdagi xonadonida o‘lik holda topilgan. Ikki marta turmush qurgan va 6 nafar farzandli bo‘lgan xonanda depressiya va narkotik moddalarga qaramlikdan qiynalgan. Oilaviy dam olish paytida olingan surat Face of Depression ijtimoiy fleshmobini boshlash uchun asos bo‘lgan.

    Jon Lennon 40 yoshda vafot etgan (1940–1980)

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Bu surat shunchaki buyuk musiqachining so‘ngi lahzalarini o‘zida aks ettirmagan. Yonida turgan kishi uning joniga qasd qilgan — Mark Chepmen. Dastxat berganidan keyin Lenon undan yana nima xohlashini so‘ragan. Qotil bunga javoban kulib qo‘ygan. Oradan 4 soat o‘tib esa Chepmen Jonning orqasidan otib o‘ldirgan.

    Merilin Monro 36 yoshida vafot etgan (1926–1962)

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Mazkur surat 1962-yilda olingan bo‘lib, unda aktrisa musiqachi Baddi Greko bilan vaqtini chog‘ o‘tkazayotganini ko‘rish mumkin. Oradan bir necha soat o‘tib, 4-avgustdan 5-avgustga o‘tar kechasi esa Los-Anjelesdagi xonadonidan Monroning o‘lik tanasi topilgan.

    Stiv Jobs 56 yoshida vafot etgan (1955–2011)

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Stiv Jobs 2011-yil 5-oktabrda oshqozonosti bezi saratonidan vafot etgan. Multimilliarder o‘limidan avval xat yozib qoldirgan bo‘lib, unda biznesda muvaffaqiyat cho‘qqisiga erishganiga qaramay, hayotda ishdan bo‘lak uni quvontira oladigan narsalar unchalik ko‘p bo‘lmagan haqida bitilgan.

    Maykl Jekson 50 yoshida vafot etgan (1958–2009)

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Surat barcha chiptalar sotilgan, ammo salomatligi sabab qoldirilgan konsertoldi repetitsiyadan olingan. Oradan ikki kun o‘tib esa Maykl hayotdan ko‘z yumgan.

    Uitni Xyuston 48 yoshida vafot etgan (1963–2013)

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Uitni Hollywood klubidan chiqaverishda paparatssi nishoniga uchragan. Oradan ikki kun o‘tib xonanda Beverly Hilton mehmonxonasida xushsiz holda topilgan. Ijrochining uyqu vaqti hayotdan ko‘z yumishiga bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan dorilarni qabul qilgani sabab bo‘lgan.

    Emi Uaynxaus 27 yoshida vafot etgan (1983–2011)

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Surat 2011-yil 12-iyun kuni olingan, 23-iyul kuni esa xonanda xonadonida o‘lik holda topilgan. O‘limiga spirtli ichimlikdan zaharlanish keltirib chiqargan yurak xuruji sabab bo‘lgan.

    Malika Diana 36 yoshida vafot etgan (1961–1997)

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Surat 1997-yili 31-avgustda olingan. Unda malikaning paparatssi davom etyaptimi yoki yo‘q, deb ortga qaraganini ko‘rish mumkin. Shundan bir necha soniya o‘tib esa Diana avtohalokatga uchragan. Haydovchisining boshqaruvni yo‘qotgani sabab mashina devorga borib urilgan. “Qalblar malikasi” shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.

    Mavzuga doir:

    • Merilin Monro, Sheron Teyt va taqdiri fojiali yakun topgan XX asrning boshqa yulduzlari
    • So‘nggi bir necha soat: Maykl Jekson, malika Diana va boshqa mashhurlar o‘limidan oldin nimalar bilan mashg‘ul bo‘lgan?
    • O‘z o‘limini sahnalashtirganlikda gumon qilingan mashhurlar
    • Koko Shanel, Mauritsio Guchchi. Moda olamining qismati fojiali yakun topgan vakillari (foto)

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda 15 yoshli qiz vafot etdi. Bosh prokuratura o‘lim sababini ma’lum qildi

    Bugun, 15:15

    Osiyo o‘yinlari. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoy Taypeyini yengib, yarim finalga yo‘l oldi

    Bugun, 15:07

    Zelenskiy qurol ishlab chiqarish bo‘yicha xalqaro alyans tuzilganini e’lon qildi

    Bugun, 14:55

    Qurolli kuchlar tizimida qonuniylikni ta’minlashda harbiy prokurorlarning nazorati kuchaytiriladi

    Bugun, 14:23

    Xitoy hukumati dezinformatsiya va senzuraga milliardlab dollar sarmoya kiritmoqda — AQSH davlat departamenti

    Bugun, 13:42

    O‘zbekistonda suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlash tartibi tasdiqlandi

    Bugun, 13:18

    Xanchjou—2022. Abdumalik Halokov vyetnamlik raqibini qiyinchiliksiz yengib, chorak finalga yo‘l oldi

    Bugun, 12:42

    Senat ko‘p xotinlikni targ‘ib qilish va jamoat joylarida yuzini to‘sib yurishni taqiqlovchi qonunni maʼqulladi

    Bugun, 12:40

    Xanchjou—2022. Muhsin Hisomiddinov Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi

    Bugun, 12:38

    O‘qituvchilarning 15 foizi “Tashabbusli budjet” loyihalari uchun ovoz to‘plashga jalb qilingan — “Yuksalish”

    Bugun, 12:25

    Tavsiya etamiz

    Qadah tutgan prezident, bo‘ron vayron qilgan qishloq, tikanli simlardan o‘tayotgan migrantlar — 29-sentabr suratlari

    23:00 / 29.09.2023

    “Daryo” reportaji: Portlashdan so‘ng Sergeli aholisiga qanday yordam berilmoqda?

    21:00 / 29.09.2023

    “Mazlum har doim mazlum bo‘lib qolaveradi va bu mazlumlik avlodlar kayfiyatida qayta-qayta takrorlanaveradi...” — “Oresteya” tragediyasi haqida

    23:00 / 28.09.2023

    Sergelidagi portlash, kitob o‘qiyotgan “Tolibon” jangchisi, yoppasiga o‘lgan baliqlar — 28-sentabr suratlari

    23:00 / 28.09.2023

    MOLIYA

    Biznes

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

    10:00 / 29.09.2023

    Sergelidagi portlashda shikastlangan BYD avtomobillari utilizatsiya qilinadi

    08:00 / 29.09.2023

    Ranbir Kapur 41 yoshda: Aktyor bo‘lishni istamagan va o‘zidan 11 yosh kichik aktrisaga uylangan Bollivud yulduzi haqida 

    15:00 / 29.09.2023

    Malida bortida “Vagner” askarlari bo‘lgan samolyot portlab ketdi (video)

    16:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo e’lon qilindi

    11:00 / 29.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.