Toshkent shahar Sergeli tumani hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi, deya xabar bermoqda Yoshlar ittifoqining matbuot xizmati.

Foto: Yoshlar ittifoqi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi Akmal Jumaboyev Toshkent shahar Sergeli tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Jumaboyev Akmal Murodovich 1987-yil 14-noyabrda Toshkent viloyati Parkent tumanida tavallud topgan. Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tamomlagan. U “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sohibi. Oilali, ikki nafar farzandi bor.

Bundan avval Samarqandning Nurobod tumaniga ayol kishi prokuror etib tayinlangani, Toshkent viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligiga rahbar etib tayinlangani hamda Yangiyo‘l shahri, Bo‘ka va Shofirkon tumanlari davlat soliq inspeksiyalariga yangi boshliqlar tayinlangani haqida xabar berilgandi.