• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQShdagi otishma va Kongressga hujum, Iordaniyada siyosiy taranglik, Tayvandagi poyezd halokati. Jahon hafta ichida

    Aprel oyining ilk haftasini ham nihoyasiga yetkazdik. Hafta bir muncha qizg‘in o‘tdi desak ham bo‘ladi. Xo‘sh, bu hafta dunyoda nimalar yuz berdi? Eng muhimlari haqida quyida o‘qing.

    AQShdagi seriyali otishmalar

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    So‘nggi ikki hafta ichida AQShda uch marta otishma sodir etildi. Dastlab, 16-mart kuni Jorjiyada 21 yoshli Robert Aaron Long tomonidan Atlanta chekkasidagi massaj salonlariga qilingan qurolli hujumlarda sakkiz kishi, jumladan, olti osiyolik ayol o‘ldirilgan. Keyin esa 22-mart kuni Kolorado shtatining Boulder shahridagi supermarketda 21 yoshli Ahmat Alissa otishma sodir etgan, oqibatda 10 kishi, shu jumladan, bir nafar politsiya xodimi halok bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, gumondor otishmadan olti kun oldin hujum qurolini sotib olgan. AQSh prezidenti Jo Bayden Koloradodagi otishma oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga besh kunlik motam e’lon qilgan.

    31-mart kuni esa Kaliforniya shtatida navbatdagi otishma sodir bo‘ldi. Kaliforniya shtatining Orinj okrugida yuz bergan mazkur otishma oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, bir kishi yaralandi. Xabarga ko‘ra, jinoyatchi 31-mart kuni kechqurun Los-Anjelesdan ellik kilometr va Anaxaymdagi “Disneylend”dan o‘n kilometr uzoqlikda joylashgan Orinj okrugidagi ofis binolaridan birida o‘q uzgan.

    Hodisaning sabablari va holatlari hozircha noma’lum. Otishma joyiga yetib kelgan politsiya tomonidan yaralangan jinoyatchi hozir kasalxonada.

    AQShda o‘tgan haftada yana bir jinoiy harakat sodir bo‘lgani keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Gap shundaki, 3-aprel kuni AQSh Kongressi binosi yaqinidagi nazorat punktiga avtomobil kelib urildi. Haydovchi mashinadan sakrab tushib, pichoq bilan ikki politsiyachiga hujum qildi.

    Xabarga ko‘ra, politsiya noma’lum hujumchiga o‘q uzgan, kasalxonaga yotqizilgan shaxs jarohati tufayli vafot etgan. Shu bilan birga, hujumchining pichog‘idan yaralangan ikki politsiyachi ham kasalxonaga olib ketilgan, keyinchalik ulardan biri vafot etgan.

    Parlament spikeri Nensi Pelosi vafot etgan politsiyachi xotirasi uchun Kapitoliy binosi ustiga bayroqlarni tushirishni buyurdi.

    Fox News’ning ta’kidlashicha, hujum Kapitoliyning shimoliy tomonida, odatda kongressmenlar va majmuaning xodimlari foydalanadigan kirish qismida sodir bo‘lgan. Hodisa nima sababdan uyushtirilgani noma’lum.

    Hududda xavfsizlik choralari 6-yanvar voqealaridan so‘ng — bir guruh namoyishchilar, xususan, Donald Tramp tarafdorlari majmuani vaqtincha egallab olgandan keyin kuchaytirilgan edi.

    Kapitoliy xavfsizlik xizmati xodimlari hujumchini biror ekstremistik guruhga aloqasi yo‘q deb hisoblanayotgani va “yolg‘iz bo‘ri” deb atalayotgani haqida xabar bergan.

    Reuters xabariga ko‘ra, politsiya ushbu hodisaning terakt ekani to‘g‘risida hozircha biror dalil yo‘qligini, ammo ushbu taxmin ham tekshirilishini aytdi. “Ayni paytda kongressmenlarning xavfsizligiga tahdid yo‘q, vaziyat nazorat ostida”, — dedi politsiya.

    Tayvandagi poyezd halokati

    2-aprel kuni Tayvanda yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketib halokatga uchragan. Poyezd tunnel orqali yurib o‘tayotib, relsdan chiqib ketgan, vagonlarning bir qismi tunnel devoriga borib urilgan. Halokat chog‘ida poyezdda 350 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan. Vagonlar soni 8 ta bo‘lgan.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Agentlik ma’lumotlariga qaraganda, poyezd tunnel ichidan o‘tishda yo‘lni toshlardan tozalayotgan texnika bilan to‘qnashib ketgan.

    “Pingo jibao” nashri yozishicha, dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, relsga 20 metr balandlikdan qiyalikka noto‘g‘ri parkovka qilingan yuk mashinasi tushib ketgan, uning tormozlari nosoz bo‘lgan.

    Reuters ushbu temir yo‘l halokatini Tayvanda so‘nggi 40 yil ichidagi eng yirigi deb atamoqda. So‘nggi marta Tayvanda yirik temir yo‘l halokati 2018-yil oktabrida sodir bo‘lgan, o‘shanda Puyuma Express tezyurar poyezdi Ilan uyezdida izidan chiqib ketgan edi. Oqibatda 22 kishi halok bo‘lgan, 170 dan ortiq odam jarohat olgan edi. 1981-yilda poyezd halokati oqibatida 31 kishi qurbon bo‘lgandi.

    Keyinchalik olingan yangi ma’lumotlarda poyezdning ichida 496 kishi bo‘lgan, ulardan 146 nafari jarohat olgan, 51 kishi, jumladan, Fransiya fuqarosi vafot etgan. Bu haqda Tayvan transport va kommunikatsiyalar vazirining o‘rinbosari Van Gosay 2-aprel kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

    “Poyezdda 496 kishi, xususan, 492 yo‘lovchi, mashinist, mashinist yordamchisi, farrosh va poyezd menejeri bo‘lgan”, — dedi Van Gosay.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, “halok bo‘lganlarning yakuniy tasdiqlangan soni 51 kishini tashkil etadi, ular orasida bir nafar Fransiya fuqarosi, mashinist, mashinist yordamchisi bor, 146 nafar jarohat olganlarga kerakli yordam ko‘rsatilmoqda, ba’zilari uyiga ketgan”.

    Iordaniyadagi siyosiy taranglik

    Hafta oxirida Yaqin Sharqda eng ko‘p muhokama qilingan xabar Iordaniya sobiq valiahd shahzodasi doxil 20ga yaqin amaldorlarning hibsga olinishi bo‘ldi. Iordaniya hukumati “mamlakat barqarorligiga tahdid” surishtiruvi doirasida qirollik sobiq valiahd shahzodasi va yana 20 ga yaqin odamni hibsga oldi. Bu haqda The Washington Post o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Marhum qirol Husayn va uning to‘rtinchi rafiqasining to‘ng‘ich o‘g‘li shahzoda Hamza ibn Husayn Ammondagi o‘z saroyida uy qamog‘iga joylashtirilgan. Qirollik hukumati uning o‘z o‘gay akasi qirol Abdulla II ni taxtdan ag‘darish maqsadidagi ehtimoliy fitnasini tekshirmoqda. Bu haqda The Washington Post’ga Yaqin Sharq razvedkasining yuqori mansabli vakili ma’lum qilgan.

    Hukumat fikricha, fitnada qirollik oilasining kamida yana bir a’zosi, shuningdek, mamlakatdagi qabilalar sardorlari va xavfsizlik organlari vakillari qatnashgan. Yana ba’zi kishilarning hibsga olinishi kutilmoqda, deb nashrga razvedka xodimi anonimlik sharti bilan ma’lum qilgan.

    Shahzoda Hamza to‘rt yil davomida Iordaniya valiahd shahzodasi bo‘lgan, shundan keyin ushbu maqom hozirgi qirolning to‘ng‘ich o‘g‘liga berilgan. Ehtimoliy fitna ishtirokchilari o‘z rejalarini amalga oshirishga qanchalik yaqin qolgani va ular aynan nimani rejalashtirgani hozircha noaniq.

    Razvedka vakili rejani “yaxshi tashkillashtirilgan” deb tavsifladi va fitnachilarning, aftidan, xorijiy aloqalari bo‘lganini aytdi, ammo tafsilotlarni keltirmadi.

    Keyinroq shahzoda Hamza uy qamog‘iga joylashtirilganini tasdiqladi. Uning videomurojaatini advokati BBC’ga taqdim etgan.

    “Iordaniya Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i yonimga kelib, ko‘chaga chiqishim, odamlar bilan muloqot qilishim va uchrashishimga ruxsat berilmasligini, chunki men qatnashgan uchrashuvlarda yoki mening ishtirokimdagi tadbirlar yakunlari bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda hukumat yoki qirollikka nisbatan tanqidlar qayd etilgan ekan”, — dedi Hamza ibn Husayn.

    Sobiq valiahd shahzodaning so‘zlariga ko‘ra, u uy qamog‘ida bo‘lib, internet va telefondan uzib qo‘yilgan. Ayni paytda Hamza ibn Husayn hukumat vakillariga nisbatan tanqidlarda shaxsan ayblanmaganini ta’kidladi.

    Shuningdek, u hech qanday “chet el fitnasi”da qatnashmaganini va hukumat faoliyatini tanqid qilmaganini bildirdi. “Hukumat tuzilmasida so‘nggi 15-20 yildan buyon ustunlik qilib kelgan va yildan yilga yomonlashib borgan boshqaruvdagi xatoliklar, korrupsiya va qobiliyatsizliklar uchun men javobgar emasman”, — dedi Hamza ibn Husayn.

    Ayni vaqtda Iordaniyaning Petra agentligi shahzoda Hamzaning hibsga olinganini rad etmoqda. Iordaniya Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi rahbari general-mayor Yusuf Ahmad al-Hunaytiyning agentlik tomonidan e’lon qilingan bayonotida aytilishicha, shahzoda Hamzadan “Iordaniya xavfsizligiga hujum qilish uchun qo‘llanilayotgan xatti-harakatlar”ni to‘xtatishni so‘rashgan. Yuqori mansabli harbiyning so‘zlariga ko‘ra, “surishtiruv davom etmoqda va uning natijalari oshkor etiladi”.

    Petra axborot agentligi xabaridan hibsga olingan ikki kishining ismi ma’lum bo‘ldi, bular sherif Hasan ibn Zayd va Basem Ibrohim Avadalla. Sharif Hasan ibn Zayd Iordaniya qirollik oilasiga aloqador. Arab OAVlariga qaraganda, unda ikkita — Iordaniya va Saudiya pasportlari bor. Ba’zi OAVlar qayd etishicha, u Iordaniya qirolining Saudiya Arabistonidagi elchisi bo‘lgan. Ammo boshqa OAVlar elchi Basem Ibrohim Avadalla bo‘lganini ta’kidlamoqda. U esa turli yillarda qirollik sudiga rahbarlik qilgan, qirollik kanselyariyasi rahbari, moliya vaziri, rejalashtirish va xalqaro hamkorlik vaziri bo‘lgan. Ayni paytda u BAAda “Tamux” kompaniyasi bosh direktori hamda Arab Bank—Jordan vitse-prezidenti lavozimini egallab turibdi.

    Mazkur hodisalar ortidan AQSh, BAA va boshqa mamlakatlar Iordaniya qirolini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. AQSh Iordaniya rasmiy hukumatini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va qirol Abdulla II ni o‘zining asosiy sherigi deb hisoblaydi. Bu haqda Iordaniyada qirolni taxtdan ag‘darmoqchi bo‘lgan odamlar qo‘lga olingani haqidagi xabarlardan keyin AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Ned Prays Twitter’da ma’lum qildi.

    “Biz Iordaniyadan kelayotgan xabarlarni diqqat bilan kuzatib boryapmiz va iordaniyalik rasmiy shaxslar bilan aloqada bo‘lib turibmiz. Qirol Abdulla — AQShning asosiy sherigi va biz uni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deb yozdi u.

    Birlashgan Arab Amirliklari prezident ishlari vazirligi ham qirol Abdulla va valiahd shahzoda tomonidan Iordaniya xavfsizligi va barqarorligini saqlash borasidagi barcha qaror va choralarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

    Saudiya Arabistoni ham qirol Abdulla II ni qo‘llab-quvvatlashini  ma’lum qildi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal ibn Farxon as-Saud Iordaniyaning barqarorligi va gullab-yashnashi “butun mintaqa barqarorligi va gullab-yashnashi uchun asos” hisoblanishini aytib, uni “qat’iy va mustahkam” qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

    Shuningdek, Kuvayt, Bahrayn, Qatar, Misr, Livan, Iroq, Yaman, Falastin, Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi va Arab davlatlari ligasi ham Iordaniya qiroli bilan birdamligini ma’lum qildi.

    05.04.2021, 20:14   Izoh (0)   46419
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Putin o‘ziga yana Rossiya prezidentligi uchun qayta saylanish imkonini beruvchi qonunga imzo chekdi

    05.04.2021, 19:35

    “Boy davlatlar koronavirusga qarshi vaksinalarning 60 foizini sotib olgan” — Xitoy tashqi ishlar vaziri

    05.04.2021, 18:10

    Turkiyada 10 nafar sobiq admiral hukumatni tanqid qilgani uchun hibsga olindi

    05.04.2021, 16:33

    Iordaniya sobiq valiahd shahzodasi davlat to‘ntarishiga urinishda xorijiy davlatlar bilan til biriktirgani ma’lum qilindi

    05.04.2021, 13:48

     AQShda COVID-19’ning to‘rtinchi to‘lqini yuz berayotgani ma’lum qilindi

    05.04.2021, 13:09

    AQSh Guantanamo qamoqxonasidagi eng maxfiy bloklardan birini yopdi

    05.04.2021, 11:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.