• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Turkiyada yana komendantlik soati joriy qilindi, Pokiston prezidenti vaksinaning birinchi dozasidan keyin COVID-19’ga chalindi, Isroilda yangi shtamm aniqlandi. Koronaxabarlar

    So‘nggi bir kecha-kunduzda yuz bergan koronavirus bilan bog‘liq eng muhim xabarlar — “Daryo” koronadayjestida.

    Turkiyada dam olish kunlari amal qiladigan komendantlik soati joriy qilinmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi. Cheklovlar 12-apreldan 12-maygacha — Ramazon oyi davomida amal qiladi.

    Kafe va restoranlar taomlarni faqat uyga olib ketish uchun ishlaydi. Ushbu muassasalar ishchilari uchun hukumat manzilli ko‘mak taqdim etib, cheklovlar davrida har bir kishi uchun 1,5 ming lira (180 dollar)dan to‘lanadi.

    Prezident ta’kidlashicha, koronavirus bilan kasallanish xavfining eng yuqori darajasini anglatuvchi qizil toifaga allaqachon 58 ta shahar kirgan, u yerlarda Turkiya aholisining 80 foizi istiqomat qiladi.

    “Agar bemorlar va o‘limlar sonini biz gumanitar va tijoriy aloqalar olib boruvchi mamlakatlardan ko‘ra tezroq qisqartira olmasak, global normallashuv jarayonida ortda qolib ketamiz”, — dedi Erdo‘g‘on.

    Turkiyada ba’zi yirik shaharlarda, shu jumladan, Istanbul va Izmirda koronavirus pandemiyasining uchinchi to‘lqini boshlangani haqida noyabr oxirida ma’lum qilingan edi. O‘sha paytlarda mamlakatda dam olish kunlari amal qiluvchi komendantlik soati kiritilgan edi. Shuningdek, Yangi yil bayramlari davrida ham komendantlik soati e’lon qilingan edi. Mart boshida esa Turkiyada ba’zi cheklovlar bekor qilingandi. Sayyohlik mavsumi Turkiyada aprel oyida ochilishi rejalashtirilmoqda.

    Arif Alvi

    Arif Alvi
    Foto: Global Look Press

    Pokiston prezidenti Arif Alvi Xitoyning SinoPharm kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini olganidan keyin COVID-19 bilan kasallandi. Uning Twitter’da yozishicha, u vaksinaning birinchi dozasini qabul qilgan, ammo antitanalar ikkinchi dozadan keyin ishlab chiqarilishni boshlaydi, ikkinchi komponentni u bir haftadan keyin olishi kerak edi. Alvi SinoPharm’ning birinchi dozasi bilan 15-mart kuni emlangan.

    Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham koronavirusga qarshi vaksina olgan edi. Mart boshida davlat rahbarlaridan Ukraina prezidenti  Vladimir Zelenskiy koronavirusga qarshi emlangani, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi koronavirusga qarshi mamlakatda ishlab chiqarilgan COVAXIN vaksinasining birinchi dozasini olgani, shuningdek, dunyoning eng badavlat kishilaridan biri, Berkshire Hathaway bosh direktori Uorren Baffet Pfizer/BioNTech kompaniyasining vaksinasi bilan koronavirusga qarshi emlangani haqida xabarlar berilgan.

    Fevral oyida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on unga koronavirusga qarshi vaksinaning ikkinchi dozasi yuborilganini ma’lum qilgan, u vaksinaning birinchi dozasini 14-yanvarda qabul qilib olgandi.

    Bundan avval Shahzoda Charlz va uning rafiqasi, BMT bosh kotibi, milliarder Bill Geyts, Argentina prezidenti hamda Janubiy Koreya prezidenti va uning rafiqasi koronavirus vaksinasi bilan emlangan.

    Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi ekspertlari va shifokorlari koronavirusning mamlakat hududida paydo bo‘lgan yangi shtammini aniqladi. Tadqiqot natijalari medRxiv saytiga joylandi. P681H deb nom berilgan yangi mutatsiya namunalarining 70 foizi Isroilda, qolgani — Falastin va Buyuk Britaniyada olingan. 2020-yil noyabridan 2021-yil yanvarigacha yangi variantni yuqtirib olgan jami 181 kishi aniqlangan.

    P681H namunalari Isroilning to‘qqizta hududida oqova suvlarda aniqlangan. Namunalar 2020-yil avgustidan 2021-yil yanvariga qadar to‘plangan, mutatsiyaga uchragan virus izlari esa ularda birinchi marta oktabrda aniqlangan.

    Yangi shtamm vaksinalarga nisbatan barqaror emas va kasallikning og‘irroq kechishiga olib kelmaydi, deb hisoblaydi mutaxassislar. Yangi mutatsiya kasallanish va kasalxonaga yotqizilish ko‘rsatkichlariga qanday ta’sir qilishi hozircha noma’lum, ammo uni o‘rganish davom etmoqda.

    Isroil vaksinatsiya sur’atlari bo‘yicha boshqa mamlakatlarni ortda qoldirmoqda. 28-mart holatiga, aholining 52 foizi emlanib bo‘lgan.

    Avvalroq Chexiyada COVID-19’ning yangi shtammi aniqlangan edi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yangi mutatsiya koronavirusning “britancha” yoki Janubiy Afrika shtammidan xavfli emas. Hozirda yangi shtamm ustida tekshirishlar olib borilmoqda, deb xabar bergan olimlar.

    Shuningdek:

    • Kanada Immunizatsiya milliy maslahat qo‘mitasi 55 yoshdan oshgan kishilarni emlashda koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasidan foydalanmaslikni tavsiya qildi. Ushbu ogohlantirish Yevropada emlanganlar orasida tromboz holatlarining yana paydo bo‘layotgani bilan bog‘liqdir, ammo bunday holatlar Kanadada qayd etilmagan.
    • Moldovada mansabdorlarning navbatsiz emlanayotgani haqidagi xabarlar tufayli mojaro yuzaga keldi. O‘zgarishlar partiyasi yetakchisi ijtimoiy tarmoqda yozishicha, ba’zi hududlarda “VIP-vaksinatsiya” bo‘lib o‘tmoqda: sobiq prezident Igor Dodonning Sotsialistlar partiyasidan chiqqan tuman maslahatchilari hamda ularning yaqinlari Pfizer vaksinasi bilan emlanmoqda. Moldova prezidenti Mayya Sanduning maslahatchisi emlanishga yozilgan shifokorlar vaksina ololmayotgani haqida shikoyat qilayotganini tasdiqlagan.
    • Londonda o‘tgan olti oy ichida birinchi marta bir kecha-kunduzda koronavirus bilan bog‘liq birorta ham o‘lim qayd etilmadi. Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili aprelda, epidemiyaning birinchi to‘lqini avj olgan paytda, Londonda har kuni COVID-19’ga bog‘liq 230 ga yaqin o‘lim kuzatilar edi. 20-yanvar kuni esa eng ko‘p o‘lim qayd etilgan — 1820 kishi. Pandemiya boshidan buyon Londonda 708 ming kishi koronavirusni yuqtirib olgan, shularning 15 ming nafari vafot etgan.

    30.03.2021, 10:45   Izoh (0)   22547
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada muhojirlar uchun alohida davlat xizmatlari portali ochiladi

    30.03.2021, 09:10

    Venesuela prezidenti koronavirusga qarshi vaksina uchun neft bilan haq to‘lashni taklif qildi

    30.03.2021, 06:16

    Suvaysh kanali orqali kemalar qatnovi uch kundan keyin to‘liq tiklanadi

    29.03.2021, 23:34

    Aleksey Navalniy axloq tuzatish koloniyasida ikki hafta ichida oltita tanbeh oldi

    29.03.2021, 21:46

    Slovakiya bosh vaziri moliya vaziriga lavozimlar bilan almashishni taklif qildi

    29.03.2021, 20:33

    Avstraliya bosh prokurori va mudofaa vaziri zo‘rlashga oid mojarolar tufayli iste’foga chiqdi

    29.03.2021, 17:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.