Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, Zarif Ashurov Sharifovich Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.
Unga markaz faoliyati va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, narkologik kasalliklar sohasidagi profilaktika, diagnostika va davolash ishlarida eng ilg‘or innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, tizimda axborotlarning faol almashinuvini ta’minlash singari qator vazifalar yuklatildi.
43 yoshli tibbiyot fanlari doktori, professor Zarif Ashurov tayinlovgacha Toshkent tibbiyot akademiyasi Psixiatriya va narkologiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Bundan avval Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekistondagi ikkita OTMga rahbar, Shavkat Mirziyoyevga yangi matbuot kotibi hamda O‘zbekiston mudofaa vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)