• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    JSST rahbari Tedros Gebreyesus Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik maktubini yo‘lladi

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik maktubini yo‘llab, sog‘liqni saqlash sohasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday inqirozlarga shay turishga tayyorgarlik ko‘rish vaqti kelganini ma’lum qildi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters
    Janobi oliylari!

    2020-yil sentabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeks loyihasini Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) taqdim etganingiz uchun sizga minnatdorchilik bildirish sharafiga muyassarman.

    COVID-19 pandemiyasi butun dunyo bo‘ylab hamjamiyatlar va mamlakatlarga talafot yetkazishda davom etmoqda. O‘tkir xalqaro inqirozga duch kelib, men favqulodda global yetakchilik va birdamlikka, imkon qadar keng doiradagi sheriklarni birlashtirishga, ko‘p tomonlama sa’y-harakatlarni ishga solish va hech kimning orqada qolib kelmasligini ta’minlashga chaqirdim. Salkam bir yilda biz ilm-fan, vaksinalarni ishlab chiqish, sog‘liqni saqlash amaliyotidagi misli ko‘rilmagan yutuqlar, jamoatchilikni safarbar qilish va siyosiy sobitqadamlik tufayli kuchli yetakchilikka erishishning imkoni borligini ko‘rdik.

    Pandemiya sog‘liqni saqlash tizimlarimiz zaif ekanini ko‘rsatdi, tibbiy va ijtimoiy tengsizlikni kuchaytirdi hamda sog‘liqni saqlash iqtisodiy taraqqiyot va xavfsizlikda markaziy o‘rin egallashini namoyish etdi. Pandemiyani nazoratga olib, tiklanishga investitsiya yo‘naltirayotgan ekanmiz, kelajakka ham tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim. Bunday vaziyat yana takrorlanishiga yo‘l qo‘yolmaymiz.

    Janobi oliylari, Xalqaro kodeks loyihasini ishlab chiqish masalasida uzoqni ko‘zlaganingiz va bu jarayonda yetakchilik qilganingiz uchun sizdan minnatdorman. Biz hujjatni diqqat bilan o‘rganib chiqdik. Unda qo‘yilgan vazifalarning ko‘lami va taklif etilgan amaliy yechimlar menda katta taassurot qoldirdi. Kodeks loyihasi taqdim etilgani o‘z vaqtida qabul qilingan qaror bo‘ldi.

    O‘tgan yili biz pandemiyadan ko‘p saboq chiqardik va endilikda kelajakka nazar tashlashimiz kerak. Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining COVID-19ga qarshi choralar bo‘yicha WHA73.1 rezolyutsiyasiga muvofiq men 2020-yil sentabr oyida ish boshlagan Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarining (2005-yil) amal qilishini o‘rganish qo‘mitasini chaqirdim hamda Pandemiyaga shaylikni ta’minlash va javob choralari bo‘yicha Mustaqil guruhni ta’sis etdim.

    Bundan tashqari, a’zo davlatlar tomonidan amalga oshirilayotgan jarayon doirasida Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalariga qo‘shimchalar kiritish maqsadida pandemiyaga shaylik va javob choralari to‘g‘risida global hadli konvensiyani ishlab chiqish imkoniyati yuzasidan munozaralar davom etmoqda. Mazkur masala 2021-yil 18-mart kuni o‘tgan JSSTning tashkilotga a’zo davlatlar uchun mo‘ljallangan axborot sessiyasida muhokama qilindi, bu ko‘plab mamlakatlarda qiziqish uyg‘otdi va keyingi muhokamalar uchun qadam bo‘lib xizmat qildi.

    Barchaning xavfsiz kelajagiga sarmoya kiritish, barqaror va ishonchli sog‘liqni saqlash tizimlarini barpo etish hamda sog‘liqni saqlash sohasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday inqirozlarga shay turishga tayyorgarlik ko‘rish vaqti keldi. Janobi oliylari, siyosiy yetakchiligingiz tufayli sizning bu boradagi ishtirokingiz hal qiluvchi ahamiyatga ega. Siz taqdim etgan Xalqaro kodeks loyihasi pandemiyani o‘rganish bo‘yicha amaldagi jarayonlarga va pandemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha har qanday bo‘lajak xalqaro hujjatni rejalashtirishga bevosita bog‘liq. Siz ushbu sa’y-harakatlarda shaxsan ishtirok etishda davom etishingizga umid qilaman.

    Janobi oliylari, COVID-19 pandemiyasini oldini olish va barchaning sog‘lom va xavfsiz kelajagini ta’minlash ishiga sodiqligingiz uchun sizga yana bir bor tashakkur bildiraman. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti jamoat salomatligi sohasidagi ushbu global favqulodda vaziyatda siz bilan hamjihatdir.

    Janobi oliylari, sizga bo‘lgan yuksak hurmat-ehtiromimni qabul qilgaysiz.

    Eng ezgu tilaklar va minnatdorlik bilan

    Doktor Tedros Adanom Gebreyesus, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori

    Mavzuga doir: JSST rahbari bu pandemiya insoniyat uchun oxirgisi bo‘lmasligi haqida ogohlantirdi

    O‘zbekistonda 26-mart kuni 186 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlanib, infeksiya qayd etilganlarning umumiy soni 82 146 kishiga, hozirga qadar kasallikdan vafot etganlar soni 625 nafarga yetdi.

    27.03.2021, 15:53   Izoh (0)   24070
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vengriya bosh vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

    27.03.2021, 15:10

    O‘zbekistonda o‘zini o‘z band qilganlarga elektron tijorat bilan shug‘ullanishga ruxsat etilishi mumkin

    27.03.2021, 14:52

    “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortiga olib boruvchi avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan ko‘chki yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

    27.03.2021, 14:11

    28—29-mart kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlariga qor yog‘ishi kutilmoqda

    27.03.2021, 13:11

    Namangandan Samarqandga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Aprel oyidan Namangan—Toshkent reysi ham tiklanishi kutilmoqda

    27.03.2021, 12:50

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha 2021-yilgi kunlik antirekord yangilandi. Yana bir kishi COVID-19 qurboniga aylandi

    27.03.2021, 12:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.