30-mart kuni O‘zbekistonga Vengriya bosh vaziri Viktor Orban rasmiy tashrif uyushtiradi. Bu haqda Vengriya hukumati saytiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tashrif davomida Viktor Orban Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi.
Ma’lumotga ko‘ra, muzokaralar davomida ikkitomonlama aloqalarni mustahkamlash hamda koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqirozga qarshi global kurash masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, qayd etilishicha, vengriyalik biznes vakillari ham Toshkentga tashrif buyurib, o‘zbekistonlik hamkorlari bilan iqtisodiy va savdo imkoniyatlari bo‘yicha muzokaralar olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning fevralida Shavkat Mirziyoyev Vengriya delegatsiyasini qabul qilgan edi. O‘shanda Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto samimiy qabul uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning eng ezgu tilaklarini yetkazgandi.
Izoh (0)