Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlarini lavozimlarga tayinlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali.

Unga ko‘ra, Qahramon Ibodullayev Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filiali ijrochi direktori etib tayinlandi.

Shuningdek, qaror bilan Nozim To‘ychiboyev esa Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti rektori etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil oktabrdagi qarori bilan tashkil etilgan. Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti esa Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 516-son qarori bilan tashkil qilingan.